-
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Baxtiyarov Sardorbek,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Tizimlar va signallarni qayta ishlash
Masharipov O.M., Kuchkarov V.A., Saparbayev R.K., Matqurbanov T.A.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Mexatron modullarning va robotlarning yuritmalari
Masharipov O.M., Kuchkarov V.A., Saparbayev R.K.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi III jild
Serope Kalpakyan, Stiven R. Shmid.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Tabiiy gazni qayta ishlash (Texnologiya va muhandislik loyihalari)
Alireza Bahadori; tarjimon Sh. Raxmonova,Umumtexnikaviy fanlar, -
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi II jild
Serope Kalpakyan, Stiven R. Shmid.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Қишлоқ хўжалиги экскаваторлари машинистлари учун ўқув қўлланмаси
Н.П.Воронцов-Вельяминов, Н.В.Пульманов, В.А.Ряхин,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Baxtiyarov Sardorbek,Ushbu o'quv qo'llanma, «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi» yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavrlarga o'quv qo'llanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2026-yil 4-iyuldagi 341-sonli buyrug'iga asosan, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Ro'yxatga olish raqami 371.
-
Кинопроекцион аппаратлар
Т.Ҳидоятхўжаев,Ушбу ўқув қўлланмаси профессионал- техника билим юртларида киномеханиклар тайёрлаш программаси асосида ёзилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, уларнинг оптик ва механик тизимларини ўрганишда узоқ йиллар давомида асосий қўлланмалардан бири бўлиб хизмат қилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, тузилиши ва улардан фойдаланиш қоидаларини ўргатишга мўлжалланган. Қўлланмадан киномеханиклар, кино ва кинопрокат тармоғида ишловчилар, шунингдек, кинотехникум студентлари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Кинопроекцион аппаратлар
Т.Ҳидоятхўжаев,Ушбу ўқув қўлланмаси профессионал- техника билим юртларида киномеханиклар тайёрлаш программаси асосида ёзилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, уларнинг оптик ва механик тизимларини ўрганишда узоқ йиллар давомида асосий қўлланмалардан бири бўлиб хизмат қилган. Ушбу китоб кинотехника ва кинопроекция қурилмаларининг ишлаш принциплари, тузилиши ва улардан фойдаланиш қоидаларини ўргатишга мўлжалланган. Қўлланмадан киномеханиклар, кино ва кинопрокат тармоғида ишловчилар, шунингдек, кинотехникум студентлари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Назарий электротехникадан масала ва машқлар тўплами
М.Ю.Зайчик,Қўлланманинг ҳар бир бўлимида намуна масалалар ва уларнинг ечимлари берилган, уларла қўлланилгаи қонунлар ва формулалар тушунтирилган. қўлланмада ечилган ҳамма масалаларга қўшимча саволлар жавоблари билан келтирилган. Бу савол-жавоблар масалаларнинг назарим материалини тўлдиради, уларнн ечишнинг турли усулларини курсатади ва ҳодисаларнинг физик моҳиятини тушунтиради. Хар бир бўлим охирида мустақил ечиш учун масалалар келтирилган.
-
Назарий электротехника
А.С.Каримов, М.М.Мирҳайдаров,Ўқув қўлланмада ўзгарувчан ва ўзгармас ток билан ишлайдиган линиявий параметрли электрик занжирларда содир бўладиган турғунлашган ва ўткинчи процесслар назарияси ҳамда уларни ҳисоблаш усуллари баён этилган, параметрлари чизиғиймас занжирлардаги процессларнинг анализи берилган. Тебраниш ва турғунлик назариясига оид баъзи масалалар ҳам ёритилган.
-
Материалшуносликдан лаборатория ишлари
П.Х.Пирмуҳамедов,Бу қўлланма "Материалшунослик" фани бўйича лаборария ишларидан иборат. Лаборатория ишлари металларни термик ишлашга, ва металлмас материалларга бағишланган. Ҳар қайси ишда ишнинг амалий қисмини бажариш учун зарур бўлган қисқача назарий маълумотлар берилган, ишни бажариш юзасидан методик кўрсатмалар баён қилинган, керакли жиҳозлар ва мосламалар келтирилган.
-
Tizimlar va signallarni qayta ishlash
Masharipov O.M., Kuchkarov V.A., Saparbayev R.K., Matqurbanov T.A.,O‘quv qo‘llanmada signallarga raqamli ishlov berish tizimlarining tuzilishi, signal va tizimlarning asosiy xususiyatlari, signallarni diskretlash, kvantlash va kodlash, analog va raqamli filtrlar, signallarning interpolyatsiyalash usullari hamda signal prosessorlarining arxitekturalari bayon etilgan.
-
Mexatron modullarning va robotlarning yuritmalari
Masharipov O.M., Kuchkarov V.A., Saparbayev R.K.,Ushbu o‘quv qo‘llanmada mexatron modullar va robotlarning yuritmalari, ularning ishlash tamoyillari, boshqaruv tizimlari hamda avtomatlashtirish jarayonlari yoritilgan. Qo‗llanmada pnevmatik, gidravlik va elektr yuritmalar, sensorlar, aktuatorlar, mikrokontrollerlar, modellashtirish va gibrid boshqaruv tizimlari haqida nazariy hamda amaliy ma‘lumotlar keltirilgan.
-
Dasturiy ta’minot arxitekturasi
Saidov U. Y. , Navruzov B. I. , Sultonov H. U.,Dasturiy ta'minot arxitekturasi zamonaviy dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish va texnik xizmat ko‘rsatishda juda muhim ahamiyatga ega. U tizimning tuzilishi va xatti-harakatlarini aniqlovchi asosiy tamoyillar va qarorlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu qo‘llanma dasturiy ta'minot arxitekturasining asosiy tushunchalari, tamoyillari va amaliyotlari bilan tanishtiradi, shuningdek, arxitektura dizaynini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
-
Elektr energetika muhandisligiga kirish II jild
Mulukutla S. Sarma.,O'quv qo'llanma talabalarda elektr muhandisligiga qiziqishni oshirish orqali ular-ning ushbu fan bilan tanishishini ta'minlash va elektr muhandisligi sohasidagi asosiy tu-shuncha hamda usullarni turli sohalarda qo'llash, jumladan, kundalik foydalaniladigan gajetlar, biotibbiyot elektronikasi, murakkab asboblar tizimlari, kompyuterlar va ko'p funksiyali elektr mashinalari orqali tushuntirishdir. Shuningdek, muhandislik va ushbu sohaning barcha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga, ayniqsa, elektr muhandisligi yo'nalishidan boshqa sohadagi talabalar uchun ushbu fan asoslarini tushuntirish va uning imkoniyatlarini namoyon etish qo'llanmaning ustuvor maqsadlaridan biridir. Qo'llanma asosan elektr muhandisligidan tashqari yo'nalishdagi talabalar uchun yozilgan bo'lsa-da, u muhandislik asoslarini o'zlashtirishda yordam beradi va talabalarning malaka oshirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishlariga ko'maklashadi.
-
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi III jild
Serope Kalpakyan, Stiven R. Shmid.,Mazkur kitob ishlab chiqarish muhandisligi va texnologiyasi to'g'risida bo'lib, mu-alliflar fandagi erishilayotgan yutuqlar, asosiy tushunchalar, qonuniyatlar va amaliy ji-hatlari, avtomatlashtirish va innovatsion yondashuvlarni zamonaviy yoritishni maqsad qilgan. Qo'llanmada ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik asoslari, uskunalar va texnologiyalar tanlash, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, mehnat unumdor-ligini oshirish hamda mahsulot sifatini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Tabiiy gazni qayta ishlash (Texnologiya va muhandislik loyihalari)
Alireza Bahadori; tarjimon Sh. Raxmonova,O'quv qo'llanmada keltirilgan loyihalash bo'yicha tavsiyalar umumiy xa-rakterga ega boʻlib, aniq holatlar uchun mo'ljallanmagan. Ular oldindan loyiha-lash va texnologik jarayonlar spetsifikatsiyasini tuzish bilan shug'ullanuvchi muhandislar uchun ishlab chiqilgan. Kitobda berilgan tavsiyalar yosh muhan-dislar uchun o'quv qo'llanma, shuningdek, tajribali muhandislar uchun manba vazifasini bajaradi.
-
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi II jild
Serope Kalpakyan, Stiven R. Shmid.,Mazkur kitob ishlab chiqarish muhandisligi va texnologiyasi to'g'risida bo'lib, mu-alliflar fandagi erishilayotgan yutuqlar, asosiy tushunchalar, qonuniyatlar va amaliy ji-hatlari, avtomatlashtirish va innovatsion yondashuvlarni zamonaviy yoritishni maqsad qilgan. Qo'llanmada ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik asoslari, uskunalar va texnologiyalar tanlash, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, mehnat unumdor-ligini oshirish hamda mahsulot sifatini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Metallurgiyaning fizik tamoyillari 1 jild.
Reza Abbaschian va boshq.,Ushbu kitob metallarning tuzilishi va ularning fizik-mexanik xossalarini shakllantiruvchi asosiy jarayonlarning ilmiy asoslarini tizimli ravishda bayon etishga bag'ishlangan. Asarda kris-tall tuzilish, dislokatsiyalar nazariyasi va plastik deformatsiya mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi hamda ularning material xossalariga ta'siri ko'rib chiqiladi.
-
Konchilik muhandisligi faniga kirish I jild.
Xovard L. Xartman,"Konchilik muhandisligi faniga kirish" miqdoriy va raqamli yondashuvlarni birlashtirgan konchilik bo'yicha muhim darslikdir. Unda tog'-kon dasturlari batafsil yoritilgan, alohida mavzular aniq va har tomonlama chuqur tahlil qilingan, shuningdek, sohaga oid misollar va muammolar keltirilgan. Dastlabki boblar foydali qazilmalarni qazib olishning to'rt bosqichi (qidirish, razvedka qilish, ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish) va asosiy texnologik operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Keyingi boblar yerusti va yerosti konlari sohalarini qamrab oladi. Kitob yangi usullarni o'z ichiga olgan, shu bilan birga amaliy misollar, individual muammolarga javoblar, bibliografiya va havolalar taqdim etilgan. Talabalarga qulaylik tug'dirish maqsadida kitobda ingliz va metrik o'lchov birliklaridan foydalanilgan.
-
Қишлоқ хўжалиги экскаваторлари машинистлари учун ўқув қўлланмаси
Н.П.Воронцов-Вельяминов, Н.В.Пульманов, В.А.Ряхин,Николай Павлович Воронцов-Вельяминов ва бошқа муаллифлар томонидан ёзилган «Экскаваторы для сельскохозяйственного строительства» (Қишлоқ хўжалиги қурилиши учун экскаваторлар) номли ўқув қўлланмаси касб-ҳунар таълими муассасалари талабалари ҳамда қишлоқ хўжалиги экскаваторлари машинистларини тайёрлаш учун мўлжалланган муҳим манбалардан биридир. Қишлоқ хўжалиги ва мелиорация ишларида кенг қўлланиладиган бир чўмичли (одноковшовые) ва кўп чўмичли (многоковшовые) экскаваторларнинг конструктив хусусиятлари мавжуд.
-
Metrologiya boʻyicha qoʻllanma
Sarah Hudson,O'quv qo'llanma zamonaviy taraqqiyot sharoitida o'lchashlar ilmi metrologiya-ning o'rni va ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda sohaning uchta asosiy tarmog'i: naza-riy, amaliy va qonunlashtiruvchi metrologiya yo'nalishlari atroflicha yoritilgan. Shu-ningdek, ushbu kitobda har bir bob muayyan mavzuni yorituvchi mustaqil matn shaklida bayon etilgan bo'lib, ular yaxlit bir ilmiy g'oya atrofida birlashgan. O'lchash birlik-larini belgilash, yangi usullarni ishlab chiqish, standartlarni joriy etish va sohaga oid huquqiy-me'yoriy talablar tahlil qilingan.
-
Shiglining mashinasozlik loyihalash asoslari I jild.
Richard G. Budinas.,Mazkur kitob mashinasozlik sohasidagi yetakchi qo'llanmalardan biri bo'lib, mexanik konstruksiyalarni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy usullarini tizimli ravishda yoritib beradi. Ushbu kitobda mashina detallarini hisoblash va loyihalashga oid muhim masalalar mustahkamlik, toliqish, ishonchlilik, material tanlash, turli xil uzatmalar, vallar va o'qlar, podshipniklar, vintli birikmalar hamda boshqa mexanik elementlarning konstruktiv yechim-lari batafsil bayon etilgan. Kitobda nazariy tushunchalar bilan bir qatorda ko'plab misollar, amaliy hisoblash usullari va muhandislik masalalari yechimi boʻyicha tavsiyalar keltirilgan bo'lib, bu o'quvchilarga muhandislik bilimlarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Саноатнинг энг мухим тармоқлари технологияси асослари
Ж.Исроилов,Ушбу ўқув қўлланма— «Саноатнинг энг муҳим тармоқлари технологияси асослари» — олий ўқув юртларининг иқтисод факультетлари студентлари учун мўлжалланган. Қўлланма уч қисмдан иборат бўлиб, биринчи қисмида технология фанининг асосий масалалари, саноатнинг техника-иқтисодий кўрсаткичлари, маҳсулотнинг сифати ҳамда унинг аҳамияти каби масалалар, иккинчи қисмида кимё саноати технологиясига оид қатор масалалар ва, ниҳоят, учинчи қисмида табиатни муҳофаза қилиш ҳамда саноат чиқиндиларини тозалаш масалалари ёритилган.
-
Станокда ва слесарлик усулида бажариладиган ишларни контрол қилиш
А.М.Маханько,Китобда слесарлик ва механика йиғув ишлари, деталларга ишлов беришда ва уларни йиғишда юзага келадиган нуқсонлар ҳақида умумий маълумотлар келтирилган, шунингдек, техник улчашлар, чизиқни улчамларни, бурчак, конус, резьба ва тишли ғилдиракларни, сирт шаклининг бузилиши ва жойланшини текшириш воситаларининг тузилиши ва улардан фойдаланиш хақида ҳам ёзилган; текшириш ва улчаш процессларини механизациялаштириш ва автоматлаштириш усуллари ҳам ёритилган. Ўқув қўлланмадан ишлаб чиқаришда ишчиларга ҳунар таълими беришда фойдаланиш мумкин