-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Elektrotexnika va elektronika fanidan virtual laboratoriyalar
O'quv qo'llanmada texnika sohasidagi oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quv yurtlarida o'qitiladigan Elektrotexnika va elektronika fanidan laboratoriya ishlarini kompyuterda sxemotexnik modellashtirish dasturida (NI Multisim 14.0) virtual bajarishning nazariy va amaliy tartibi ko'rsatilgan.
-
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi
Ushbu o`quv qo`llanmada tabiatshunoslik fanining tarixi, tabiatshunoslik modellari va jamiyatdagi jarayonlar, yer kurrasi, gidrosfera, litosfera, organik dunyoning birligi va xilma-xilligi, biosfera, tabiat jamoalari, ekosistemalar, hujayra nazariyasi va organizmlarning tuzilishi, hayot va uning paydo bo`lishi, moddalar almashinuvi, kimyoviy bog`lanishlar va kimyoviy reaksiyalar, evolyutsion ta`limot, iqlim va uning o`zgarishi va orol dengizi muammolari kabi mavzular yoritilgan.
-
Tanlangan sport turi bo'yicha mutaxasislikka kirish (yunon -rim kurashi)
O'quv qo'llanma sport kurashi tarixi, musobaqa qoidalari, kurash turlarining tasnifi, tizimlashtirilishi va atamalari bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishlari taminlangan. O'quv qo'llanma O'zbekiston Davlat jinsiy tarbiya va sport universiteti, jismoniy tarbiya fakultetlarining o'quvchi va talabalari, kurash turlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi mbytema jamoasining murabbiylari va sportchilari uchun mo'ljallangan
-
Математика ўқитиш махсус методикаси
Мазкур ўқув кўлланмада математика асослари: тўплам ва унинг элементлари, номанфий бутун сонлар, позицион саноқ системаси, касрлар, геометрик материал билан боглиқ булган масалалар ёритилган.
-
O`rta asrlar tarixi
Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o`quvchilari, abituriyent va tarix fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan ushbu qo`shimcha qo`llanma o`quvchilarning o`rta asrlar tarixidan mukammal bilimlarga ega bo`lishga ko`maklashadi. Qo`llanmada o`zbek davlatchiligining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan davlatlar tarixiga oid ma`lumotlar ensiklopedik tarzda keltiriladi. E`tiborli tomoni shundaki, bobdagi mavzular ma`ruza shaklida berilgan.
-
Iqtisodiyot va menejment
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash samarali amalga oshirilishi uchun barcha yo'nalishlarda, korxona va tashkilotlarda iqtisodiy bilim asoslarini chuqur biladigan mutaxassislar faoliyat yuritishlari talab etiladi.
-
ҚУРУЛИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ
Ўқув қўлланма «Қурилиш ишлаб чиқариш технологияси» фани үчүн ёзилиб, ушбу ўқув қўлланмада Қурилиш ишлаб чиқаришнинг халқ хўжалигидаги аҳамияти, уни саноат усулда олиб бориш, Қурилишдаги техник, тариф ва технологик лойиҳалаш, қурилиш меъёрлари ва қоидалари, ишнинг сифати, хавфсиз бажариш ва меҳнатни муҳофаза қилиш келтирилган.
-
Имло муаммолари
Мазкур ўқув қўлланма ўзбек тили ва адабиёти йўналиши ўқув режасини "Имло муоммолари" танлов дастурига мувофиқ тайёрланди. Унда қуйидаги масалалар қамраб олинди: 1) фаннинг предмети, мақсади ва вазифалари: 2) ҳозирги ўзбек адабий тили шаклланишининг илк босқичидан бугунга қадар амалга оширилган алифбо ва имло ислоҳатлари, бу жараёнда мунозара предмети бўлиб келган масалалар; 3) ҳозирги иккиёзувлилик (кирилл-ўзбек ва лотин-ўзбек ёзувлари) шароитида юзага келаётган янги муаммолар, уларга муносабат масалалари.
-
Тарбиявий ишлар услубиёти
Мазкур ўқув қўлланма бўлажак педагогларни тарбиявий ишлар услубиятига оид билимлар билан қуроллантириш, тарбиявий ишларни ташкил этиш маҳоратини шакллантириш масаласига бағишланган. Қўлланма тўққиз бобдан иборат бўлиб, унда асосий эътибор тарбиявий ишлар услубиётининг тамойиллари, вазифалари, тарбия усуллари ва шахс ривожланишининг асосий қонунларини таҳлил этишга, ахлоқий, эстетик, экологик ва меҳнат тарбиясининг ўзига хос жиҳатларини ўрганишга ҳамда педагогик технологиялардан фойдаланишга қаратилган.(Диёра)
-
QURILISH MATERIALLARINI KUKUNLASH UCHUN TEGIRMONLAR
Mazkur oʻquv qollanmada davriy va to'xtovsiz harakatlanuvchi sharli tegirmonlar, konus shaklidagi va separatorli sharli tegirmonlar, trubali va sharsiz maydalash uchun barabanli tegirmonlar, tegirmon barabanining kritik va eng qulay tezlik aylanishi, tegirmon barabani sharlarining traektoriya harakati va kontur yuklanishi, sharlarning eng qulay burchak uzilishi, yuklash harakatining davrlari soni, kukunlanadigan jism massasini aniqlash, tegirmonga sarflanadigan quvvat, trubali tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi, trubali tegirmon detallarini hisoblash, sharli va valikli oʻrta yuradigan tegirmonlar, g'ildirakli tebranadigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar, bolg'ali tez yuradigan tegirmonlar toʻg'risida ma'lumotlar batafsil berilgan.
-
OLIY MATEMATIKA
Mazkur o'quv qo'llanma oliy texnika o'quv yurtlari uchun "Oliy matematika" fani bo'yicha tuzilgan dastur doirasida tayyorlangan.
-
SUV TEJOVCHI SUG‘ORISH TEXNOLOGIYALARI
O‘quv qo‘llanmada cheklangan suv resurslari sharoitida mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish uchun qishloq xo‘jaligida, xususan ekinlarni parvarishlash jarayonida sug‘orishning an’anaviy va bosimli suv tejovchi texnologiyalari yoritilgan.
-
NAZARIY VA AMALIY MEXANIKA
Ushbu o‘quv qo'llanma oliy o‘quv yurtlarining energetika, avtomatika, hayot faoliyati xavfsizligi va boshqa nomexanik ta’lim yo'nalishlari sohalari bo‘yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qodlanmaning birinchi bo‘limida nazariy mexanika fanining statika, kinematika va dinamika qismlari bo‘yicha asosiy nazariy hamda amaliy tushunchalar talabalar uchun qisqa va tushunarli qilib berilgan. Qo‘llanmaning ikkinchi bo'limida esa materiallar qarshiligi fanining oddiy deformatsiyalarga tegishli bo‘lgan nazariy ma’lumotlar yoritilgan boiib, ularning tushunilishini osonlashtirish maqsadida yechilgan misollar yordamida qo`llanishi ko‘rsatilgan.
-
MEXANIKA
O‘quv qo‘llanmada “Nazariy mexanika” fanining statika va kinematika bo'limlari bo‘yicha amaliy mashg'ulotlami o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan nazariy ma’lumotlar, masalalami yechish tartibi, mustaqil yechish uchun misol va masalalar to'liq keltirilgan. Ba’zi masalalar har xil usullar bilan yechilib, masalalaming yechilish tartibi batafsil tushuntirilgan va olingan natijalar solishtirilib qo‘llanilgan usullar tahlil qilingan.
-
Экология
Атроф-муҳит мусаффолигининг қишлоқ хўжалиги экологик муҳитга, ҳаво, ер, сув, табиат бойликлари, ўсимлик, ҳайвонот дунёси инсон соғлигининг асосий гарови эканлиги, экологик ҳуқуқбузарликлар, жиноятлар ва унинг иқтисодиётга таъсири сабабли китоб кенг мутахассислар оммасига мўлжалланган.
-
KOMPYTUTER VOSITASIDA MODELLASHTIRISH ASOSLARI
Ushbu o'quv qo'llanmada kompyuter vositasida murakkab jarayonlarni modellashtirish nazariyasi asoslari, modellar va modellashtirish usullarining tavsiflari keltirilgan.