-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Turkiy til tarixi
Q. Sodiqov,Sharq mumtoz filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlik bosqichida o‘qiyotgan talabalar uchun qo‘llanma Ushbu qo‘llanmada turkiy yozma yodgorliklar asosida o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishi va uning tarixiy taraqqiyoti, yozma yodgorliklarning fonetik, morfologik o‘zgachaliklari, atamashunoslik tarixi, matn uslubi masalalari yoritib berilgan. Qo‘llanma Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining Sharq mumtoz filologiyasi bo‘limida o‘qiyotgan talabalar uchun yozildi. Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining O‘quv-uslubiy kengashi nashrga tavsiya etgan (2009 yilning 13 noyabrida bo‘lib o‘tgan 1- majlis bayonnomasi).
-
DEUTSCHE HILFSVERBEN IN ÜBUNGEN
A.Jumaniyazov,Ushbu o‘quv qo‘llanma nemis tilini o‘rganishda muayyan iyinchiliklar tug‘diradigan yordamchi fe’llar mavzusiga bag‘ishlangan. An’anaviy hamda ilg‘or chet el uslublariga asoslangan leksik va grammatik mashqlar o‘quvchilarning ko‘zlangan mavzu bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini uzvan oshiradi.
-
Matn tilshunosligi
T. H. Asadov,Mazkur o'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining Lingvistika (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi magistrlari uchun mo'ljallangan bo'lib, turli hajm va mazmundagi matn ko'rinishlarini tasnif va tavsif qilish, matn tahlili usullari, matnga qo'yiladigan talablar hamda matn lingvistikasining nazariy asoslarini o'rgatadi. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda magistrlarning bilim darajasini oshirishga xizmat qiluvchi savol va topshiriqlar, testlar berilgan.
-
Oʻzbek tilining amaliy uslubiyati fanidan topshiriqlar
Turdiyeva G.S.,Mazkur oʻquv qoʻllanma xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili), filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan tili), tarjima nazariyasi boʻlimi talabalari fan boʻyicha amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydalanishlari uchun moʻljallangan.
-
Oʻzbek tilining sohada qoʻllanilishi.
Xamidova N.S.,Ushbu oʻquv qoʻllanma “Oʻzbek tilining sohada qoʻllanilishi” kursi oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, zamonaviy oʻzbek tilining nazariy va amaliy asoslarini kasbiy, ilmiy va kommunikativ sharoitlarda tizimli ravishda yoritishga qaratilgan keng qamrovli ishdir. Oʻquv qoʻllanma nutq faoliyatining asosiy jihatlarini, jumladan, ogʻzaki va yozma muloqot odob-axloqi, adabiy til normalariga rioya qilish, kasbiy nutqning lingvomadaniy xususiyatlari va uning funktsional uslublari xususiyatlarini har tomonlama qamrab oladi. Ushbu oʻquv qoʻllanmaning maqsadi talabalarning lingvistik ongi, kommunikativ moslashuvchanligi va oʻzbek tilidan real hayotdagi vaziyatlarda, jumladan, akademik, tadqiqot va biznes vaziyatlarida kasbiy va malakali foydalanish qobiliyatini rivojlantirishdir.
-
Fors tilida gaplashamiz!
Oripova Xusnidaxon Yusubovna,Ushbu talabalar uchun moʻljallangan oʻquv qo'llanma fors tilini oʻrganishga bag'ishlangan boʻlib, bir nechta boʻlim va mavzulardan iborat. Qoʻllanmada fors tili alifbosi, grammatik qoidalar, so'z boyligini oshirishga xizmat qiluvchi mashqlar, interaktiv topshiriqlar hamda kundalik muloqotga oid ibora va gaplar keng yoritilgan.
-
Ingliz tili o'qitish metodikasi
G.L.Babayeva,O'quv qo'llanmada Ingliz tili kabi chet tillarini o'qitish va o'rganish ona tili yoki ikkinchi tilni o'zlashtirish jarayonlaridan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar maxsus til o'qitish texnologiyalarini qo'llashni talab qiladi va bu boʻyicha chuqur bilim olish hamda ilmiy nazariyalarni amalda samarali qo'llashni o'rganish bo'yicha ma'lumotlar mujassamlangan bo'lib, talabalarda bu boradagi ma'ruza va amaliyot darslarida olgan bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi. Qo'llanma o'qituvchilarga ingliz tilini samarali o'qitishda yordam berish, shuningdek o'quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan.
-
Koreys tilida noto'g'ri fe'llar
Yusupova G.,Mazkur o'quv qo'llanma koreys tilida noto'g'ri fe'llar, uning o'ziga xos xususiyatlari, tuslanish tartibi masalalariga bag'ishlangan. Koreys tilida noto'g'ri fe'llarning tuslanish qoidasi noto'g'ri fe'llar ishtirok etgan maqol va iboralar, badiiy adabiyotlardan keltirilgan matnlardan misollar orqali yanada chuqur ochib berilgan.
-
-
Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari
INOMJON AZIMOV,Istiqloldan so'ng jadidlar faoliyatini o'rganishga ham etibor qaratilgan bo'lsa-da, xozirgacha Fitrat, CHo'lpon, Ashurali Zohiriy, Elbek singari sanoqli jadidlarning tilshunoslik merosi tadqiq qilindi. 0'tgan asrning boshlarida millatning yorqin ziyolilari yetishib chiqdiki, ular millatni savodli qilishga, ma'lum qonun-qoidalarga еда bo'lgan adabiy til yaratishga, alifboni isloh qilishga bel bog'ladilar. Ular tarix sahifalariga ”jadidlar” nomi bilan kirdilar.
-
Til va mantiq
SH.A. Aqmanova,Ushbu o'quv qo'llanmaning bosh maqsadi bo'lajak filologlarni to'g'ri fikrlashning mantiqiy shakllari va qonun-qoidalari bilan tanishtirish, asosli xulosalar hosil qilish tamoyillarini o'rgatish hamda shu asosda ularda murakkab mantiqiy-lingvistik masalalar va mashqlarni yechish malakasini shakllantirishdan iborat. Qo'llanma talabalarning obyektiv borliq hodisalarini ilmiy-falsafiy tahlil qilish ko'nikmasini o'stirishga, mustaqil, erkin va ijodiy fikr yuritish qobiliyatini takomillashtirishga bevosita xizmat qiladi.
-
O`zbek toponimikasi
Alimova SH.M.,Mazkur oʻquv qo‘llanmada “O‘zbek toponimikasi” fanining maqsad va vazifalari, tavsifi haqida qisqacha ma’lumot berilib, asosiysi, fan doirasidagi ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun oʻquv materiallari berilgan. Oʻquv qo‘llanmada toponimika ilmining nazariy asoslari, vazifasi, maqsadi, nomlarning paydo bo‘lishidagi mintaqaviy va umumiy qonuniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, toponimikani o‘quv jarayonida qo‘llanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. Unda ko‘plab nomlar haqida qiziqarli tahlillar va yangi topilmalar mavjuddir. Mazkur oʻquv qoʻllanma 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili), 60230700 – Amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Yujin A. Nayda, Charlz R. Teyber,"Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kitobi tarjimonlarga nazariy qoidalar-ni egallash hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu kitobda til tizimlari bilan bog'liq tarjima muammolari ilmiy yondashuv, semantik tahlil va axborot nazariyasi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilgan.
-
Ўзбек тили дарслари
Х. Асалов,Хамдам Асалов — таълим бошқа тилларда (асосан рус тилида) олиб бориладиган мактаблар ва гуруҳлар учун ўзбек тилини ўқитиш методикаси соҳасига улкан ҳисса қўшган таниқли ўзбек олими, методист ва филология фанлари номзоди ҳисобланади.Унинг «Ўзбек тили дарслари» ва шу йўналишдаги услубий ишлари, айниқса, рус мактабларида ўзбек тилини тизимли ва коммуникатив тарзда ўргатишнинг илмий-амалий асосини яратиб берган.
-
Стилистика русского языка
С.А.Рузметов, У.Р.Махмудов,Данное учебное пособие представляет собой издание,которое адресовано магистрантам и студентам, изучающим стилистику русского языка. В ней в логической последовательности приводится материал по следующим модулям указанной дисциплины: 1) Стилистика как наука: основные категории и понятия 2) Стилистика в аспекте уровней языка 3) Функциональные стили современного русского языка. Каждая предлагаемая тема в пособии содержит сжатый теоретический материал, контрольные вопросы и тестовые задания для самопроверки, опорные схемы и таблицы, ссылку на видеоматериал для закрепления темы и подборку интересных фактов в целях повышения мотивации.
-
Ўзбек тилидан дарс типлари
О. Розиков,Мазкур методик қўлланма таниқли педагог ва олим, педагогика фанлари доктори, профессор Офоқ Розиқов томонидан тайёрланган бўлиб, умумий ўрта таълим мактабларида ўзбек тили (она тили) фанини ўқитишнинг энг муҳим назарий ва амалий масалаларига бағишланган. Китобда дарс жараёнини илмий асосда ташкил этиш, унинг самарадорлигини ошириш ва таълим сифатини назорат қилиш тизими тизимли равишда ёритилган.
-
Ўзбек тили
М.Акбаров, Э.Азларов, А.А.Клименко,Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтлари (олий таълим муассасалари)нинг рус тилида ўқитиладиган гуруҳлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ўзбек тилини иккинчи тил сифатида тизимли ва чуқур ўргатишга хизмат қилади. Китобдан талабаларнинг ўзбекча нутқ маданиятини ривожлантириш, фонетика, лексика ва грамматика асосларини пухта ўзлаштириш ҳамда педагогик фаолиятда зарур бўладиган касбий мулоқот кўникмаларини шакллантиришга қаратилган назарий маълумотлар ва амалий машқлар ўрин олган.
-
Practical English Grammar
R.X. Abidova,Ushbu “Practical English Grammar” nomli o‘quv qo‘llanma ingliz tili amaliy grammatikasini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish uchun mustaqil tarzda o‘qibo‘rganish imkonini beradi.Qo‘llanma maktab o‘qituvchilari, mustaqil til o‘rganuvchilar, shuningdek, akademik litsey va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda magistrantlar uchun qo‘shimcha o‘quv manba sifatida xizmat qilishi mumkin
-
Ўзбек тили
М. Акбаров, Ю. Эшонқулов,Мазкур ўқув қўлланма махсус ўрта таълим муассасалари (техникум ва билим юртлари)нинг рус тилида таълим олувчи ўқувчи ва талабаларига мўлжалланган. Китобнинг асосий мақсади русийзабон ўқувчиларга ўзбек адабий тилининг грамматикаси, имло қоидалари ва талаффуз хусусиятларини тизимли равишда ўргатиш ҳамда уларда кундалик ва касбий мулоқот кўникмаларини шакллантиришдан иборат.
-
Тилшуносликка кириш-курсидан практикум
Ш. Каримов,Мазкур қўлланма чет тиллар институти ва педагогика олий ўқув юртларининг чет тиллар факультетлари 1-курс студентлари учун мўлжалланган