-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Халқаро молия муносабатлари
Миллий хўжалик ва халқаро молия муносабатларининг аҳамияти, жаҳон валюта тизими ва унинг ривожланиш босқичлари, валюта бозори, валюта операциялари, валюта сиёсати, мамлакатнинг тўлов баланси, халқаро савдо ва уни молиялаштириш, халқаро ҳисоб-китоблар, халқаро кредит ва хорижий инвестициялар, ҳалқаро лизинг, суғурта ва солиқ муносабатлари кенг ёритилган.
-
Patologik fiziologiya
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, savollarga davrning o`ziga xos fan-texnika yutuqlari asosida javob berish kabi vazifalarni o`z ichiga olgan patofiziologiya-nihoyatda murakkab fandir, tibbiyotning turli sohalariga oid ma`lumotlarni topish va bilish, ularni dialektik nuqtai nazardan tahlil eta olish, uning asosida eksperimental sharoitda davolash choralarini topib, asoslab berish va boshqa masalalarni hal etish - shu fanning zimmasidadir.
-
Халқаро ҳуқуқ
Ушбу қўлланмада юридик олий ўқув юртлари учун мўлжалланган халқаро ҳуқуқ бўйича ўқув дастурига мувофиқ ёзилган ўзбек тилидаги биринчи дарсликдир. Унда халқаро ҳуқуқнинг асосий тушунчалари, ғоялари ва тараққиёти ҳамда ҳозирги замон халқаро ҳуқуқнинг асосий принциплари моҳиятини очиб беришга алоҳида эътибор берилган.
-
Jahon tarixi (8-sinf)
Bu darslik o`quvchilarni xorij davlatlarining XVI-XIX asri 60- yillari tarixi bilan tanishtiradi. Darslik ikki bo`limdan iborat bo`lib uning birinchi bo`limida XVI-XVIII asrlarda Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari haqida, ikkinchi bo`limida esa XIX asrning 70-yillarigacha bo`lgan davrda Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlari haqida ma`lumot beruvchi mavzular berilgan.
-
Korreksion pedagogika va logopediya
Mazkur kitobda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ulardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari ko`rib chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarga differentsial va integratsiyalashgan, inklyuziv ta`limni tashkil etish yo`l, usuli hamda tashkiliy formalari bayon etilgan.
-
Ўзбекистон журналистикаси тарихи
Қўлингиздаги "Ўзбекистон журналистикаси тарихи" дарслиги илк марта биринчи манбалар асосида яратилмоқда. Мазкур дарсликни ёзишда муаллиф ўзигача бу соҳада мақола, монография, ўқув қўлланмалари яратган олимларнинг тажрибаларидан фойдаланишга ҳаракат қилди. Муаллиф мазкур дарсликни замонавий тенденцияга амал қилинган ҳолда яратишга уринди.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
"Adabiyotshunoslikka kirish" kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktab, litsey va kollejlarda olingan adabiy-nazariy bilimlarni muayyan bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iboratdir.
-
Bolalar adabiyoti
Darslik xalq og`zaki ijodi, bolalar kitobxonligi, o`zbek bolalar adabiyoti, chet el bolalar adabiyoti (obzorlar)dan tashqari, mamlakatimiz va jahon bolalar adabiyotida eng ko`zga ko`ringan yozuvchilarning hayot yo`llari, ijodlari tahlilini o`z ichiga oladi.(Диёра)
-
Tarix (6-sinf)
Darslikda ilk marotaba Jahon tarixi va O`zbekiston tarixini uyg`unlashtirish asosida Qadimgi dunyo tarixi kursini ishlab chiqishga urinishlar amalga oshirildi. Darslik 5 bo`limda iborat bo`lib uning 1-bo`limi Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari, 2-bo`limi Qadimgi Sharq va O`rta Osiyo, 3-bo`limi Qadimgi Yunoniston, 4-bo`limi Miloddan avvalgi VI - milodiy IV asrlarda O`rta Osiyo, 5-bo`limi esa Qadimgi Rim haqidagi mavzularni o`z ichiga oladi.
-
Jahon tarixi (7-sinf)
Ushbu darslik jahon tarixining o`rta asrlar davrini yoritadi. Darslik ikki bo`lim va boblarga, har bir bob o`z navbatida mavzularga bo`lingan. Keltirilgan ma`lumotlarni o`zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida har bir mavzu so`ngida nazorat savollari va topshiriqlar berilgan. Ularnin aksariyati o`quvchini mustaqil fikrlash, mantiqiy xulosalar qilish qobiliyatini o`stirishga yordam beradi.
-
Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи
Мазкур дарсликда сиёсий-ҳуқуқий таълимотлар тарихи фанининг предмети, мақсад ва вазифалари, Қадим давр сиёсий-ҳуқуқий таълимотларининг шаклланиши ва ривожланиши, ўрта аср сиёсий-ҳуқуқий таълимотлари, Шарқ ва Ғарб мамлакатларининг сиёсий-ҳуқуқий таълимотларининг асосий хусусиятлари қайд этилган.
-
O`zbekiston tarixi (9-sinf)
Darslik quyidagi mavzularni o`z ichiga oladi: XIX asr o`rtalarida o`zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti; Possiya imperiyasining O`rta Osiyoni bosib olishi; Possiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati; XIX asr oxirida Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari; XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Qoraqalpoqlar; Jadidlar harakati va uning Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati.
-
АСАБ КАСАЛЛИКЛАРИ ПРОПЕДЕВТИКАСИ
Неврология (neuron-грекча асаб, logos-илм) нерв тизимининг тузилиши, бажарадиган вазифаси, ривожланиш қонуниятлари, текшириш усуллари ва турли шикастланишлари ҳамда кузатиладиган касалликларини ўрганувчи фандир. Бу фан икки қисмдан иборат: умумий ва хусусий неврология.
-
Юқумли касалликларда ҳамширалик иши
Юқумли касалликлар тиббиёт ходимлари (врачлар, ҳамширалар) олдида қийинчиликлар туғдирмоқда. Олий ўқув юрти талабаларига юқумли касалликларни ўқитиш муҳим масалаларидан биридир.
-
Linux для разработчиков.
Разработчики всегда стремятся подняться на новый уровень мастерства, но большинство полностью теряется, когда дело доходит до командной строки Linux. С помощью этой книги вы сделаете следующий важный шаг в своей карьере. Большую часть навыков, которые вы получите после ее прочтения, можно сразу же применить на практике, чтобы стать более эффективным разработчиком. Книга написана специально для программистов, а не для системных администраторов Linux. Каждая глава даст достаточно теоретических знаний, чтобы понять, что вы делаете, прежде чем переходить к практическим командам, которые вы сможете использовать в своей повседневной работе в качестве разработчика ПО. По мере прочтения вы быстро освоите основы работы Linux и освоитесь с командной строкой. Овладев основными навыками, вы разберетесь, как применять их в различных контекстах, с которыми столкнетесь как разработчик ПО: создание образов Docker и работа с ними, автоматизация скучных задач сборки с помощью сценариев оболочки и устранение неполадок в продакшен-средах. К концу книги вы сможете с комфортом пользоваться Linux и командной строкой и применять приобретенные навыки в повседневной работе. Это позволит вам экономить время, быстро устранять неполадки и стать мастером работы с командной строкой, к которому обращается вся команда.
-
Jahon tarixi
O`rna maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi uchun uzluksizligi va uzviyligi ta`minlangan "Jahon tarixi" o`quv dasturi asosida yozilgan ushbu darslikda jahondagi asosiy davlatlarning XX-XXI asr boshlaridagi tarixi, xalqaro munosabatlar, fan, madaniyat tarixi yoritilgan. Darslik mualliflarning 2005 va 2006-yillarda nashr etilgan, tajriba sinov natijalari hamda amaliyotchi o`qituvchilar fikrlari bo`yicha qayta ishlangan va to`ldirilgan "Jahon tarixi" o`quv qo`llanmasi va yangi takomillashtirilgan o`quv dasturi asosida yaratildi.