-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Matematika,
-
Psixologiya,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Iqtisodiy geografiya,
-
Iqtisodiy geografiya,
-
Mineral oziqlanish fiziologiyasi
X.Ergasheva,Mineral oziqlanish fiziologiyasi va moddalar tashiluvi fani o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi qonuniyatlarini tashqi muhit bilan birga bog'lab o'rganishini yoritish, o'simliklarning hayotiy jarayonlari fotosintez, nafas olish, suv almashinuvi, mineral oziqlanish, o'sish va rivojlanish kabi bo'limlarda o'z ifodasini topishini ko'rsatish, o'simliklar fiziologiyasining biokimyoviy, biofizik, ontogenetik evolyutsiyasi, ekologik va sintetik yo'nalishlari mazkur fanning har tomonlama rivojlanishiga katta hissa qo'shganligini tushuntirish.
-
Xalq og‘zaki ijodi asarlari matnining janriy-lisoniy va lingvostatistik tadqiqi
D.Urinbayeva,Monografiyada matnning lingvostatistik xususiyatlari, jumladan fonetik, leksik va morfologik birliklarning folklor matnlarida qo‘llanishi, folklor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisentlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi haqida fikrlar o‘z aksini topgan. Tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlili etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan va doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘zshakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan. Monografiya oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professoro‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha qiziquvchilar, talabalarga mo‘ljallangan.
-
Pragmalingvistik terminlarning izohli lug'ati
Mashhura Yuldosheva,lanmasi Pragmalingvistika sohasidagi asosiy tushuncha va terminlarning mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda pragmatikaning nazariy asoslari, kommunikativ birliklarning ijtimoiy-pragmatik tahlili, nutq jarayonida ularning ijtimoiy, madaniy va psixologik omillar bilan bog‘liqligi haqida ma’lumot berilgan. Lug‘atda keltirilgan termin hamda izohlar tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganishda, muloqotning sotsiopragmatik jihatlarini tahlil qilishda amaliy yordam beradi hamda lug‘at oxirida mashhur pragmalingvist olimlarning qisqacha biografiyalari ham keltirilgan bo‘lib, bu bo‘lim sohaning rivojlanish bosqichlari hamda yetakchi vakillari haqida tasavvur beradi.
-
Ҳофиз Шерозий ва Ўзбек адабиёти
Азимов М.,Ҳофиз Шерозий ижодининг узбек адабиётига таъсири, шоир ғазалларинииг ўзбекча шарҳ ва таржималари асосида уни тушуниш, талқин ва таржима этиш муаммолари хусусида фикр юритилади.
-
БУЮК БЕШЛИК САБОҚЛАРИ
АБДУРАШИД АБДУҒАФУРОВ,Алишер Навоий 1480 йиллар бошларида ёшлик чоғларидаёқ кўнглига тугиб, узоқ йиллар давомида ардоқлаб юрган энг олий орзуси буюк ижодий режасини амалга ошириш вақти етди, деган қатъий фикрга келади. Бу - Низомий Ганжавий ва Хусрав Деҳлавий «Хамса»лари каби улуғвор бешликни ўз она тилида яратиш нияти эдики, Навоий албатта ўз мақсадининг нақадар оғир ва шарафли эканлигини, уни рўёбга чиқариш учун тинимсиз ва сермашаққат меҳнат талаб этилишини тўла-тўкис тушунган. Ижодий, маънавий, илмий ва ҳаётий тайёргарлигини эндиликда етарли, деб билган шоирни фақат бир андиша ташвишга солар эди. У ҳам бўлса вақт, ижодий иш учун зарурий шароит масаласи эди.
-
Тил ва ёзув
Маҳмудов Н. М.,Брашурада ёзувнинг аҳамиятн, кишилик жамиятидаги ўрни, пайдо бўлиш тарихи, ҳозирда мавжуд ёзув системалари ҳамда ёзув ва тил ўртасидаги муносабат масалалари оммабоп тарзда баён қилипган.
-
MUMTOZ SHE’RIYAT JANRLARI
Obidjon Karimov,Mazkur o'quv qo'llanma talabalarga mumtoz she’riyat janrlarining shakllanishi va rivojlanishi, ularning nazariy-poetik xususiyatlari hamda mavjud qoidalari haqida ma’lumot beradi. Kitob filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga mo'ljallangan.
-
Turkiy til tarixi
Q. Sodiqov,Sharq mumtoz filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlik bosqichida o‘qiyotgan talabalar uchun qo‘llanma Ushbu qo‘llanmada turkiy yozma yodgorliklar asosida o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishi va uning tarixiy taraqqiyoti, yozma yodgorliklarning fonetik, morfologik o‘zgachaliklari, atamashunoslik tarixi, matn uslubi masalalari yoritib berilgan. Qo‘llanma Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining Sharq mumtoz filologiyasi bo‘limida o‘qiyotgan talabalar uchun yozildi. Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining O‘quv-uslubiy kengashi nashrga tavsiya etgan (2009 yilning 13 noyabrida bo‘lib o‘tgan 1- majlis bayonnomasi).
-
DEUTSCHE HILFSVERBEN IN ÜBUNGEN
A.Jumaniyazov,Ushbu o‘quv qo‘llanma nemis tilini o‘rganishda muayyan iyinchiliklar tug‘diradigan yordamchi fe’llar mavzusiga bag‘ishlangan. An’anaviy hamda ilg‘or chet el uslublariga asoslangan leksik va grammatik mashqlar o‘quvchilarning ko‘zlangan mavzu bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini uzvan oshiradi.
-
Kasb etikasi
L.Muhammadjonova,Ushbu o`quv qo`llanma kasbiy etika fanining maqsadi vazifalari ijtimoiy zaruriyati haqida tushuncha shakillantirish kasbiy etikaning paydo bo`lishi rivojlanishi kasbiy odob axloqi qoidalari yoritilgan.
-
Kasb etikasi
Muallifsiz,Mualliflar tomonidan o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun tayyorlangan ushbu darslikda kasb etikasi tamoyillari, qoidalari va uning ahamiyati ochib berilgan. Kasb etikasi normalarining fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vaqtidagi ahamiyati keng yoritilgan.
-
Kasbiy etika va etiket
Xudayshukurov T.,Ushbu darslikka aholi va sayyohlarga xizmat qiladigan ovqatlanish korxonalari xodimlari va mutaxasislari uchun zarur bo`lgan mamlakatlar va maslahatlar kiritilgan.Darslik materiallari xizmat ko`rsatish sohasidagi kasb egalari, mutaxasislar va oddiy odamlar uchun ham foydali bo`ladi.
-
Kasb etikasi va psixologiyasi
A.A.Allabergenov,Ushbu qo‘llanma xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarining rasmiy muomala madaniyati, kasbiy faoliyatdagi mijozlar bilan bo‘ladigan muloqot hamda telefon, internet muomalasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishiga yordam beradi.
-
Matematik tahlil 3 qism
Sh.Alimov, R.Ashurov,Ushbu matematik analiz kitobi unversitetlarning Matematika, Amaliy matematika va informatika, informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi hamda oliy matematika chuqur o'rganiladigan texnika oliy o'quv yurtlarida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
G.Xudayberganov, B.A.Shoimqulov,Ushbu "Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi" o'quv qo'llanma universitetlarning matematika, mexnika va matematik modellashtirish yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi va hamda matematika, oliy matematika chuqur o'rganiladigan texnika oliy o'quv yurtlarida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Kitobxonlikka qiziqtirishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirish
M.B.Saidmuratova,Mazkur qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar bugungi kunda dolzarb boʻlgan yoshlarda kitob o'qishga qiziqishni shakllantirish, kitob mutoalasi bilan intellekt sohasining aloqasi, bolalalrni maktab davridan boshlab nazariy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag'ishlanadi. Ushbu qo'llanmadan "Amaliy psixologiya", "Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo'nalishlarida o'qitiladigan "Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya" "Umumiy psixodiagnostika", "Psixologik xizmat" kabi fanlarni o'qitishda, shuningdek, pedagogika sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va amaliy psixologlar foydalanishi mumkin.
-
Fizika
T.A.Sobirova,Ushbu o'quv qo'llanmada elektromagnit maydon nazariyasi, elektr maydon kuchlanganligi, magnit maydon induksiyasi, elektromagnit induksiya hodisasi hamda Maksvell tenglamalarining asosiy mazmuni bayon etilgan. Shuningdek, elektromagnit to'qinlarining tarqalishi, ularning xossalari va amaliy qo'llanilishi haqida tushunchalar keltirilgan.
-
Tizim va signallarni qayta ishlash
Matqurbanov To'lqin,Mazkur o'quv uslubiy koʻrsatma 60611000 - Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar") sirtqi ta'lim yo'nalishining o'quv jarayonida foydalanish uchun mo'ljallangan boʻlib, "Tizim va signallarni qayta ishlash" fani bo'yicha amaliyot mashg'ulotlarini o'tkazishni samarali tashkil etishda qo'llaniladi.
-
O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar
A.G.Abdullayev,O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar o'quv qo'llanmasi namunaviy dastur asosida tuzilgangan bo'lib, unda fanning o'quv mashg'ulotlari, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, test topshiriqlari zamonaviy pedogogik metodlardan foydalangan holda tayyorlangan. Shuningdek, amaliy mashg'ulotlarda O'zbekiston geografik o'rni, tabiiy sharoiti, aholisi, sanoat va qishloq xo'jaligi ixtisoslashuv tarmoqlari, tashqi iqtisodiy aloqalari hamda respublika iqtisodiy rayonlarining hududiy xususiyatlari bo'yicha topshriqlar berilgan.
-
Xorazm geografiyasi
D.R.Ro'zmetov, A.G.Abdullayev, S.X.Matsaidova, A.E.Matchanova,Xorazm geografiyasi darsligi O'zbekistonning qadimiy va navqiron viloyatlaridan sanalgan Xorazmning tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasiga oid bilimlarni qamrab oladi. Xorazm geografiyasi oliy ta'lim tizimida geograf, kartograf, gidrometerolog mutaxassislar tayyorlash va ularning bilimini oshirishda muhim o'rin tutadi. Darslikdan o'rin olgan materiallar Xorazm tabiiy sharoiti va resurslari, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza ostiga olish haqida bilimlar berish qatori, viloyat tabiati va xo'jaligining rivojlanishi qonuniyatlarini tushinib olishda talabalarni zarur bo'lgan bilimlar bilan qurollantiradi.