-
-
-
-
-
-
-
-
-
Matematik analiz kursidan misol va masalalar to'plami 1
A.Sadullayev, H.Mansurov, G.Xudoyberganov, A.Vorisov, R.G'ulomov, B.Abdullayev,Matematika, -
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 2-tom,Chiziqli operatorlar. Chiziqli differensial operatorlarning elementar nazariyasi. Shturum-Liuvill operatori. Umumlashgan funksiyalar
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Matematika, -
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 1-tom, Dastlabki ma'lumotlar:Furye qatori va integrali. Furye almashtirish. Sobolyev fazosi
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Matematika, -
-
-
-
Matematika,
-
-
-
-
-
-
-
Математик программалаштириш
Х.Н.Жумаев,Ушбу китоб математик программалаштириш бўйича ёзилган дарслик бўлиб, иқтисодиёт йўналишидаги ихтисосликларнинг ҳаракатдаги ўқув дастури асосида тайёрланган. Дарсликда математик программалаштиришнинг асосий йўналишлари ва методлари баён этилган ҳамда улар тегишли мисол ва масалалар билан тўлдирилган. Шунингдек, масалаларнинг иқтисодий талқини ва татбиқий жиҳатларига эътибор берилган.
-
Ҳақиқий ўзгарувчининг функциялари назарияси
Саримсоқов Т.А.,Мазкур китобни ёзишда Тошкент Давлат университетининг физика-математика, механика-математика факультетларида бир неча йиллар давомида ўқилган лекциялардан фойдаланиб ёзилган.
-
Функционал анализ курси
А.Т.Саримсоқов,Ушбу китобда функционал анализ курсининг асослари баён қилинган. Китобнинг биринчи қисмида асосий фазолар, иккинчи қисмида операторлар назарияси баён қилинади. Мураккаб функционал фазолар метрика, норма ва скаляр купайтма ёрдамида соддаpоқ фазоларга қулай тарзда акс эттириб ўрганилади.
-
Algebra va matematik analiz asoslari 2
A.Abduhamidov,Ushbu «Algebra va matematik analiz asoslari (II qism)» darsligi shu nomli kitob I qismining uzviy davomi bo‘lib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan hamda shu fan bo‘yicha akademik litseylar va kasbhunar kollejlari o'quv rejasiga asosan aniq fanlar yo'nalishi, tabiiy fanlar yo'nalishi, shuningdek, matematika umumta’lim fani sifatida o ‘rganiladigan guruhlarining algebra va matematik analiz asoslari kursining o ‘quv dasturidagi barcha materiallarni o'z ichiga oladi
-
Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari
M.X.Hakimov, S.M.Gaynazarov,Darslikda berilganlar bazasi, berilganlar modellari, relatsion algebra, relatsion hisoblash, munosabatlarni normallash, berilganlarning relatsion butunligi, relatsion berilganlar bazasini loyihalash uslubiyati, berilganlarni modellashtiruvchi zamonaviy tizimlar, relatsion berilganlar bazasini yaratish, QBE va SQL tillari, berilganlar bazasini boshqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy tizimlarning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. Relatsion modellarning turlarini tashkil etuvchi «mohiyat-aloqa» (ER) va semantik obyekt modellar o‘zaro taqqoslangan. Relatsion berilganlar bazasining boshqarish tizimlari MS Access va MS SQL Server ning amaliy asoslari «Talabalar o‘quv loyihasi» misolida «Mijoz-server» aloqasi orqali ham tushuntirilgan va obyektlar bilan ishlash ko‘rsatilgan.
-
Chizma geometriya
Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev, M.Jumayev, A.To'xtayev,Darslikda nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklarning to'g'ri burchakli proyeksiyalarini yasashning nazariy asoslari, shuningdek, egri chiziq va sirtlarning hosil bo'lishi va chizmada tasvirlanish usullari bayon etilgan. Geometrik shakllarning o'zaro va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari bilan bog'liq pozitsion va metrik masalalarni yechish, sirtlarga urinma tekisliklar o'tkazish, sirtlarning yoyilmalarini yasashga oid nazariy va amaliy masalalar ko'rilgan. Aksonometrik proyeksiyalar va ularni turli pozitsion masalalarni yechishda qo'llash keng yoritilgan.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi
Djumayev Mamanazar,Ushbu darislik matematika o'qitish metodikasi dasturiga mos holda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini oshirish,o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan,xorij tajribalari asosida boyitilgan yangi metodlar mujassamlashgan,to'ldirilgan va qayta ishlangan.
-
Matematik analiz kursidan misol va masalalar to'plami 1
A.Sadullayev, H.Mansurov, G.Xudoyberganov, A.Vorisov, R.G'ulomov, B.Abdullayev,Darslikda matematik analiz fanida uchraydigan dastlabki tushunchalar, sonli ketma -ketlik va uning limiti, funksiya va uning limiti, funksiya uzluksizligi va tekis uzluksizligi, funksiyaning hosila va differensiali, differensial hisobning asosiy teoremalari va tadbiqlari, aniqmas va aniq integrallar, aniq integrallarning ba'zi bir tadbiqlari va sonli qatorlar mavzulari keltirilgan
-
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 2-tom,Chiziqli operatorlar. Chiziqli differensial operatorlarning elementar nazariyasi. Shturum-Liuvill operatori. Umumlashgan funksiyalar
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Darslikning 2-tomida Chiziqli operatorlar. Chiziqli differensial operatorlarning elementar nazariyasi. Shturum-Liuvill operatori. Umumlashgan funksiyalar nazariyasiga oid tushunchalar va teoremalar bayon qilingan. Ushbu darslik universitetning matematika yo'nalishi magistranlari uchun mo'ljallangan
-
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 1-tom, Dastlabki ma'lumotlar:Furye qatori va integrali. Furye almashtirish. Sobolyev fazosi
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Darslikning 1-tomida matematik fizikaning zamonaviy usullariga oid dastlabki ma'lumotlar,Furye qatori va integrali. Furye almashtirish. Sobolyev fazolari mavzulari yetarlicha bayon qilingan. Ushbu darslik universitet matematika yo'nalishi magistranlari uchun mo'ljallangan
-
Sonli usullar I-qism
Ch.B.Normurodov,Ushbu darslikda fizik va texnik xarakterga ega bo'lgan muammolarni tadqiq etishda paydo bo'ladigankeng doiradagi matematik masalalarni yechishga mo'ljallangan asosiy sonli usullar bayon qilinadi.
-
Hisoblash metodlari. II qism
M.Isroilov,Ushbu kitob 1988-yilda "O'qituvchi" nashriyotida nashr etilgan "Hisoblash metodlari. 1-qism" darsligining davomidir. Mazkur darslikda oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalasi va chegaraviy masalalar, xususiy hosilali differensial tenglamalar hamda integral tenglamalarni taqribiy yechish uchun yaratilgan metodlarning tajribada sinalgan, mutaxassislar tomonodan e`tirof etilganlari o'z aksini topgan.
-
Hisoblash metodlari. I qism
M.Isroilov,Mazkur kitob muallifning uzoq yillar davomida O'zbekiston Milliy universitetining matematika, amaliy matematika va mexanika, Samarqand davalat universitetining informatika va informatsion texnologiya fakultetlarida hamda Milliy universitet qoshidagi malaka oshirish fakultetida "Hisoblash metodlari" kursi bo'yicha o'qigan maruzalari asosida yozilgan.
-
Matematik analizdan mustaqil ishlar. 2-qism.
A. Gaziyev, I. Israilov, М. Yaxshiboyev,О'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, unda fanning amaldagi о quv rejasida belgilangan, auditoriyada va auditoriyadan tashqarida talabalar bajarishi shart bo Igan mustaqil ishlar va ularning bajarilish tartibi hamda baholash mezoni o‘z ifodasini topgan. Mazkur 2-qismda «Matematik analiz» fanining sonli qatorlar, funksional ketma-ketliklar va funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog‘liq integrallar, karrali integrallar, egri chiziqli integrallar va ularning qo‘llanilishi, sirt integrallari, maydonlar nazariyasi va Furye qatorlari kabi bo'limlari bo‘yicha talabalar tomonidan o‘qUV jarayonining 2-kurs 3-, 4-semestrlarida ajratilgan soatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan barcha ishlar turlari bo‘yicha materiallar qamrab olingan.
-
Сонлар назарияси асослари
И.М.Виноградов,Бу китобда сонлар назарияси асосларининг университет курси ҳажмида систематик баёни берилади. Китобдаги кўп масалалар китобхонни сонлар назарияси соҳасидаги баъзи янги ғоялар билан таништиради. Масалаларнинг жойланиш тартиби назарий материалнинг тартибига мослаштирилди. n - даражали чегирма ва чегирмаларнинг тақсимланишига доир масалаларни ечишга, шунингдек, бошланғич илдизларни ва тегишли тригонометрик йиғиндиларни баҳолашга оид масалаларни ечишга катта ўзгартишлар киритилди. Ҳар бир бобнинг охирида берилган масалалар ҳам асосли равишда қайтадан ишлаб чиқилган. Масалаларнинг жойланиш тартиби назарий материалнинг тартибига мослаштирилди.
-
Олий математика 5-жилд
Соатов Ё.У.,Дарслик Олий техника ва қишлоқ хўжалик ўқув юртларининг талабалари учун мўлжалланган. Китоб «Олий математика» дарслигининг бешинчи жилди бўлиб, бу жилдда "Олий математика" курсининг "Математик физика тенгламалар","Операцион ҳисоб" ва "Сонли усуллар" бўлимлари амалдаги дастурга асосан ёзилган. Унда етарли миқдорда мисол ва масалалар берилган.
-
Математик анализ асослари. 1кисм
В.А.Ильин, Э.Г.Позняк,"Олий математика ва математик физика курси" серияси Москва Давлат университетининг физика факультетида узок йиллар мобайнида математик курсларнинг табиий мажмуаси сифатида юзага келган.
-
Аналитик геометрия ва чизиқли алгебра
Т. Ш. Шодиев,Дарсликда аналитик геометрия ва чизиқли алгебра асослари: детерминантлар назарияси, чизиқли тенгламалар системаларини текшириш, векторлар алгебраси элементлари, фазода тўғри чизиқ ва текисликлар, иккинчи тартибли чизиқлар ва сиртлар, чизиқли акслантиришлар, матрицалар, аффин ва Евклид фазолари, чизиқли операторлар ва квадратик формалар баён этилган.
-
Олий математика курси
H.П.Tapaсов,Техникумдар учун олий математика курси программасининг ўзгариши муносабати билан китобнинг бу нашрида Дифференциал тенгламалар" боби янгидан санади ва Тугри чизиқ деган 11 боб қайта ишланди. Аниқ интегрални ўзгарувчиларни алмаштириш методи билан ечиш масаласи бошкача баён қилинди. Функциянинг юқори тартибли дифференциаллари тушунчаси ва юқори тартибли ҳосилаларнинг дифференциаллар орқали ифодаси киритилди.