-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qurilish. Arxitektura
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
O'simlikshunoslik
Mazkur o'quv qo'llanma magistraturada 5A620200 — O'simlikshunoslik, 5A620206 - Donchilik,* 5A620201 - Paxtachilik mutaxassisliklari hamda «Agronomiya» yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan magistrantlar dasturlari asosida yozilgan. Mazkur o'quv qo'llanmada o'simlikshunoslik fanining nazariy asoslari, madaniy o'simliklaming kelib chiqish markazlari va ular genotiplarining shakllanish sharoitlari, biologik azot, o'simliklarning optimal namlik bilan ta’minlanishi, o'simliklarning fotosintez faoliyati, aralash va qo'shib ekilgan o'simliklaming mutanosibligi, unig'shunoslik, dala ekinlarining xalq xo'jaligidagi ahamiyati, tarixi, botanik va biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyalari, so'nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligidagi islohotlar, o'zgarishlar hamda fandagi yutuqlar hisobga olingan holda yoritilgan. O'quv qo'llanmada ilk bor O'simlikshunoslik faniga Paxtachilik fani qo'shildi va unga O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta’lim standarti talablari asosida tuzilgan namunaviy o'quv reja va fan dasturi mazmuni asos qilib olindi
-
Jahon musiqa tarixi.
“Jahon musiqa tarixi” fanidan tuzilgan o‘quv qollanma 0 ‘zbekiston davlat konservatoriyasida ta’lim olayotgan talabalarga moljallangan bo‘lib, o‘quv kursining G‘arb musiqa san’ati tarixiga oid ma’lumotlarni, xususan, musiqa san’atining qadimgi davrdan tortib to XVIII asrga qadar rivojlanish pallasini qamrab, yoritib beradi. Har bir bolimda musiqa san’ati yirik davrlarining tasnifi va sharhi, shuningdek, mazkur davrlarda ijod qilgan ilg‘or san’atkor va kompozitorlarning ijodiy faoliyati hamda nodir asarlarining tahlili havola etilgan. Matndan o‘rin olgan illyustratsiyalar, bo‘lim yakunida mustahkamlash uchun taqdim etilgan savollar, adabiyotlar ro‘yxati, test va krossvordlar o‘quv materialini atroflicha o‘zlashtirib olishga xizmat qiladi. 0 ‘quv qo‘llanmaning ilova qismida yoritilgan mavzularga doir musiqiy atamalaming lug'ati berilgan.
-
Sharq va G'arb falsafasi. O'quv qo'llanma. Toshkent
Mazkur qo'llanma falsafa tarixining muhim jihati hisoblangan Sharq va G'arb falsafasi, uning shakllanishi va rivojlanishi, ulardagi falsafiy oqimlar, falsafiy maktablar tomonidan yaratilgan falsafiy sistemalar, ularning mohiyati, Sharq va G'arb falsafasi o'rtasidagi aloqadorlik, umumiylik va alohidalik masalalari hamda Sharq va G'arb falsafasi o'rtasidagi umumiylikning hozirgi zamon ijtimoiy va ma'naviy muammolarini hal qilishdagi ahamiyatiga aloqador bo'lgan masalalar yoritilgan. Ayni vaqtda u falsafa fanini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan muhim qo'llanma rolini ham o'ynaydi.
-
Ирландская Республика.
Ирландская республика в современных политических границах занимает не весь остров Ирландию: северная часть острова входит в состав Соединенного Королевства Великобритании и Северной Ирландии. Обычно это государство называют Ирландпей, хотя официально оно именуется Ирландской республикой
-
Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi
Mazkur o‘quv qo'llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2014 yii 13 noyabrdagi 5411100-14 raqami bilan tasdiqlangan o'quv rejasi hamda BD-5411100-4.02 raqami bilan tasdiqlangan na'munaviy dasturi asosida tuzilgan bo'lib, 5411100 —Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Кўтариш-ташиш машиналарини лойиҳалаш
Қўлланмада юк кўтариш-ташиш машиналарини ҳисоблаш ва лойиҳалаш масалалари баён қилинган. Кўприкли, минорали кранларнинг лентали, пластинкали, винтли турларининг ва саноатда энг кўп қўлланиладиган бошқа конвейер ва элеваторларнинг ҳисоби келтирилган. Қўлланма олий техника ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан муҳандис-техник ходимлар ҳам фойдаланиши мумкин.
-
Dorivor o`simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma qayta ishlangan va to‘ldirilgan bo‘lib, 541100-Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanma bo‘lajak mutaxasisslarning nazariy kursda o‘tilgan mavzularini amaliy mashg‘ulotlari bilan bog‘lab, fanni yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi.
-
Органик қурилиш материаллари ва буюмлари
Қўлланмада қурилиш материаллари ва буюмларининг қурилиш-муҳандислик ва технологик хоссалари ёритилган. Қурилиш материаллари сифатининг уларнинг структура тузилишларига қараб аниқланиши, талаб қилинадиган техникавий тавсифлари, органик моддалар асосидаги синтетик полимерли материалларини қурилишда ишлатишнинг афзалликлари батафсил баён этилган. Қўлланма қурилиш соҳаси бўйича билим олаётган талабаларга, мутахассисларга ва шу фанга қизиқувчиларга мўлжалланган.
-
Moliya asoslari: moliya va investitsiyalar
Ushbu o`quv qo`llanmada kapital bozori muvozanati va aktivlar sinfini tahlil qilish, kutilayotgan xavfni kamaytirish, kapital aktivlarni narxlash modeli va samarali bozor gipotezasi o`rtasidagi munosabatlarni shakllantirish va boshqa shu kabilar yoritib berilgan
-
Dividendlar va dividend siyosati
O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlagan davlat ta'lim standartlari talablariga mos holda tayyorlangan. Qo'llanmada korporativ tuzilmalar faoliyatida dividendlar va ularni to'lash bilan bog'liq siyosatlari borasidagi nazariy va amaliy ma'lumotlar bayon qilingan.
-
Yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi praktikumi
Sizga tavsiya etilayotgan ushbu uslubiy qoʻllanma qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining 60811200 - Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi (ekin turlari bo‘yicha) ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Yem-xashak ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi” fanidan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan. Shuningdek uslubiy qoʻllanmadan 60810900-Agronomiya (yem-xashak ekinlari), 60812200-Oʻsimlikshunoslik (yaylov – choʻl oʻsimlikshunosligi) ta’lim yoʻnalishlarining bakalavriat talabalari xam foydalanishlari mumkin.
-
Qurilish materiallari fanidan misol va masalalar to`plami
O`quv qo`llanmada qurilish materiallari fanining hamma boblariga taaluqli misol va masalalar, ularni yechish usullari, talabalarning mushohada darajasini oshiruvchi krossvordlar berilgan. Mazkur o`quv qo`llanma qurilish va arxitektura mutaxassisliklarining barcha ta`lim yo`nalishlari bakalavriat va magistranlari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan, shuningdek, injener-texnik xodimlar ham foydalanishi mumkin.
-
Dvigatellar va avtomobil nazariyasi
O‘quv qo‘llanmada ichki dvigatellarida sodir bo‘ladigan jarayonlarning nazariyasi hamda ularning ish sikli, quvvati va yonilg‘ining kam sarflanishiga ijobiy ta'sir etuvchi omillar tahlili va bosqalar yoritilgan.
-
Синтетик толалар ишлаб чиқариш технологияси
Мазкур ўқув қўлланмада синтетик толалар ҳосил қилувчи полимерларнинг олиниши ва ип олиш технологияси, олинган тола ва ипларнинг хоссалари ҳамда ишлатилиши соҳалари тўғрисида сўз юритилади. Қўлланмадан синтетик толалар ишлаб чиқариш технологияси бўйича таълим олувчи олий ва ўрта махсус ўқув юртларининг талабалари, аспирантлар, тўқимачилик ва енгил саноатнинг муҳандис-техник ходимлари фойдаланишлари мумкин.
-
Правда о религии.
В сборнике «Правда о религии» публикуются отрывки из произведений видных деятелей христианской церкви, долгим и сложным путем пришедших от религиозного фанатизма и убежденности в истинности религиозной веры к атеизму. Разоблачение религиозных представлений и обрядов бывшими служителями кульга особенно ценно для тех, кто еще сам не освободился полностью от веры в бога
-
ИНГЛИЗ ТИЛИДАН МАШҚЛАР ТЎПЛАМИ
Мазкур «Exercises in English Grammaг» қўлланмаси «English Grammar дарслаги (авторлар Ж. Бўронов ва бошқалар) асосида тузилган бўлиб, чет тиллар педагогика институти ва факультетларининг студентларига мўлжаллаи тан. Қўлланма икки қисидан иборат. Биринчи қисмда 1-курсда ўрганиладиган лексика ва грамматика материаллари асосида тузилган машқлар, иккинчи, асосий қисида инглиз тили грамматикасининг систематик курси материаллари асо сида тузилган машқлар берилган.