-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Uchish apparatlari ekspluatatsiyasining nazariy asoslari
Ushbu darslikda parvozlarni muhandislik-aviatsion ta`minlash tizimlarini tuzish tamoyillari va mazmuni, uchish apparatlarining konstruktiv-ekspluatatsion xususiyatlari ko`rib chiqilgan.
-
Xalq tibbiyoti
Darslikda xalq tibbiyotining umumiy va xususiy masalalari yoritilgan, uning klassik va zamonaviy shakllari berilgan. Shuningdek, kitob asosiy vaqt ekstremal holatlarda amaliy ko`nikmalarni qo`llashni shakllantirish masalalariga ham bag`ishlangan. Darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun xalq tibbiyoti bo`yicha dasturga muvofiq yaratilgan.
-
Народная медицина
В учебнике освещены общие и частные вопросы народной медицины, изложены классические и современные её варианты. Основное время отведено отработке практических навыков применения восточной медицины при экстремальных ситуациях.
-
История древнего мира
В учебнике на большом фактическом материале - древних этнических памятников, сочинения греческих и римских авторов просматривается отражение в свете преемственности традиции истории народов, их обряды и обычаи, патриотические сражения против захватчиков.
-
Budjet hisobi
Darslik O`zbekiston Respublikasida davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish, moliya organlarida davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya hisobi va O`zbekiston Respublikasining "Budjet tizimi to`g`risida" gi qonuni, O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishga doir me`yoriy hujjatlari asosida yoritilgan.
-
O`zbekiston tarixi
O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng haqqoniy tariximizni o`rganish uchun keng imkoniyatlar paydo bo`ldi. Mavjud imkoniyatlardan foydalangan mualliflar jamoasi koplab tadqiqotlar va manbalarga asoslangan holda O`zbekiston tarixining jahon sivilizatsiyasi tarixida, uning rivojlanishida tutgan munosib o`rnini ushbu darslikda yoritib berganlar.
-
Meliorativ tuproqshunoslik
Melioratsiyaga muhtoj va ulardan samarali foydalanishni o`rganishga qaratilgan ushbu darslikda har xil tabiiy va antropogen omillarni, yerlarning tuproq-meliorativ holatiga ta`siri ilmiy-pedagogik asosda yoritilgan. Bundan tashqari darslikda talaba va mutaxassislarga zarur bo`lgan tahlil namunalarini qayta ishlash, zaharli va zararli tuzlarga hisoblash kabilar berilgan.
-
Elektromagnetizm
Mazkur darslikda «Elektromagnetizm» fani bo`yicha nazariy ma`lumotlar berilgan bo`lib, unda masalalami yechish namunalari va ko`plab amaliy misollar keltirilgan. Darslik oliy pedagogika o`quv yurtlarining "Fizika-astronomiya" ta`lim yonalishi talabalariga mo`ljallangan bo`lib, undan texnik va tabiiy ta`lim yo`nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Statistik fizika va termodinamika
Ushbu darslikda klassik statistik fizikaning asosiy vazifasini talqin etish uchun konfiguratsiyali – ko`p o`lchamli muhit tushunchasi, ehtimoliyat nazariyasidan asosiy ma`lumotlar berildi. Gibbs metodiga asoslangan statistik taqsimot ko`rinishlari, ulaming klassik bir atomli ideal gazga tatbiqlari yoritildi. Shuningdek, termodinamikani statistik asoslashga bag`ishlangan alohida bob yozildi.
-
Biznes marketingi
Mazkur darslik "Biznes marketingi" fanining barcha mavzularini qamrab olgan o`zbek tilidagi ilk kitobdir. Unda: sanoat, agrosanoat, ishlab chiqarish vositalari, iste`mol tovarlari, kapital qurilishi, intellektual mashg`ulotlar, notijorat yo`nalishlar, bank, qimmatli qog`ozlar, xorojoi investitsiyalar, kichik biznes, innovatsiya va axborot texnologiyalari, tashqi iqtisodiy faoliyat kabi sohalar marketingi mufassal bayon qilingan.
-
Isitish
Darslikda turli isitish tizimlarining tuzilishi va ishlash jarayoni yoritilgan bo`lib, unda isitish tizimlarining issiqlik berish quvvati va binolarning qish mavsumi uchun issiqlik holatini hisoblash usullari keltirilgan. Shuningdek, darslikda mahalliy va markaziy isitish tizimini tanlash, hisoblash va konstruktivlash usullari keltirilgan.
-
Umumiy astronomiya
Darslikda sferik astronomiya asoslari, sayyoralarning ko`rinma va haqiqiy harakatlari, osmon mexanikasining asoslari, quyosh sistemasi, yer va oyning harakati, astrofizika asoslari, yulduzlar, galaktika va uning tuzilishi kabi mavzular yoritilgan.
-
Oila tibbiyotida hamshiralik ishi
Mazkur kitobda oila tibbiyotiga oid masalalar sanitariya maorifi bolalar va kattalarni ovqatlantirish masalalari yoritilgan.
-
Chizma geometriya
Darslikda nuqta, to`g`ri chiziq va tekisliklarning to`g`ri burchakli proyeksivalarini vasashiiing nazariy asoslari, shuningdek, egri cliiziq va sirtlam ijig hosil bo`lishi vachizm ada tasvirlanish usuilari bayort etilgan.
-
Pedagogika
Mazkur darslikda ajdodlarimizdan meros bo`lib qolgan tarbiya an`analari va aqidalari, metod va yo`l yo`riqlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ayniqsa unga milliy istiqlol mafkurasi g`oyalari singdirilgan.
-
Matematika va informatikani o`qitish metodikasi
Mazkur darslikda keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzularning mazmuni matematika va informatika o`qitish metodikasi fanining amaldagi dasturiga to`liq mos keladi. Darslikda matematika va informatika o`qitishning maqsadi, mazmuni, forma va metodlari zamonaviy o`qitish vositalaridan foydalanib o`qitish jarayoniga tatbiq qilish qonuniyatlari psixologik, pedagogik va didaktik nuqtai nazardan bayon qilingan.