-
-
-
Arxitekturaviy grafik va kompyuterda modellash (Kompyuterda modellash)
S.Elmurodov, Z.Raxmatillayeva,Arxitektura, -
Arxitektura,
-
-
-
Shaharlarni rejalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish
O.A.Bader, B.I.Mutalova,Arxitektura, -
Ўзбекистон шароитида энергия самарали биноларни лойиҳалаш
Маракаев Р.Ю., Норов Н.Н.,Arxitektura, -
-
-
-
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Arxitektura, -
-
-
Arxitektura,
-
"Arxitekturaviy loyihalash" fanidan amaliy mashg'ulotlarda foydalanish
Sobirov A.S., Yusufov S.A.,Arxitektura, -
"Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun
A.A. Qutliyev, S.B. Boʻronov,Arxitektura, -
-
Bino va inshootlar restavratsiyasi
N.A. Samig'ov, A.A. To'laganov, Χ.Χ. Komilov, N.Z. Tolipova,Arxitektura,
-
Arxitekturaviy qalamtasvir
A.Sulaymonov, F.Berdiyev, A.Ergashev,Mazkur o'quv qo'llanma 60730200-"Arxitektura" (turlari bo'yicha) yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavr talabalar uchun belgilangan amaldagi o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
Arxitekturaviy kompozitsiya tarixi va usullari.
A.O'rolov, T.Qodirova,Qo‘llanmada 0‘rta Osiyoning o‘tmishdagi ta’lim-tarbiya, ilm-fan maskanlari, diniy imoratlar, davolash va shifobaxsh-gigienik muassasalar, savdo inshootlari va bozorlar tarixi, ularning me’morchiligi, to‘liq va yaxlit tipologiyasi bayon etilgan. Mazkur yodgorliklarning qadimiy ko'rinishlaridan tortib, to ularning 0‘rta Osiyoda sobiq sho‘ro hukumati joriy etilgunicha va nihoyat mustaqillik yillarida qaytadan shakllanib ta’mirlangan yodgorliklarga doir materiallar umumlashtirilib, ilmiy tahlil qilingan. Qo‘llanmada yodgorliklarni loyihalashdagi umumiy me’moriy qoidalar, me’moriy uyg‘unlik va handasaviy mutanosiblik qonuniyatlariga ham e’tibor qaratilgan.
-
Arxitekturaviy grafik va kompyuterda modellash (Kompyuterda modellash)
S.Elmurodov, Z.Raxmatillayeva,Ushbu O'quv qo'llanma "Arxitektura" va "Dizayn" sohasi yo'nalishida ta'lim oluvchi barcha oliy va o'rta maxsus bilim yurtlarining talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada AutoCad dasturi yordamida me'morchilik chizmalarini 2D (ikki o'lchamli), hamda 3D (uch o'lchamli) modellash va ularni render qilish jarayonlarini bosqichma bosqich yaratishni o'z ichiga oladi. Mazkur o'quv qo'llanma bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, me'morchilik va dizayn sohasi yo'nalishidagi talaba va o'quvchilarga auditoriyada va mustaqil o'rganish uchun tavsiya etiladi.
-
Архитектура ёдгорликларидан замонавий мақсадларда фойдаланиш усуллари
Салимов О.М.,Ўқув қўлланмада архитектура ёдгорликларини сақлаш ва улардан замонавий мақсадлapдa фойдaланиш бўйича Ўзбекистон ва хорижий мамлакатларда орттирилган бой тажрибалар тўпланиб умумлаштирилган ва комплекс таҳлил қилинган.
-
Yog'och va plastmassa konstruksiyalari
S.J.Razzoqov,O'quv qo'llanma «Binolar va sanoat inshootlari qurilishi» ta'lim yo'nalishi o'quv dasturi asosida tayyorlandi. Qo'llanmada yog'och va plastmassa konstruk- siyalari tarixi, qurilish materiali sifatida ishlatilishi, ulardan bino va inshootlar uchun tayyorlanadigan turli xil konstruksiyalarning turlari, qo'llanishi, hisoblash asoslari va uslublari, misollar hamda ilovalar o'z aksini topgan. Ushbu o'quv qo'llanma «Binolar va sanoat inshootlari qurilishi» yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan
-
Yog'och konstruksiyalar
A.M.Abdurakhmanov,"Yog'och konstruksiyalari" darsligi «Qurilish konstruksiyalari» fanining alohida qismi bo'lgan "Yog'och konstruksiyaları" fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib oliy o'quv yurtlarining 730000-«Arxitektura va qurilish ta'lim sohasining 60730300 "Qurilish" (Bino va inshootlarni loyihalash, qurish), 60112400 "Professional ta'lim" (60730300 - "Qurilish" (Bino va inshootlarni loyihalash, qurish) bakalavr ta'lim yo'nalishlari kunduzgi va sirtqi bo'lim talabalari, magistrlari va qurilish sohasi mutaxassislari uchun.
-
Shaharlarni rejalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish
O.A.Bader, B.I.Mutalova,Mazkur qo'llanmada shaharlarni rejalashtirish, qurish va rekonstruksiyalash tasnifi, ularning shahar xo'jaligini obodonlashtirishdagi o'rni, konstruktiv yechimlari, ulardan samarali foydalanish masalalari ochib berilgan. Unda har bir muayyan holda samarali usullar qo'llash, murakkab hollarda loyihalashning muqobil usullaridan foydalanish va shu asosda sharsozlikning oqilona yechimlarini topish masalalari ko'rilgan.
-
Ўзбекистон шароитида энергия самарали биноларни лойиҳалаш
Маракаев Р.Ю., Норов Н.Н.,Ўқув услубий қўлланмада иссиқлик тежаш имконини берувчи биноларни лойиҳалаш ва тадқиқ қилиш тўғрисидаги назарий ва илмий-амалий маълумотлар, конструктив ечимлар, уларга баҳо бериш ва турли хил гелиосистемаларни қўлланиши ҳақида маълумотлар берилган. Бугунги кунда қуёш нуридан бинони иситишда ва иссиқ сув билан таъминлашда фойдаланиш бўйича тадқиқот, тажриба синовлар ва амалий ишлар олиб борилмоқда.
-
Bino va inshootlar arxitekturasi
M.M.Miralimov, S.Sayfiddinov,Ushbu darslikning mаqsаdi – tаlаbаlаr binоlаrni lоyihаlаsh аsоslаri vа qurish mеtоdikаsi hаmdа zilzilаviy hududlаrdа turаr – jоy vа jаmоаt vа sаnоаt binоlаrining turli хil turlаrini ishlаb chiqishdа vujudgа kеlаdigаn аsоsiy mаsаlаlаrning mе’yoriy tаlаblаri vа ulаrni lоyihаlаsh mеtоdlаri bilаn tаnishtirishdаn ibоrаt. Dаrslik zilzilаviy хududlаrdа turаr – jоy vа jаmоаt hаmdа sаnоаt binоlаrini qurishdа ishlаtilаdigаn kоnstruktiv tizim vа elеmеntlаrning tiplаshtirilgаn sеriyalаrigа аsоslаngаn mаtеriаllаrdаn tuzilgаn boʻlib, undа g‘isht dеvоrli, yirik pаnеlli, kаrkаs pаnеlli vа hаjm blоkli binоlаrning lоyihаlаsh qоidаlаri koʻrib chiqilgаn.
-
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
S.Sayfiddinov,Ushbu darslikning maqsadi - talabalar binolarni loyihalash asoslari va qurish metodikasi hamda jamoat binolarining turli xil turlarini ishlab chiqishda vujudga keladigan asosiy masalalarning me’yoriy talablari va ularni loyihalash metodlari bilan tanishtirishdan iborat. Darslik zilzilaviy hududlarda jamoat binolarini qurishda ishlatiladigan konstruktiv tizim va elementlarning tiplashtirilgan seriyalariga asoslangan materiallardan tuzilgan boʻlib, unda gʻisht devorli, yirik panelli, karkas panelli va hajm-blokli binolarning loyihalash qoidalari koʻrib chiqilgan.
-
Urbanistika va shaharsozlik
Oripova Sarvinoz Abduqaxor qizi,Mazkur o‘quv qo‘llanma urbanistika va shaharsozlik fanining mazmun-mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy urbanizatsiya jarayonlarining ilmiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Unda shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati, barqaror shahar rivojlanishi tamoyillari, shahar rejalashtirishning zamonaviy usullari va texnologiyalari keng yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya jarayonlari, shaharsozlik sohasida kuzatilayotgan dolzarb muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik
N.O.Berdiyev,Ushbu darslik bakalaviriatning 60730100-Arxitektura (turlari bo'yicha) hamda 60731100-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi yo'nalishlarida ta'lim oluvchi talabalarga mo'ljallangan bo'lib, u "Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir" va "haykaltaroshlik" fani bo'yicha tuzilgan amaldagi o'quv rejasi asosida tayyorlangan.
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Mazkur darslik zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari loyihalashda talabalarga oson tushunarli tarzda ma'lumotlar keltirilgan. Arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" boshlang'ich me'moriy asos bo'lib, zamonaviy va me'yoriy qoidalarga asoslanib tushuntiriladi. Barchamizga ma'lumki, har qanday ichki tuzulishini zamonaviy va me'yoriy qoidalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ya'ni arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" bosqichma-bosqich amaliy ravishda to'liq o'tilishi natijasida yangi ichki tuzilishlar yuzaga keladi.
-
Марказий осиё меъморчилигида интерьер
Д.А.Нозилов,Мазкур монографияда маданий,диний обидалар ва турар жой хоналари интерьери-ички кўриниши ҳақида фикр юритилади. Интерьер вазифасини белгиловчи қисмлари, жиҳозлари,уларнинг хона кўринишига таъсири ҳамда махобати санъат асарлари мавзуси, композияси ва бадиий безакларнинг рамзий ифодасини ёритишга ҳаракат қилинган.
-
Фотоҳаваскорлар учун қўлланма
Шарапов Ш.,Ушбу қўлланмада фотография ҳақида энг керакли маълумотлар акс этган бўлиб, унда асосан фотографиянинг қисқача тарихи, ,фо-тоаппаратларнинг асосий қисмлари, фотоматериалларга ишлов бериш ва фотоанжомлар ҳақида маълумотлар берилган.
-
Bitiruv malakaviy ishini loyihalash fanidan loyihalash ishlarini bajarish uchun
Yusufov S.A.,Bitiruv malakaviy ishi loyihasini bajarish uchun ma'lumotlar: Mavzu bo'yicha berilgan bino yoki inshootni o'rganish, obyekt yuzasidan eng zarur arxiv, yozma, chizma va boshqa manba materiallarini yig'ish va o'rganish, ta'mirlash va qayta qurish va zaruratini aniqlash, yangi zamonaviy maqsadlarda foydalanish takliflarini aniqlash va yangi funksiyaga moslashtirish vazifasini hal qilish, arxitektura yodgorliklari atrofidagi muhofaza maydoni tartibini belgilash va obodonlashtirish rejasini taklif etish.
-
"Arxitekturaviy loyihalash" fanidan amaliy mashg'ulotlarda foydalanish
Sobirov A.S., Yusufov S.A.,Arxitekturaviy loyihalash fanini o'qitishda uning mavzulari loyiha tadqiqot tashkilotlarida bajariladigan amaliy loyiha ishlariga bog'liq holda belgilanadi. Arxitekturaviy loyihalash fani mavzulari va topshiriq vazifalari oldindan tayyorlanadi. Har bir talaba shaxsiy-ijodiy arxitekturaviy loyiha ishini bajaradi.
-
"Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun
A.A. Qutliyev, S.B. Boʻronov,O'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug'i bilan tasdiqlangan "Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" fani o'quv dasturiga mos holda tayyorlangan. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma "60730900 Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" ta'lim yo'nalishida o'qiyotgan bakalavr talabalarga amaliy mashg'ulotlarini bajarishda asosiy ma'lumotlarni, hududlarni kompleks rejalashtirish, funksional zonalash, transport va muhandislik infratuzilmasini uyg'unlashtirish, yashil hududlarni shakllantirish hamda ekologik barqarorlikni ta'minlash masalalarini yoritadi. Zamonaviy urbanistik yondashuvlar asosida qulay, xavfsiz va samarali shahar muhitini loyihalash tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilishini o'z ichiga olgan. Misollarda zaruriy grafik materiallar, sxemalar, jadvallar va formulalar keltirilgan boʻlib nazariy va amaliy maqsadlarda foydalanishlari mumkin.
-
Uyg'onish davri me`morchiligi
Miryusupova M.X.,Ushbu o'quv qo'llanma arxitektura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, arxitektura va shaharsozlik tarixi bo'limiga kiruvchi "Uyg'onish davri arxitekturasi" ni aks ettiradi. O'quv qo'llanma uyg'onish davri me'morchiligi, butun Yevropa me'morchiligida qanday va qachon boshlanganligi haqida to'liq ma'lumot beradi.
-
Bino va inshootlar restavratsiyasi
N.A. Samig'ov, A.A. To'laganov, Χ.Χ. Komilov, N.Z. Tolipova,Ushbu o'quv qo'llanmada arxitektura yodgorliklarida ishlatilgan qurilish materiallari, restavratsiya usullari va restavratsiya loyihasini tayyorlash, restavratsiya va konservatsiya ishlarini olib borish hamda restavratsiya uchun eng zamonaviy qurilish materiallari yaratish haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur o’quv qo’llanma 5340300- “Shahar qurilishi va xo’jaligi” yo’nalishi, 5111000 -“Kasb ta’limi” (Shahar qurilishi va xo’jaligi } yo'nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarga, 5A340301 “Binolar va shahar hududlarini qayta qurish, tiklash, obodonlashtirish va ulardan foydalanish” mutaxassisligi magistrlariga, bino va inshootlar restavratsiyasi bilan shug’ullanuvchi boshqa qurilish yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga, shuningdck, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va loyiha instituti xodimlari hamda malaka oshirish tinglovchilari uchun mo’ljallangan.