-
-
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Tabiiy fanlar, -
-
Tabiiy fanlar,
-
Mikroorganizmlar morfologiyasi, sistematikasi va fiziologiyasi
R.K. Sattarova, N.T. Xakimova, S.E. Avazov, E.A. Xolmuradov, U.N. Raxmonov,Tabiiy fanlar, -
O'zbekiston geografiyasi (1-qism. Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi)
I.A. Xasanov, P.N.G'ulomov, Sh.M.Sharipov, M.M.Avezov, R.A.Ibra-gimova,Tabiiy fanlar, -
O'zbekiston geografiyasi (II qism. O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi)
Qurbonov Sh.B., Fedorko V.N.,Tabiiy fanlar, -
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy fanlar,
-
-
-
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy fanlar,
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Tabiiy fanlar, -
Tabiiy fanlar,
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
X.Vaxobov, A.A.Abduqosimov, N.R.Alimkulov,Tabiiy fanlar, -
-
Tabiiy fanlar,
-
Tabiiy fanlar,
-
Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
Atadjanov I.SH.,Mazkur o'quv qo'llanmada "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari" o'quv fanining tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiat taraqqiyotining asosiy qonunlari, insonning tabiatga ta'siri turlari, tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asoslari, tabiatdan foydalanishda hisobga olinishi zarur bo'lgan qonuniyatlar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar va uning geografik hamda ekologik oqibatlari, tabiatdan foydalanishda xalqaro hamkorlik masalalari, O'zbekistonning ekologik barqaror rivojlanishga o'tishining asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan.
-
Odam genetikasi
Fayzullayev S., G‘ofurov A.,Ushbu darslikda Odam genetikasi asoslariga oid asosiy ma'lumot va tushunchalar berilgan
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Geografik axborot tizimlarida algoritmlash nomli ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy geofazoviy tahlil hamda masofadan zondlash texnologiyalarini o'rganishga qaratilgan. Nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni uyg'unlashtiruvchi sakkizta bobdan iborat ushbu qo'llanma Google Earth Engine, R Studio hamda QGIS platformalarida dasturiy skriptlar yaratish hamda ma'lumotlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulotlar bevosita Xorazm viloyati misolida tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligi va qurg'oqchilik kabi dolzarb muammolarni geofazoviy usullar bilan hal qilishga yo'naltirilgan.
-
Botanikadan amaliy mashg'ulotlar
M.Mo'minov,Qishloq va suvxo'jaligi tarmoqlari,agronomiya,o'simliklar himoyasi,qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish,saqlash va ularni daslabki qayta ishlash texnologiyasi,kasbiy ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun oquv qo'llanma.
-
Yarimo'tkazgichlar fizikasi lug'ati
Nazirov E.N., Nazirov D.E., Teshaboyev A.T.,Ushbu tarmoq lug'ati zamonaviy yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi, texnika va texnologiyasining 5000 ga yaqin terminlari va terminelementlarining ruscha-o'zbekcha va o ‘zbekcha-ruscha lug‘atini hamda yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasiga oid eng muhim 800 dan ortiq terminlarning me’yoriy ta’riflarini mujassamlagandir. Lug‘at oliy va o 'rta maxsus o ‘quv yurtlarining talabalari, o‘qituvchilariga, o ‘rta maktablarning o'qituvchi va o‘quvchilariga, aspirantlar va ilmiy xodimlarga, mualliflar, tarjimonlar va muharrirlarga mo'ljallangan
-
Mikroorganizmlar morfologiyasi, sistematikasi va fiziologiyasi
R.K. Sattarova, N.T. Xakimova, S.E. Avazov, E.A. Xolmuradov, U.N. Raxmonov,Ushbu darslikda mikroorganizmlar to'g'risida nazariy ma'lumotlar berilgan. «Mikroorganizmlar morfologiyasi, sistematikasi va fiziologiyasi» fanidan o'tiladigan maruza va laboratoriya mashg'ulotlarning mavzusi, uni o'tkazish uchun dastur, material va jihozlar, topshiriqlarning qisqacha mazmuni, topshiriqni bajarish usuli va tartibi, olingan natijalarni muhokama qilish to'g'risida tushuncha berilgan.
-
O'zbekiston geografiyasi (1-qism. Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi)
I.A. Xasanov, P.N.G'ulomov, Sh.M.Sharipov, M.M.Avezov, R.A.Ibra-gimova,Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining "Geografiya" ta'lim yo'nalishi o'quv rejasi va tegishli fan das-turi asosida ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu yo'nalish talabalari uchun mo'ljallangan. Undan universitetlar va pedagogika insti-tutlarining "Geografiya o'qitish metodikasi", "Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari", "Geodeziya, kartografiya va kadastr", "Gidrometeorologiya", "Gidrologiya" yo'nalishlarining kunduz-gi, kechki va sirtqi bo'limlari talabalari, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar, umumiy ta'lim maktabalarining geografiya fani o'qituvchilari va O'zbekiston tabiatini bilishga qiziqqan har bir kishi foydalanishi mumkin.
-
O'zbekiston geografiyasi (II qism. O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi)
Qurbonov Sh.B., Fedorko V.N.,Darslikda O'zbekistonning geografik o'rni, tabiiy resurs salohiyati, aholisi va mehnat resurslari, iqtisodiyotining tarmoqlar va hududiy tarkibi, tashqi iqtisodiy aloqalar va ijtimoiy sohalar rivojlanishining xususiyatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, kitobda respublikamizni iqtisodiy rayon-larga ajratish, iqtisodiy rayonlar va ularning tarkibidagi ma'muriy-hudu-diy birliklarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar ham o'z aksini topgan.
-
KADASTR: tamoyillari va amaliyoti. II jild
Rojer Fisher, Jennifer Uittal,Kadastr sohasining tamoyillari va amaliyotiga bag'ishlangan ushbu kitob amaliy faoliyat yurituvchi professional yer o'lchovchilar, huquqshunoslar, koʻch-mas mulkni oʻtkazish bitimlarini rasmiylashtiruvchi yuristlar, ko'chmas mulk agentlari hamda ko'chmas mulk bilan bog'liq boshqa mutaxassislar, shuningdek, Janubiy Afrikada kadastr o'lchovlari, yerga egalik qilish va yer munosabatlarini boshqarish yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun keng qamrovli ma'lu-motnoma sifatida yozilgan.
-
KADASTR: tamoyillari va amaliyoti. I jild
Rojer Fisher, Jennifer Uittal.,Kadastr sohasining tamoyillari va amaliyotiga bag'ishlangan ushbu kitob amaliy faoliyat yurituvchi professional yer o'lchovchilar, huquqshunoslar, koʻch-mas mulkni o'tkazish bitimlarini rasmiylashtiruvchi yuristlar, ko'chmas mulk agentlari hamda ko'chmas mulk bilan bog'liq boshqa mutaxassislar, shuningdek, Janubiy Afrikada kadastr o'lchovlari, yerga egalik qilish va yer munosabatlarini boshqarish yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun keng qamrovli ma'lu-motnoma sifatida yozilgan.
-
Dinamik meteorologiyaga kirish
Jeyms R. Xolton,Ushbu o'quv qo'llanma atmosfera dinamikasining nazariy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan boʻlib, dunyo bo'ylab meteorologiya va iqlimshunoslik, gidrometeo-rologiya, fizika hamda tabiiy yer haqidagi fanlar bo'yicha talaba va mutaxassislarga mo'ljallangan. Darslikda atmosferaga nisbatan uzluksiz muhit deb qaraladi. Ob-havo va iqlimni shakllantiruvchi asosiy omillardan hisoblangan atmosfera harakatlari fizikaning fundamental saqlanish qonunlari asosida tavsiflangan. Kitob atmosfera harakatlarini boshqaruvchi asosiy fizik qonunlardan massaning saqlanishi, harakatning saqlani-shi va energiyaning saqlanishidan boshlab, murakkab dinamik hodisalar - frontogenez, siklon girdoblari, to'lqin dinamikasi va umumiy atmosfera sirkulyatsiyasigacha bo'lgan keng qamrovli mavzularni qamrab oladi. Har bir bob nazariy asoslarning masshtab tah-lili va izobarik koordinatalar tizimi orqali batafsil bayon etilgan.
-
Geoinformatika: metodlar va qo'llanilish sohalari
Noel Leyn,Geoinformatika kartografiya, geologiya va geografiya fanlari infratuzilmasi sohasidir. Ushbu soha fazoviy ma'lumotlarni olish, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beruvchi texnologiyalarga asoslangan. Geoinformatika tadqiqotlarida geofazoviy tahlil va modellashtirish, axborot tizimini loyihalash, geofazoviy ma'lumot bazalari, inson va kompyuter o'zaro ta'siri kabi sohalardan foydalaniladi. Geoinformatikada geoma'lumotni tahlil qilish uchun geovizualizatsiya va geokompyuterdan ham foydalaniladi. Geoinformatika sohalari xilma-xildir: sog'liqni saqlash, shaharsozlik va yerdan foydalanishdan tortib meteorologiya, iqlim o'zgarishi, atrof-muhitni modellashtirish va tahlil qilishgacha. Geoinformatika sohasi jadal rivojlanmoqda va ko'plab sohalarda qo'llanilmoqda. Ushbu kitob nazariya va tadqiqotdan tortib amaliy qo'llanilishgacha bo'lgan barcha dolzarb mavzularni qamrab olgan. Maqsad talabalar va mutaxassislarni ushbu sohadagi zamonaviy mavzular va istiqbolli rejalar bilan tanishtirishdir.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. II jild
Pol A. Ris,Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan.
-
Hayvonot bog'lari biologiyasi va ularni boshqarish asoslari. I jild
Pol A. Ris,Ushbu kitob chorvachilik, hayvonot bog'lari biologiyasi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sohalarni qamrab olib, hayvonot bog'lari xodimlari hamda ushbu soha mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitobda hayvonot bog'lari faoliyati va hayvonlarni ko'paytirish dasturlariga oid keng ko'lamli misollar ham keltirilgan.
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Mazkur o'quv qo'llanma dunyoning turli hududlaridan olingan misollar asosida tadqiqot va amaliyotning fanlararo mavzularini qamrab oladi. Bu misollar zamonaviy muammolar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar uchun «oyna» bo'lib xizmat qiladi. Shuning-dek, yer sayyorasini yashash uchun munosib makonga aylantirish yo'lidagi kelgusi sa'y-harakatlarda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan tamoyil va yangi uslublarni yoritib beradi. Nashrda kadastr sohasidagi so'nggi yangiliklar geodeziya, yer resurslarini boshqarish, masofadan zondlash va geoaxborot fanlari kabi yo'nalishlar mujassamlashgan. Bir nech-ta qit'adan yig'ilgan mualliflar jamoasi milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda kadastr bo'yicha mukammal ilmiy muloqot maydonini yaratishga muvaffaq bo'lganlar.
-
Xorazm vohasi agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlari
Masharipov Adambay.,Bugungi kunda tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni saqlashga katta e'tibor qaratilmoqda, chunki iqlim o'zgarishlari, suv yer resurslarining tanqisligi, antropogen bosimning kuchayishi hamda chegaralanganligi qishloq xoʻjaligi ekotizimlarning hosildorligiga bevosita ta'sir etib, agrotsenozlarning barqarorligini izdan chiqarmoqda. Shuningdek, so'nggi yillarda kuzatilayotgan global iqlim o'zgarishlari mintaqada suv taqchilligi muammosini keltirib chiqarmoqda, bu esa o'z navbatida suv ko'p talab qiladigan qishloq xoʻjaligi tarmog'ida qator ekologik vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli ekinlarning ekologik xususiyatlarini o'rganish va tuproq-iqlim omillari bilan oʻzaro aloqalarini baholash katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
X.Vaxobov, A.A.Abduqosimov, N.R.Alimkulov,Ushbu o’quv qo’llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o’rni, chegaralari, o’rganilish tarixi, geologik tuzilishi, muzliklari, rel’efi, foydali qazilmalari, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiat mintaqalari, antropogen landshaftlari va tabiatni muhofaza qilish tartibida berilgan. Umumiy tabiiy geografik tavsifdan keyin materiklarning regional tavsifi berilgan. Okeanlarning tabiiy geografik tavsifi Dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari - okean tagining geologik tuzilishi va rel’efi, suvlari, okeandagi hayot, okean yuzasidagi va okean tagidagi geografik zonalar, okean tabiatini muhofaza qilishning asosiy muammolari tizimida yoritilgan. O’quv qo’llanma 5110500-geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
-
Geografiya ta'limi metodikasi
Vaxobov H.,Maskur o’quv qo’llanma universitetlarning 5440500-geografiya mutaxassisliklari talabalariga shuningdek, geografiya o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika universitetlari va institutlarning talabalariga hamda maktab geografiya o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Maskur o’quv qo’llanma kirish va olti qismdan iborat. Birinchi qismGeografiya o’kitish metodikasi fanining maksadi va vazifalariga hamda ushbu fanning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan. Qo’llanmaning ikkinchi qismi- O’qitish metodlariga qaratilgan, unda yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga katta e’tibor berilgan. O’quv vositalariga o’quv qo’llanmaning 3-qismi bag’ishlangan, qo’llanmaning 3-qismi geografiya darsi va uning turlariga bag’ishlangan. Unda geografiya darsiga qo’yiladigan talablar, geografiya darsining tuzilishi va o’lchamlari hakida bilimlar yoritilgan. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar qo’llanmaning beshinchi qismida berilgan. Unda o’quv sayoxatlari, to’garaklar, olimpiadalarni o’tkazishni ilmiy-metodik asoslari yoritib berilgan. Maktab geografiya predmetlarining mazmuni oxirgi qismda berilgan.
-
Tabiiy fanlar va geografiya o'qitish metodikasi
Abduraxmonov Botirjon Mirzamaxmudovich,Mazkur darslik 60530400–Geografiya ta‘limi yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, u geograf-pedagoglarni tayyorlashda ilmiymetodik va amaliy asos sifatida xizmat qiladi. Darslikda geografiya ta‘limi metodikasining nazariy va amaliy asoslari, tarixiy shakllanishi, xorijiy davlatlar tajribasi, o'quv-metodik vositalar, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy dars tashkil etish shakllari, baholash mezonlari va kompetensiyaviy yondashuvlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta‘lim vositalari, GIS texnologiyalari, STEAM yondashuvi, fanlararo integratsiya va PISA baholash tizimi asosida amaliy topshiriqlarni tuzish bo'yicha metodik tavsiyalar ham keltirilgan.
-
Oq tut mevasini nobud qilmay yig'ib terib olishning samarali va tejamkor usuli
Durdiyev. K.,Ushbu ilmiy amaliy, ommabop qo'llanma Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti dotsenti Durdiyev Kamil, texnika fanlari doktori Quranboyev Sherzod Raximberganonich, ilmiy xodim Matqurbonov Temur Rajabayevichlar tomonidan tayyorlandi.