-
Қаттиқ жисмлар ва суюқликлар механикасидан лаборатория ишларини бажариш бўйича методик кўрсатма
Ахмедов А.М., Хафизов М.М., Каримов З.,Mexanika, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Nazariy mexanika 1-qism (Misol va masalalar)
M.Mirsaidov, B.Donayev, SH.Xudoynazarov, O.Almardonov,Mexanika, -
-
-
-
-
-
-
Қаттиқ жисмлар ва суюқликлар механикасидан лаборатория ишларини бажариш бўйича методик кўрсатма
Ахмедов А.М., Хафизов М.М., Каримов З.,Ушбу методик кўрсатмада физика фанининг қаттиқ жисмлар ва суюқликлар механикаси бўйича лаборатория ишлари ёритилган. Методик кўрсатмага қаттиқ жисм ва суюқликлар механикасига доир 4 та лаборатория ишлари киритилган. Ҳар бир лаборатория ишида ишнинг мақсади, қисқача назарий маълумотлар, керакли асбоб ва жиҳозлар, ишни бажариш тартиби ва синов саволлари келтирилган.
-
Mexanika. Materiallar qarshiligi
S.M.Xasanov,Darslikda materiallar qarshiligining asosiy bo‘limlari cho‘zilish-siqilish, tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikalari, siljish, zarbali va o‘zgaruvchan yuklanishlar qulay va yetarli darajada bayon qilingan. Shuningdek tashqi kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan deformatsiya turlari va ularni aniqlash usullari ham bayon etilgan, har bir bob uchun masalalar yechimi berilgan. Darslik 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar, 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, 5313600 – Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Materiallar qarshiligidan masalalar yechish
S.M.Xasanov,O‘quv qo‘llanmada "Materiallar qarshiligi" fanining asosiy mavzulariga oid masalalar yechimi hamda talabalar bajarishi lozim bo‘lgan hisob-grafika ishlari variantlari keltirilgan. Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida "Materiallar qarshiligi" fanidan o‘tkazib kelingan Respublika olimpiadalarida taqdim etilgan bir turkum masalalar yechimi ham keltirilgan. O‘quv qo‘llanma oliy texnika ta’lim muassasalarining talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Texnik mexanika
Karabayeva M.,Fan va texnikaning yangi yutuqlarini muhandis-texnologlarga yetkazishda, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda “Texnik mexanika” fanining ahamiyati beqiyosdir. Fanning vazifasi - talabalarda inshootlarni loyihalash jarayonida asosiy masalalardan biri hisoblangan loyiha-konstruktorlik hisoblari bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
-
Payvandlashning asosiy uslublari
Z.D.Ermatov.,Darslikda eritb va bosim ortida payvandlash, ertib qoplash va kavsharlashning rivojlanish tarixi va zamonaviy jarayonlarinazaryasining asosiy ma'lumotlari keltirilgan
-
Kvant mexanikasi (2-qism)
I.A.MUMINOV,Darslikning ikkinchi qismida kvant mexanikasining bir qator fundamental bo‘limlari — «Mikrozarralarning markaziy simmetrik maydondagi harakati», «Qo‘zg‘alishlar nazariyasi», «Spin va ayniy zarrachalar tizimlari» hamda «Kimyoviy elementlarning davriy tizimi» masalalari keng qamrovli va tizimli tarzda yoritilgan. Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining fizika, fizika va fizikani o‘qitish metodikasi, shuningdek, fizika va astronomiya yo‘nalishlari bakalavriat talabalari uchun o‘quv adabiyoti sifatida tayyorlangan. Shu bilan birga, u qattiq jism fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli asboblar fizikasi, elektronika va mikroelektronika kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklariga ham oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
Kvant mexanikasi (1-qism)
Muminov I.A.,Mazkur darslikning birinchi qismida kvant mexanikasining asosiy tushunchalari va nazariy asoslari yoritilgan boʻlib, unda kvant-mexanikaviy kattaliklarning batafsil tahlili amalga oshirilgan. Asar oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va fizika oʻqitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya” yoʻnalishlari bakalavriat talabalari uchun darslik sifatida yozilgan. Shuningdek, u qattiq jismlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli asboblar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika yoʻnalishlaridagi magistratura hamda tayanch doktorantura talabalari uchun ham oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
Mexanika
A.Sh. Razzokov, V.V. Girzhon.,Ushbu darslikda keltirilgan "Mexanika" kursi universitet talabalari uchun mo'ljallangan umumiy fizika kursi dasturiga mos keladi. Kurs boshida uni muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan matematik apparat asoslari bayon etilgan. Kitob birinchi bosqich bakalavr bosqichida "Fizika" yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Классик механика
А.Ў.Раҳимов,Сиз қидираётган асар: А.Ў. Раҳимов қаламига мансуб «Классик механика» ўқув қўлланмаси бўлиб, у педагогика институтлари талабалари учун мўлжалланган ва 1988 йилда Тошкентнинг «Ўқитувчи» нашриёти томонидан чоп этилган. Китоб 350 саҳифадан ортиқ ҳажмга эга бўлиб, физика фанининг классик механика асосларини қамраб олган.
-
Назарий механика
Л.И. Толипова,Ушбу ўқув қўлланмаси назарий механиканинг 170 соатли программаси асосида ёзилди. Қўлланмада нисбий ҳаракат динамикаси, Даламбер принципи, мумкин бўлган кўчиш принципи, Лагранжнинг II тур тенгламалари каби материаллар янги программага мос равишда ёритилди. Динамиканинг умумий теоремалари механик система учун баён этилди, моддий нуқта динамикасининг умумий теоремалари эса хусусий ҳол сифатида келтириб чиқарилди.
-
Грунтлар механикаси амалиёти
Расулов Ҳ, Маҳмудов М,Мазкур ўқув қўлланмада табиатда кенг учрайдиган грунларнинг механика физикавий хоссаларини аниқлашга ҳамда бино ва иншоотлар замини ва пойдеворлари зўриқиши, шакл ўзгариши холатларини ҳисоблашга оид амалий машқлар баён этилган.Шунингдек , унда муҳандислик амалиётига хос грунтлар механикасига оид муаммоларни ҳал этувчи мисоллар жамланган.
-
Аvtоmаtik bоshqаrish nаzаriyasi
Sеvinоv J.U., Sapayev M.,O‘quv qo‘llanmada аvtоmаtik bоshqаrish tizimlarining matematik ifodalash usullari, chiziqli, nochiziqli va diskret avtomatik boshqarish tizimlarining turg‘unligini tahlili, rostlash sifatini baholash va sintezlash, shuningdek, tasodifiy avtomatik boshqarish tizimlari haqidagi nazariy materiallar misollar yordamida yoritilgan, mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar berilgan.
-
Elektr muhandisligiga kirish I jild
Mulukutla S. Sarma,O'quv qo'llanma talabalarda elektr muhandisligiga qiziqishni oshirish orqali ularning ushbu fan bilan tanishishini ta'minlash va elektr muhandisligi sohasidagi asosiy tushuncha hamda usullarni turli sohalarda qo'llash, jumladan, kundalik foydalaniladigan gajetlar, biotibbiyot elektronikası, murakkab asboblar tizimlari, kompyuterlar va ko'p funksiyali elektr mashinalari orqali tushuntirishdir. Shuningdek, muhandislik va ushbu sohaning barcha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga, ayniqsa, elektr muhandisligi yo'nalishidan boshqa sohadagi talabalar uchun ushbu fan asoslarini tushuntirish va uning imkoniyatlarini namoyon etish qo'llanmaning ustuvor maqsadlaridan biridir.
-
Nazariy mexanika 1-qism (Misol va masalalar)
M.Mirsaidov, B.Donayev, SH.Xudoynazarov, O.Almardonov,Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining mashinasozlik, sanoat, qurilish, suv xo'jaligi va texnikaning boshqa yo'nalishlari bo'yicha bilim oluvchi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan magistrlar, ilmiy tadqiqotchi va izlanuvchilar ham keng foydalanishlari mumkin.
-
Саноат корхоналарни сув билан таъминлаш
Буриев Э.С, Турсунова Э.А,Мазкур ўқув қўлланма олий таълим муассаларида сув таъминоти канализация "Сув ресурсларини мухофаза қилиш ва улардан фойдаланиш" магистратура мутахассислиги учун мўлжалланган. Ўқув қўлланмада истеъмол сувларининг асосий фарқли хусусиятлари кўриб чиқилган ва саноат корхоналари сув таъминотининг ўзига хос айрим тизимлари ва иншоотлари билан қисқача таништирилган.
-
-
Автомобиллар ремонти слесари
В.И.Карагодин, С.К.Шестопалов,Ўқув қўлланмада ГАЗ, ЗИЛ ва КамАЗ автомобилларининг тузилиши, улар конструкцияларининг хусусиятлари, асосий бузуқликлар, диагноз қўйиш усуллари ва воситалари, харакатдаги составга хизмат кўрсатиш ҳамда уни ремонт қилиш ҳақида маълумотлар келтирилган.
-
Mexanika (materiallar qarshiligi)
Msharipov Rustamboy, Sapayev Umidbek,Ushbu o'quv qo'llanmada Mexanika (materiallar qarshiligi)fanidan tayyorlangan OSM-8LR-09 materiallar qarshiligi asoslari o'quv stendida bajarishga mo'ljallangan tajriba ishlari bo'yicha elektron o'quv qo'llanma texnika oliy ta'lim tizimidagi muassasalarining o'zbek tilida tahsil oladigan 60712400-Avtomobil va traktorsozlik va 60712500- Transport vositalari muhandisligi (yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi) ta'lim yo'nalishlarining fan dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Amaliy mexanika
U.A.Sapayev, N.X.Mirzakabilov,Ushbu o'quv qollanmada O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan na'munaviy dastur asosida Yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Теория механизмов и машин
А.В. Пятаем,Учебное пособие соответствует учебным планам подготовки бакалавров по механическим специальностям технических вузов. Пособие включает 10 глав по общей теории машин и механизмов. Может быть использовано в любом техническом вузе при чтении лекций по дисциплинам «Теория механизм •Прикладная механика» и «Техническая механика».