-
Qadoqlash mahsulotlari texnologiyasi: asoslari, materiallar va jarayonlar
Anne Emblem, Genri Emblem,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
AVTOTRANSPORT VOSITALARINING TUZILISHI
Sh. Abdiqadirov, A.L. Komilov, R.Z.Xudaykulov, A.Muratov , F.Baxromov,Umumtexnikaviy fanlar, -
Давлат бошқарувида ахборот-коммуникация технологиялари
А.Н.Арипов, Х.М.Мирзаҳидов, Ш.Х.Шерматов, У.Б.Аъламов, М.Л.Ельшов,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi
Gulto'rayev N. X, Bayjanova L. E., Davletova X. R.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Qadoqlash mahsulotlari texnologiyasi: asoslari, materiallar va jarayonlar
Anne Emblem, Genri Emblem,Darslik 60710300-matbaa va qadoqlash muhandisligi ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'jallangan bo'lib, unda qadoqlash sanoatining nazariy asoslari va amaliy jihatlari qamrab olingan hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida qadoqlashning ahamiyati, funksiyalari va rivojlanish tendensiyalari keng yoritib berilgan. Qadoqlarning himoya, logistika, marketing, ekologik va iste'mol xavfsizligi kabi ko'p qirrali vazifalari ilmiy yondashuv asosida tushuntirilgan. Kitobda qadoqlash tizimining barcha bosqichlari ishlab chiqarish, saqlash, transport, chakana savdo va iste'molchiga yetkazish jarayonlari bo'yicha texnologik talablarga chuqur e'tibor qaratilgan. Shuningdek, qadoqlash materiallarining xilma-xilligi (shisha, metall, alyumin, qog'oz-karton, gofrokarton va polimerlar) ularning fizik-mexanik xususiyatlari, afzalliklari va qo'llanish sohalari bilan birga tahlil etilgan.
-
AVTOMOBIL YO'LLARI MUHANDISLIGI
F.X. Ikramova,Ushbu darslikda Oʻzbekiston Respublikasidagi yoʻllarning tasniflanishi, yoʻl rejasi va uning elementlari, yoʻlning egri chiziqli qismlarini loyihalashga oid koʻrsatmalar berilgan. Yoʻllardagi transport oqimining harakatlanish tartiblari, koʻrinishlikni taʼminlash, loyihalashda hisobga olinadigan asosiy tabiiy omillar, yoʻldan suvni chetlatish inshootlarning tizimi bayon etilgan. Avtomobil yoʻllarining koʻndalang va boʻylama kesimi, yoʻl poyi va yoʻl toʻshamalarini amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib loyihalash tushuntirilgan. Yoʻllarning kesishuvi, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish va murakkab iqlim sharoitlarida yoʻllarni loyihalashga qoʻyiladigan talablar bayon etilgan.Ushbu darslik 5341500 – “Shahar yoʻllari va koʻchalari” bakalavr ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan
-
Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar (ikkinchi nashr)
H.Z.Rasulov,Darslik texnika oliy o'quv yurtlarining qurilish yo'nalishlariga oid yangi o'quv dasturlari asosida yozilgan. U ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida gruntlar va ularning turlari, gruntning fizik-mexanik hossalari, gruntning tashqi yuk ta'sirida zo'riqish holatlari, deformatsiyalanishi, o'zidan suv sizdirish qobiliyati, shuningdekuning reoligik va seysmik mustahkamligiga oid masalalar yoritilgan. Kitobning ikkinchi qismi bino va inshootlarning zamini va poydevorlarini loyihalash, hamda hisoblash usullariga bag'ishlangan.
-
Metrologiyaga kirish
Avezov Nodirbek Egambergonovich,E'tiboringizga havola etilayotgan "Metrologiyaga kirish" fanidan darslikning har bir mavzu mazmuni, nazorat uchun savollar, nazariy ma'lumotlar va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Shuningdek, mazkur oliy ta'lim muassasalarida hamda o'rta maxsus professional ta'limida dars beruvchi o'qituvchilar uchun ham foydali deb hisoblaymiz.
-
PAXTAGA BIRLAMCHI ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
M.T.Tillayev,Darslikda chigitli paxtaning turlari, navlari, uni tayyorlash, ya’ni qabul qilish, tashish saqlash va tozalash, chigitli paxta va undan olinadigan mahsulotlar va ularning sifat ko’rsatkichlarida oid masalalar yoritilgan. Chigitli paxtada dastlabki ishlov berish texnologiyasi va paxtani qabul qilish maskanlari hamda paxta tozalash korxonalarida ishlab turgan texnologik mashinalarning tuzilishi, transport vositalari, sermehnat operatsiyalarni mexanizatsiyalash batafsil ko’rib chiqilgan. Chigitli paxtani quritish-tozalash, jinlash, chigitni linterlash, tola va lintni tozalash, tola, lint va tolali chiqindilarni toylashning nazariy asoslari bayon qilingan.
-
Texnologik jarayonlarni loyihalash
Babadjanov Malik Azimxanovich,Darslikda paxta sanoati korxonalarining loyihalash asoslari, chigitli paxtani saqlash, quritish, tozalash, tolasi va momig`ini ajratish hamda tolali mahsulotlarni toylash bo`limlarining ishlab chiqarish texnologiyasi variantlarini tanlashda kerakli hisoblash usullar berilgan. Bundan tashqari asosiy ishlab chiqarish sexlarining texnologik jarayonlarini tahlil qilish, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash yo`llari yoritilgan.
-
Контрольно-измерительные приборы и инструменты
С.А.Зайцев, Д.Д.Грибанов,Рассмотрены классификация и принципиальные схемы современных средств измерения и контроля, применяющихся в машиностроении, а также принципы обеспечения единства измерений в Российской Федерации, методы обеспечения точности измерения и контроля и общие метрологи ческие характеристики средств измерения.
-
TRANSPORT VOSITALARI VA TIZIMLARNING ISHONCHLILIGI
A.A.Tadjibayev,Darslik ishonchlilikning asosiy namunalari, metodologik asoslari, buzilishlar fizikasi va modellari, avtotransport vositalarining ishlash samaradorligi, murakkab tizimlarning ishonchlilik ko'rsatrkichlari darajasini baholash, ish qobiliyatini tiklanish jarayonlarini qonuniyatlari va shu kabi masalalarni o'rganish uchun mo'ljallangan.
-
Muhandislik grafikasi
Dilnoza Irkinovna Dadaboyeva,Mazkur darslik"Rasm geometriya va muhandislik grafikasi" namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu darslik bo‘lajak muhandislarga muhandislik grafikasi asoslarini o‘rgatishning muhim masalalariga bag'ishlangan. Darslikda mavzular oddiydan murakkabga qarab berilishi, talabalaming fazoviy tasavvurini oshirishda xizmat qiladi. Darslikning matn qismini loyihalash uchun kursning asosiy geometrik so'zlar va diqqat qilinishi kerak boigan asosiy iboralari qizil rangda, yangi so‘zlar ko‘k rangda ta’kidlangan. Har bir boiim oxirida o‘z-o‘zini sinab ko‘rish uchun savollar va nazariy materialni birlashtirish uchun mashqlar aks ettirilgan.
-
Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish
G.Abduqodirov,Ushbu " Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish" o'quv qo`llanmasi Oliy ta’limning pedagogika universitetlari 60112300-Texnologik ta'lim va professional ta'lim yo'nalishi mutaxassisligi talabalari uchun mo`ljallangan va asosan kasbga tayyorlashda, metrologiya,o'Ichash asboblari vositalari usullari fizik kattaliklar o'zbekiston respublikasi davlat standarti standart turlari, kategoriyalari, sertifikatlashtirish qonun qoidalari , mahsulot sifati, uni baxolash boshqarish,chiziqli kod o'zaro almashuvchanlik,uning turlari, tutashmalar, o'tqazishlar sirtlani g`adir budirligi, rezbali birikmalarni talab darajasida o`rganishni ko'zda tutadi.
-
AVTOTRANSPORT VOSITALARINING TUZILISHI
Sh. Abdiqadirov, A.L. Komilov, R.Z.Xudaykulov, A.Muratov , F.Baxromov,Ushbu darslikda avtotransport vositalarining (yengil va yuk avtomobillar, avtobuslar) konstruksiyasi haqida ma'lumotlar berilgan. Avtomobil va ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi, sovitish va moylash tizimlari benzinli, gaz ballon uskunali, dizel dvigatellar va Common Raail tizimi vazifasi, tuzilishi va ishlash prinspi to'g'risida keng ma'lumotlar berilgan.
-
Давлат бошқарувида ахборот-коммуникация технологиялари
А.Н.Арипов, Х.М.Мирзаҳидов, Ш.Х.Шерматов, У.Б.Аъламов, М.Л.Ельшов,Мазкур китоб Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Тараққиёт Дастури ва Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қўшма «Рақамли ривожланиш ташаббуси» Дастури томонидан Компьютерлаштириш ва ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш бўйича Мувофиқлаштирувчи Кенгаш ва Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги билан ҳамкорликда тайёрланган.
-
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги
Нигматов А.Н.,Дарсликдаги мавзулар мазкур масаланинг долзарб илмий- амалий муаммолари ва ечимлари, таълим муассасалари раҳбар ходимлари ва педагогларининг кундалик меҳнат фаолиятлари мобайнида ёки кўзда тутилмаган ҳолатда дуч келадиган ҳаёт фаолияти хавфсизлигини таъминлаш нуқтаи назардан ёритилган.
-
Multimediyali aloqa tarmoqlari
Isayev R. I., Ibatova D. X.,Davlat tilida yozilgan ushbu darslikda multimediali aloqa tarmoqlarining tuzilish prinsiplari, xizmatlar, protokollar, sinxronzatsiya, multimediali aloqa tarmoqlarini boshqarish, konvergent tarmoqlar, multimediali aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish va axborot havfsizligini ta'minlash masalalari yoritilgan.
-
Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш
Р.И.Исаев, У.Н.Каримова, Г.С.Рахмонова,Метрология бўйича – алоқа техникасида қўлланилиб келинаётган метрология асослари, ўлчаш усуллари, ўлчаш воситалари, ўлчашлар бирлилигини таъминлаш тизими, соҳанинг асос метрология хизматининг вазифалари, ўлчаш хатоликлари, ўлчаш ноаниқлигини баҳолаш, ахборот ўлчаш асбоблари ва тизимлари ва интеллектуал ўлчаш тизимлари ёритилган. Стандартлаштириш бўйича – давлат ва телекоммуникация ва ахборот-коммуникация технологиялари соҳасида стандартлаштиришнинг норматив – хуқуқий асослари ва тизимлари, норматив ҳужжатларнинг даражаси, тури, уларни жорий қилиш, текшириш, қайта кўриб чиқиш, ўзгартириш ва бекор қилиш, техник қўмиталар, асос стандартлаштириш ташкилоти, штрих кодлаш тизими ва унинг норматив – хуқуқий асослари ёритилган.
-
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi
Gulto'rayev N. X, Bayjanova L. E., Davletova X. R.,Ushbu darslikda telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy strukturaviy xususiyatlarini hisobga olganda, ularni baholash ishonchlilik nuqtai nazaridan ko'rilgan. Unda telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va yashovchanligi tushunchalari, ularning ko'rsatkichlari, ishonchlilikni ta'minlovchi nazariy asoslar, ishonchlilikni ta'minlovchi usullar, tel;ekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchlilik ko'rsatkichlarini hisoblash usullaridan tarmoq elementlari va yo'llari xolatini to'g'ridan-to'g'ri saralash usuli, ajratish teoremasi va Bul o'zgartirgichlari qo'llaniladigan usullar, ishonchliligini hisoblash korrelyatsion usuli, shuningdek, telekommunikatsiya optik tarmoqlarining ishonchliligini aniqlash, NGN ga o'tish davrida telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va istiqbolli ishonchli telekommunikatsiya tarmoqlarini tuzish masalalari yoritilgan.
-
Mobil aloqa
H.X.Madaminov, Y.V.Pisetskiy, U.T.Aliyev, M.O.Sultanova,Darslik O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdaqlangan "Mobil aloqa" fanining sillabusi asosida tayyorlangan va kirish, 15 ta bob foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Mobil aloqa va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslangan talabalar va aspirantlar uchun darslik sifatida mo'jallangan, shunungdek mobil aloqa tarmoqlarini rejalashtirish va tashkil qilish bilan shug'ullanadigan ilimiy va muhandis-texnik xodimlar uchun foydali bolish mumkin.
-
Dasturlash 2
Mo'minov B. B.,Darslikda noma’lum tiplar va noma’lum nomlar fazosi. SIL kutubxonalari, oddiy, assosiativ va tartiblanmagan assosiativ konteynerlar hamda konteynerlar adapterlari tushunchalari, standart algoritmlar, iteratorlar va sonli sinflar bilan ishlash, sintaktik tahlil qilishni tashkil etishning samarali usullari va murakkab saralash algoritmlaridan unumli foydalanish, Visual C++ muhitida menyular va uskunalar paneli, komponenta tushunchasi va xususiyatlari, muloqot oynalari, Visual C++ ning grafik imkoniyatlari, OLE va MIC texnologiyalari hamda kichik loyihalarni yaratishning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan.
-
Ma'lumotlar bazasi xavfsizligi
S.K.Ganiyev, A.AGaniyev,Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish, holati va ishlashi korxona va tashkilotlar faoliyatiga jiddiy ta'sir etish mumkin bo'lgan, ma'lumotlar ba'zasi yoki ma'lumotlar bazasi majmui ko'rinishdagi umumiy axborot resurslarining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Natijada, korxona va tashkilotlar faoliyatining axborot ta'minoti amaliyotiga avtomatlashtirilgan axborot tizimini tadbiq etish jarayonida, maxsus ma'lumotlar bazasinihimoyalsh atamasini olgan holatlarini alohida o'ziga xos nazoratlash kerak bo'ladi.
-
Matlabda dasturlash
A.X.Nishanov, J.X.Djumanov, A.T.Rahmanov, O.B.Ro`zibayev, M.K.Akbarova,Darslik ilimiy-texnik hisoblar va ishlab chiqarish tizimlariningmodellashtirish masalalarinim o`rganishda keng imkomiyatlarga ega bo`lgan amaliy dasturiy paketlar tizimlarining ajralmas qismi bo`lgan Matlab,Mathcad,Maple va kompyuter tizimlari haqida asosiy bazaviy ma`lumotlardan iborat.