-
Tuproqshunoslik,
-
Tuproqshunoslikdan amaliy mashg'ulotlar
Uzoqov.P.U T.Ch. G'oziyev,Uslubiy qo‘llanma «Tuproqlarning tarkibi, xossalari va analizi» (Boboxo‘jayev, P. Eshpo‘latov) o‘quv qo‘llanmasi asosida tuzilgan. Ushbu qo‘llanmada tuproqning eng muhim genetik-morfologik belgilarini, fiziko-mexanik, fizikaviy, kimyoviy va agroximik xossalarini laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘rganish, ularni aniqlashga oid laboratoriya usullari yoritilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston tuproqlarining asosiy tiplari, profilini va morfologik belgilarini o‘rganish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Uslubiy qo‘llanma universitetlar va qishloq xo‘jaligi o‘quv yurtlarining «Agroximiya», «Tuproqshunoslik», «Agroximiya va tuproqshunoslik» bakalavriyat yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, laboratoriyalarda mashg‘ulot o‘tayotgan talabalarga, tuproq laboratoriyalarining xodimlari va tuproqshunoslikka qiziquvchi kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.