Tashkilot:
Urganch davlat universiteti
Nomi:
Fan va turmush
ISSN:
Telefon raqami:
+998712334305
Fanlar:
Madaniyat. Fan. Maorif,
Fax:
Email:
fanturmush@gmail.com
Website:
www.fvat.uz
Bosh muharrir:
A.Xakimov
Tahririyat a'zolari:
Q.Abdurahmonov, M.Abdullayev, D.Alimova, Q.Allayev,
Rasmi:
Turi:
Jurnal
Kitob yozuvi:
O'zbek lotin
Matn turi:
Bosma shaklda
Kirish huquq turi:
OCHIQ KIRISH
Fan va turmush – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-maʼrifiy, ommabop jurnali. Toshkent shahrida 1 yilda 6 marta nashr qilinadi. Dastlab „Sotsialistik ilm va texnika“ (1933—1935), „Sotsialistik fan va turmush“ (1939—1941) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941-yil iyulidan 1957-yil fevralgacha nashr etilmagan. 1957-yildan hozirgi nomdagi jurnalning qayta tiklanishida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari H. Abdullayev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jurnalga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboyev (1970—1971), M. Homidxonov (1972), Yo. Toʻraqulov (197488), K. Zufarov (1988—1992), M. Sharifxoʻjayev (1992—2001)lar muharrirlik qilishgan. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida jurnal mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning soʻnggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli etish yoʻlida jahon kashfiyotlarini, oʻzbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targʻib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati hamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand boʻlishiga alohida eʼtibor berib kelmoqda. 2003-yildan jurnalda maqolalar oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiyev (2002-yildan).