-
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Tabiiy fanlar, -
-
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy fanlar,
-
-
-
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy fanlar,
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Tabiiy fanlar, -
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
X.Vaxobov, A.A.Abduqosimov, N.R.Alimkulov,Tabiiy fanlar, -
-
Manzarali bog'dorchilik va gulchilik
Do'schanov U, Sadullayev S, Urazbayev A, Roʻzmetov R.,Tabiiy fanlar, -
-
-
-
-
-
-
Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
Atadjanov I.SH.,Mazkur o'quv qo'llanmada "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari" o'quv fanining tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiat taraqqiyotining asosiy qonunlari, insonning tabiatga ta'siri turlari, tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asoslari, tabiatdan foydalanishda hisobga olinishi zarur bo'lgan qonuniyatlar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiatdan foydalanishda xalqaro hamkorlik masalalari, O'zbekistonning ekologik barqaror rivojlanishga o'tishining asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan.
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Geografik axborot tizimlarida algoritmlash nomli ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy geofazoviy tahlil hamda masofadan zondlash texnologiyalarini o'rganishga qaratilgan. Nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni uyg'unlashtiruvchi sakkizta bobdan iborat ushbu qo'llanma Google Earth Engine, R Studio hamda QGIS platformalarida dasturiy skriptlar yaratish hamda ma'lumotlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulotlar bevosita Xorazm viloyati misolida tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligi va qurg'oqchilik kabi dolzarb muammolarni geofazoviy usullar bilan hal qilishga yo'naltirilgan.
-
Botanikadan amaliy mashg'ulotlar
M.Mo'minov,Qishloq va suvxo'jaligi tarmoqlari,agronomiya,o'simliklar himoyasi,qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish,saqlash va ularni daslabki qayta ishlash texnologiyasi,kasbiy ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun oquv qo'llanma.
-
KADASTR: tamoyillari va amaliyoti. II jild
Rojer Fisher, Jennifer Uittal,Kadastr sohasining tamoyillari va amaliyotiga bag'ishlangan ushbu kitob amaliy faoliyat yurituvchi professional yer o'lchovchilar, huquqshunoslar, koʻch-mas mulkni oʻtkazish bitimlarini rasmiylashtiruvchi yuristlar, ko'chmas mulk agentlari hamda ko'chmas mulk bilan bog'liq boshqa mutaxassislar, shuningdek, Janubiy Afrikada kadastr o'lchovlari, yerga egalik qilish va yer munosabatlarini boshqarish yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun keng qamrovli ma'lu-motnoma sifatida yozilgan.
-
KADASTR: tamoyillari va amaliyoti. I jild
Rojer Fisher, Jennifer Uittal.,Kadastr sohasining tamoyillari va amaliyotiga bag'ishlangan ushbu kitob amaliy faoliyat yurituvchi professional yer o'lchovchilar, huquqshunoslar, koʻch-mas mulkni o'tkazish bitimlarini rasmiylashtiruvchi yuristlar, ko'chmas mulk agentlari hamda ko'chmas mulk bilan bog'liq boshqa mutaxassislar, shuningdek, Janubiy Afrikada kadastr o'lchovlari, yerga egalik qilish va yer munosabatlarini boshqarish yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun keng qamrovli ma'lu-motnoma sifatida yozilgan.
-
Dinamik meteorologiyaga kirish
Jeyms R. Xolton,Ushbu o'quv qo'llanma atmosfera dinamikasining nazariy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan boʻlib, dunyo bo'ylab meteorologiya va iqlimshunoslik, gidrometeo-rologiya, fizika hamda tabiiy yer haqidagi fanlar bo'yicha talaba va mutaxassislarga mo'ljallangan. Darslikda atmosferaga nisbatan uzluksiz muhit deb qaraladi. Ob-havo va iqlimni shakllantiruvchi asosiy omillardan hisoblangan atmosfera harakatlari fizikaning fundamental saqlanish qonunlari asosida tavsiflangan. Kitob atmosfera harakatlarini boshqaruvchi asosiy fizik qonunlardan massaning saqlanishi, harakatning saqlani-shi va energiyaning saqlanishidan boshlab, murakkab dinamik hodisalar - frontogenez, siklon girdoblari, to'lqin dinamikasi va umumiy atmosfera sirkulyatsiyasigacha bo'lgan keng qamrovli mavzularni qamrab oladi. Har bir bob nazariy asoslarning masshtab tah-lili va izobarik koordinatalar tizimi orqali batafsil bayon etilgan.
-
Geoinformatika: metodlar va qo'llanilish sohalari
Noel Leyn,Geoinformatika kartografiya, geologiya va geografiya fanlari infratuzilmasi sohasidir. Ushbu soha fazoviy ma'lumotlarni olish, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beruvchi texnologiyalarga asoslangan. Geoinformatika tadqiqotlarida geofazoviy tahlil va modellashtirish, axborot tizimini loyihalash, geofazoviy ma'lumot bazalari, inson va kompyuter o'zaro ta'siri kabi sohalardan foydalaniladi. Geoinformatikada geoma'lumotni tahlil qilish uchun geovizualizatsiya va geokompyuterdan ham foydalaniladi. Geoinformatika sohalari xilma-xildir: sog'liqni saqlash, shaharsozlik va yerdan foydalanishdan tortib meteorologiya, iqlim o'zgarishi, atrof-muhitni modellashtirish va tahlil qilishgacha. Geoinformatika sohasi jadal rivojlanmoqda va ko'plab sohalarda qo'llanilmoqda. Ushbu kitob nazariya va tadqiqotdan tortib amaliy qo'llanilishgacha bo'lgan barcha dolzarb mavzularni qamrab olgan. Maqsad talabalar va mutaxassislarni ushbu sohadagi zamonaviy mavzular va istiqbolli rejalar bilan tanishtirishdir.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. II jild
Pol A. Ris,Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. I jild
Pol A. Ris,Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan.
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Mazkur o'quv qo'llanma dunyoning turli hududlaridan olingan misollar asosida tadqiqot va amaliyotning fanlararo mavzularini qamrab oladi. Bu misollar zamonaviy muammolar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar uchun «oyna» bo'lib xizmat qiladi. Shuning-dek, yer sayyorasini yashash uchun munosib makonga aylantirish yo'lidagi kelgusi sa'y-harakatlarda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan tamoyil va yangi uslublarni yoritib beradi. Nashrda kadastr sohasidagi so'nggi yangiliklar geodeziya, yer resurslarini boshqarish, masofadan zondlash va geoaxborot fanlari kabi yo'nalishlar mujassamlashgan. Bir nech-ta qit'adan yig'ilgan mualliflar jamoasi milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda kadastr bo'yicha mukammal ilmiy muloqot maydonini yaratishga muvaffaq bo'lganlar.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
X.Vaxobov, A.A.Abduqosimov, N.R.Alimkulov,Ushbu o’quv qo’llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o’rni, chegaralari, o’rganilish tarixi, geologik tuzilishi, muzliklari, rel’efi, foydali qazilmalari, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiat mintaqalari, antropogen landshaftlari va tabiatni muhofaza qilish tartibida berilgan. Umumiy tabiiy geografik tavsifdan keyin materiklarning regional tavsifi berilgan. Okeanlarning tabiiy geografik tavsifi Dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari - okean tagining geologik tuzilishi va rel’efi, suvlari, okeandagi hayot, okean yuzasidagi va okean tagidagi geografik zonalar, okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari tizimida yoritilgan. O’quv qo’llanma 5110500-geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
-
Geografiya ta'limi metodikasi
Vaxobov H.,Maskur o’quv qo’llanma universitetlarning 5440500-geografiya mutaxassisliklari talabalariga shuningdek, geografiya o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika universitetlari va institutlarning talabalariga hamda maktab geografiya o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Maskur o’quv qo’llanma kirish va olti qismdan iborat. Birinchi qismGeografiya o’kitish metodikasi fanining maksadi va vazifalariga hamda ushbu fanning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan. Qo’llanmaning ikkinchi qismi- O’qitish metodlariga qaratilgan, unda yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga katta e’tibor berilgan. O’quv vositalariga o’quv qo’llanmaning 3-qismi bag’ishlangan, qo’llanmaning 3-qismi geografiya darsi va uning turlariga bag’ishlangan. Unda geografiya darsiga qo’yiladigan talablar, geografiya darsining tuzilishi va o’lchamlari hakida bilimlar yoritilgan. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar qo’llanmaning beshinchi qismida berilgan. Unda o’quv sayoxatlari, to’garaklar, olimpiadalarni o’tkazishni ilmiy-metodik asoslari yoritib berilgan. Maktab geografiya predmetlarining mazmuni oxirgi qismda berilgan.
-
Manzarali bog'dorchilik va gulchilik
Do'schanov U, Sadullayev S, Urazbayev A, Roʻzmetov R.,Mazkur o'quv qo'llanma Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi xamda Xorazm Ma'mun Akademiyasi bilan xamkorlikida yaratilgan boʻlib, qo'llanma Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohasidagi qishloq xoʻjaligi, biologiya, ekologiya, oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish yo'nalishi bakalavr talaba va magistrantlar hamda o'rmon xo'jaligi va ko'kalamzorlashtirish-obodonlashtirish korxonalari qiziquvchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Экологическая безопастность и гражданская инициатива
Коллектив,Периодический сборник статей и информационный бюллетень «Экологическая безопасность и гражданская инициатива» подготовлен Экологическим правовым центром «Армон» при поддержке Координатора проектов ОБСЕ в Узбекистане. Сборник содержит аналитические материалы экспертов по охране окружающей среды, рациональному природопользованию и экологическому праву. Особое внимание уделено роли общественности в решении экологических проблем Центральноазиатского региона. Книга предназначена для экологов, юристов, активистов гражданского общества и студентов.
-
Biologik preparat olish biotexnologiyasi
M.S.Mamiyev,O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan.
-
Lavanda ildizida uchraydigan kasalliklarga qarshi endofit bakteriyalari yordamida biopreparatlar ishlab chiqarish bo'yicha
To'laganova N.,Ushbu tavsiyanomada Lavanda ildizida uchraydigan kasalliklarga qarshi endofit bakteriyalari yordamida biopreparatlar ishlab chiqarish bo'yicha ma`lumotlar berilgan
-
Табиий карталарни лойиҳалаш ва тузиш
Сафаров Э., Пренов Ш,Ушбу ўқув қўлланма олий таълим муассасаларининг 5311500-Геодезия, картография ва ва кадастор таълим йўналиши бўйича таҳсил олаётган талабаларга мўлжалланган бўлиб у икки кисмдан иборат
-
Geologiya
Rajiva Guhey,Professor Rajiva Guheyning "Geologiya: Nazariy va amaliy tamoyillar" nomli kitobi geologiya faniga qiziqqan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda geologiya sohasining turli yo'nalishlariga oid barcha zarur ma'lumotlar jamlangan.
-
Tut genetikasi
Belaghihalli N. Gnanesh, Kunjupillai Vijayan.,Ushbu kitob tut daraxti (Morus L.) haqidagi hozirgi bilimlarni o'z ichiga olgan birinchi keng qamrovli to'plamdir. Unda botanika, sitogenetika, biologik xilma-xillik, genetika va seleksiya, biotexnologiya va genetik transformatsiya, biotik va abiotik omillar, molekulyar xaritalash, QTL aniqlash, to'liq genom ketma-ketligi hamda faol genomikaga oid izohlar keltirilgan.
-
Доривор ўсимликларни етиштириш технологияси.
Э.Т.Ахмедов.,Ўқув қўлланмада Ўзбекистон флорасида учрайдиган маҳаллий хамда интродукция қилинган доривор дарахт-бута ва ўт ўсимликларнинг шифобахшлик хусусиятлари ва уларнинг инсон саломатлигини сақлашдаги аҳамияти хақида маълумотлар келтирилган. Ўқув қўлланмани тайёрлашда илмий лойиҳалар доирасида ўтказилган илмий тадқиқот натижалари, доривор ўсимликларни маданийлаштириш бўйича олиб борилган илмийамалий ишларнинг натижалари, ишлаб чиқариш тажрибалари ва доривор ўсимликлардан фойдаланиш бўйича бошқа илмий-тарихий манбалар хамда интернет маълумотларидан фойдаланилган. Муаллифлар, қишлоқ хўжалиги фанлари номзоди, доцент Э.Т. Бердиев ва биология фанлари номзоди Э.Т. Ахмедовлар раҳбарлик қилган ва иштирок этган қуйидаги VΙΙ.1.10 “Разработать способы размножения и агротехнику создания промышленных насаждений барбариса, шиповника и облепихи в горах Средней Азии” мавзусидаги Ўзбекистон ўрмон хўжалиги илмий-тадқиқот институти қошида ўтказилган илмий-амалий лойиҳа, ҚХА-7-069V “Нон жийданинг серҳосил ва йирик мевали шаклларини танлаш ва вегетатив кўпайтириш усулларини ишлаб чиқиш”мавзусидаги илмий-амалий лойиҳа, ҚХА-7-069V “Ўзбекистонда наъматак, зирк ва чаканданинг биохилмахиллиги, истиқболли шаклларини танлаш, селекцион баҳолаш ва кўпайтириш усулларини ишлаб чиқиш” мавзусидаги илмий-амалий лойиҳа, ҚХИ-5-029-2015“Чаканданинг истиқболли шакллари кўчатларини етиштириш ва она плантациясини барпо этиш” ва ҚХИ-5-050-2015 “Шарқ жийдасининг истиқболли шакллари асосида она плантациясини барпо этиш” мавзусидаги Тошкент давлат аграр университети қошида ўтказилган инновацион лойиҳалар доирасида ўтказилган илмий-тадқиқот натижаларидан кенг фойдаланилган