-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
-
-
Etnopedagogikaning shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Mazkur uslubiy qo'llanmada etnopedagogikaning shakllanish bosqichlari, tarixi, maqsadi, o'rganilishi darajasi, ma'rifiy madaniy va manaviy vazifalari jamiyat taraqqiyotidagi o'rni o'rganilgan.
-
Morfologiyani "Keys stadi" metodi orqali o'rganamiz (Amaliy topshiriqlar, keyslar va testlar)
"Hozirgi o‘zbek adabiy tili (Morfologiya)" fanidan tayyorlangan ushbu keyslar to‘plami oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalar hamda filologlar uchun mo‘ljallangan. Qo`llanma shu yo‘nalishning o‘quv dasturiga mos holda tuzilgan. Ushbu qo‘llanmada jamlangan so‘z turkumlari, ularning morfologik va uslubiy xususiyatlariga tegishli topshiriqlar, mantiqiy savollar foydalanuvchiga o‘zidagi nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olish tajribasini shakllantiradi.
-
Sport o’yinlari bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish, o’tkazish va hakamlik qilish
Tаyyorlаngаn ushbu uslubiy qo’llаnmа tаlаbаlаr hаmdа yosh hаkаmlаrning musоbаqаlаrgа hаkаmlik qilish mаsаlаlаrigа dоir bilimlаrni egаllаshi vа ulаrgа o’z vаqtidа hоzirlik ko’rishi uchun judа qulаy. Uslubiy qo’llаnmаdа musobaqa hakamlari fаоliyatining judа muhim hоlаtlаri ko’rsаtilgаn vа ulаr musоbаqа jаrаyonidа ko’p хаtоliklаrni bаrtаrаf etishgа yordаm bеrаdi. Uslubiy qo’llаnmаdа kоtibiyat ishini tаyyorlаsh vа tаshkil qilish, hаkаmlik uslubiyati mаsаlаlаrini ko’rib chiqishgа hаrаkаt qilindi, hujjаtlаrni rаsmiylаshtirish bo’yichа tаvsiyalаr bеrilgan.
-
Buxoro viloyati sharoitida intevsiv olmazorlarda o'sish va hosildorlikning nav-payvandtag kombinatsiyalari hamda ko'chat qalinligiga bog'liqligi
Ushbu uslubiy tavsiyanoma mevali erinlar, shu jumladan, olmaning ahamiyati, kimyoviy tarkibi, kelib chiqishi va tarqalish tarixi, hozirgi holati va rivojlanish istiqboli hamda tashqi muhit omillariga bo'lgan talabi, o'stirishning ilg'or texnologiyalari, ko'chat yetishtirish, ko'chatni ekishga tayyorlash, maqbul ko'chat o'tkazish muddatlari va qalinligi, ilg'or parvarishlash agrotexnologiyalari hamda hosildorligini sifatli yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ma'lumotlar keltirilgan.
-
Ta’limga STEM yondashuv tatbiqi
Mazkur uslubiy qo‘llanma Amerika kengashining ”Fulbrayt” dasturi asosida O‘zbekistonda STEM fanlarining o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarni maktab bazasida STEM yondashuv bilan tanishtirish hamda ularda STEM (STREM, STEAM) ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan seminar-treninglar asosida yaratilgan.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi fanidan kurs ishlari
Mazkur uslubiy qo’llanmada boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun matematika o’qitish metodikaci fanidan o’quv rejasi asosida yoziladigan kurs ishlarining mavzulari, hamda uni bajarishga oid metodik tavsiyalar berilgan. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati ko’rsatilgan. Bajariladigan kurs ishi namunasi keltirilgan.
-
Ўзбекистон тарихини ўқитишда замонавий педагогик технологиялар
Мазкур ўқув-услубий қўлланма илғор педагогик технология ва ўқитишнинг замонавий интерфаол методлари асосида тайёрланган бўлиб, олий ўқув юртларида Ўзбекистон тарихи фанидан машғулот олиб борувчи профессор-ўқитувчилар шунингдек, талабалар учун тавсия сифатида нашр этилган
-
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining og'zaki nutqini shakllantirish metodikasini takomillashtirish
Qo'llanmada maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yo'nalishlari shakllari, vositalari va metodlari yoritilgan
-
Ўзликни биоген англашда мижозлар концепцияси 1-қисм
Илмий-услубий қўлланма мутахассислар ва кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган
-
Pyuthon tilida dasturlash
Ushbu uslubiy qo'llanma pyuthon dasturlash tilining tayanch tushunchalari, asosiy operatorlari,ko'p qo'llaniladigan ichki kutubxonalari bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab olgan.Bundan tashqari ushbu uslubiy qo'llanmadan pyuthon tilini mustaqil o'rganuvchilar ham foydalanishlari mumkun
-
Ўзбекистон тарихи
Ушбу услубий қўлланма “Ўзбекистон тарихи” фани ўқув курсининг 72 (28 соат маъруза ва 48 соат семинар) соатлик дастури асосида тузилди. Қўлланмада фан дастури, семинар машғулотлари режаси, мавзулар бўйича тестлар, тарихий атамалар ва уларнинг қисқача мазмуни ҳамда фанни чукурроқ ўрганиш учун адабиётлар рўйхати киритилди. Ўқитувчилар ва талабалар учун қулай бўлиши ҳисобга олиниб, Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг "Тарихий хотирасиз келажак йўқ” ва бошқа асарларидан кўчирмалар ва иловалар ҳам киритилди..
-
Оптималлаштириш усуллари
Услубий қўлланма чизиқли дастурлаш, чизиқсиз дастурлаш,вариацион ҳисоб ва оптимал бошқарувга оид машқ ва мвсалалар келтирилган.
-
Боярышник
Даны ботаническая и биоэкологическая характеристики боярышника, включающие указание естественного ареала, встречаемость в культуре, описание морфологических признаков, некоторых экологических особенностей и возможность использования в народном хозяйстве.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili fanidan mashq ishlanmalari (Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashr)
Mazkur metodik qo‘llanma ta’lim tizimining amaldagi o‘quv dasturlari asosida tuzilgan. Qo‘llanmadan leksikologiya hamda morfologiya yuzasidan mashq va topshiriqlar tizimi, shuningdek, mavzuni mustahkamlovchi savollar va foydalanish mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati o‘rin olgan. Mazkur metodik qo‘llanmadan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish mumkin. Metodik qo‘llanma filolog talaba va magistrlar, o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.