-
Ijodiy tafakkur sohibi. Ijod faylasuflarining dizayn sohasida mahoratlari va oʻziga xos uslublari
Gevin Ambroz, Pol Xarris.,Tasviriy san’at va arxitektura, -
Tasviriy san’at va arxitektura,
-
-
-
-
Tasviriy san’at va arxitektura,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Рангтасвир амалиёти (Дастгохли Рангтасвир)
Тошмуродов Муҳаммаддиёр, И.Турсунова , С.А.Абдуллаев , А. Эгамбердиев,Tasviriy san’at va arxitektura, -
Tasviriy san’at va arxitektura,
-
Tasviriy san’at va arxitektura,
-
Ijodiy tafakkur sohibi. Ijod faylasuflarining dizayn sohasida mahoratlari va oʻziga xos uslublari
Gevin Ambroz, Pol Xarris.,Ilhom ijodkorlikning yagona manbai degan tushuncha bor. Xuddi ijodiy g'oyalar rassomlar, dizaynerlar va umuman ijod ahli qalbiga osmondan tushadi-ganday, kutilmaganda kelarmish. Mazkur qo'llanmada biz o'quvchiga butunlay boshqacha yondashuvni, ya'ni dizayn - g'oyalarni ijodiy ishga aylantirish uchun foydalaniladigan ma'lum qadamlar, bosqichlar va vositalardan tashkil topgan jarayon ekanligini isbotlashga harakat qilamiz. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'l-jallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Dizayn tarixi
Dilnoza Dadaxonovna Zuparova, Nozima Nurmuhamadovna Karimova,O'quv qo'llanmada dizayn turlari va uslubiy yo'nalishlariga tizimli ravishda yondashuv, O'zbekistondagi milliy dizayn masalalariga milliy g'oya nuqtai nazaridan nazar solgan holda namoyon bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda dizayn sohasiga o'zbekona qarash, dizayn unsurlarini, tur va uslublarini milliy dizayn tarihi misolida tushuntirishga harakat qilinadi.
-
Rangtasvir
S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma pedagogika universitellarining badiiy-grafika fakulteti bakalayr yo'nalishidagi talabalari uchun tuzilgan bo'lib, tasviriy san'atning yetakchi bo'g'ini hisoblangan rangtasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar yoritilgan. Ushbu qo'llanma rangtasvir fanidan tuzilgan dastur asosida yoritilgan. Unda jumladan ranglar xususiyati, spektr ranglar to'g'risidagi flkrlar yuritilgan
-
Plastik anatomiya
Baymetov B.,Mazkur uslubiy qo’llanma bo’lajak rassom-o’qituvchilarni kasbiy tayyorlashda plastik anatomiya fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg’ulotlar orqali mustahkamlashni ko’zda tutadi
-
Qalamtasvir
Xudoyberdiyev P.O'.,Ushbu oʻquv qo'llanma Oliy o'quv yurtlari 5110800-Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi bakalavriyat ta'lim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda qalamtasvir oʻquv predmetining 1-2-semestrlari uchun rejalashtirilgan oʻnta amaliy mashg'ulot mavzulari bo'yicha to ʻliq koʻrsatmalar ishlab chiqilgan. Uzoq muddatli amaliy mashgʻulotlar jarayonida talabalar tomonidan professor-oʻqituvchi yordamida amalga oshiriladigan vazifalar bilan birgalikda mustaqil taʼlim vazifalari haqida ham soʻz boradi. Jumladan, geometrik shakllar va jismlardan tashkil topgan natyurmortdan boshlab, asta-sekin murakkablashib borib, antik davrga mansub gipsdan ishlangan bosh niqobi (Venera misolida) namunasini grafik tasvirini ishlash mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi.
-
Qalamtasvir-Dizayner va arxitektorlar uchun
Sayfullo Abdullayev, O ’ktam Yodgorov.,M azkur o’quv qo’Hanma 5150900 - Dizayn (interyer), 5150900 - Dizayn (ladshaft), 5340100-Arxitektura ta’lim yo’nalishining “Qalam tasvir” namunaviy o'quv dasturiga asoslangan xolda tayorlangan va bo’lajak rassom - dizaynerlami qalam tasvir asoslarini o’rgatishning muxim masalalariga bagishlangan. Qo’llanmada tasvirlash ketma-ketligi, perspektiva, narealarning konstruktiv tuzilishi, tus munosabatlari, gipsli modeller chizishning nazariy va metodik qoidalari keltirilgan. Qisqa muddatli kreativ xarakterdagi topshiriqlar - eskiz va qisqa muddatli rasmlarni bajarishga katta e’tibor qaratilgan. O’quv qo’llanma bo’lajak arxitektorlarni (turlari bo’yicha) qalam tasvir fanidan tayorlashda ham maqsadga muvofik deb bo’ladi.
-
Qalamtasvir
I.Ch.Mamatqulov,Mazkur oʻquv qoʻllanma 5110800 (60111200) – “Tasviriy sanʼat va muhandishk grafikasi" bakalavriat ta'lim yo'nalishi boʻyicha taxsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan boʻlib, u Oliy va oʻrta maxsus ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o'quv reja va fan dasturi asosida tuzilgan. Qoʻllanmada natyurmort tuzish va uni chizish qonun-qoidalari, haykal boʻlaklarining qalamtasvirini chizish qonun qoidalari, inson bosh suyagi va anatomik bosh namunasining qalamtasvirini chizish qonun-qoidalari haqida nazariy va amaliy ma'lumotlar hamda mavzularni mustahkamlovchi savollar va topshiriqlar berilgan. O'quv qoʻlanmadan Qalamtasvir fani oʻqitiladigan barcha OTM talabalari va professor-o'qituvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab internati o'qituvchilari ham bevosita foydalanishlari mumkin.
-
Qalamtasvir
Sh.Sh.Ishonqulov,Mazkur oʻquv qo 'llanma 5110800 (60111200) - "Tasviriy san'at va muhandishk grafikasi"(sirtqi) bakalavriat ta'lim yoʻnalishi bo'yicha taxsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja va fan dasturi asosida tuzilgan. Qo'llanmada natyurmort tuzish va uni chizish qonun-qoidalari, haykal bo'laklarining qalamtasvirini chizish qonun qoidalari, inson bosh suyagi va anatomik bosh namunasining qalamtasvirini chizish qonиnqoidalari haqida nazariy va amaliy ma'lumotlar hamda mavzularni mustahkamlovchi savollar va topshiriqlar berilgan. Oʻquv qo 'lanmadan Qalamtasvir fani o 'qitiladigan barcha OTM talabalari va professor-oʻqituvchilari, umumiy o'rta ta'lim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab interna ti oʻqituvchilari ham bevosita foydalanishlari mumkin.
-
Qalamtasvir
S.B.Maxkamova,O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Unlversiteti Ushbu o'quv qo'llanma, 60111200-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, bakalavr ta'lim yo'nalishi kunduzgi va sirtqi ta'lim talabalari uchun tuzilgan bo’lib, tasviriy san’atning asosi bo'lgan "Qalamtasvir” fanida natyurmort janri bo’yicha bilimlarni ham nazariy, ham amaliy ko'nikmalar berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'quv qo'llanma qalamtasvir asosi ho'lmish natyurmort janri va perspektiva masalalari yuzasidan dars mavzulari zamon talablariga mos, yangi ma'lumotlar, o'quv qurollardan unumli foydalanishni hisobga olgan holda tuzilgan.
-
Qalamtasvir
N.X.Tolipov,O'quv qo'llanma qalamtasvir asosi bo'lmish natyurmort janri va perspektiva masalalari yuzasidan dars mavzulari zamon talablariga mos. yangi ma'lumotlar. o'quv qurollardan unumli foydalanishni hisobga olgan holda tuzilgan.
-
Qalamtasvir
A.X Boltabayev,Qalamtasvir nomli ushbu o'quv qo'llanma Oliy o'quv yurtlari 60111200- Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda qalamtasvir o'quv predmetining 3-4-semestrlari uchun rejalashtirilgan o ’n ikkita amaliy mashg’ulot mavzulari bo'yicha to'liq ko'rsatmalar ishlab chiqilgan. Uzoq muddatli amaliy mashg’ulotlar jarayonida talabalar tomonidan professor-o'qituvchi yordamida amalga oshiriladigan vazifalar bilan birgalikda mustaqil ta'lim vazifalari haqida ham so'z boradi. Jumladan, antik davrga mansub gipsdan ishlangan bosh niqobi (Appalon misolida) va jonli odam qiyofasini bosaqichlar asosida, asta sekin murakkablashib insonning butun qomatining turli harakter qiyofalarda grafik tasvirini ishlash m ashg’ulotlarini o'z ichiga oladi. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 60111200-Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi bakalavriat ta'lim yo'nalishida o'qitiladigan “Qalamtasvir” fani namunaviy dasturi asosida yozilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 2-bosqich talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan nafaqat oliy ta'lim talabalari, balki magistrantlar, o'rta umumta'lim maktablari hamda san'atga ixtisoslashgan maxsus maktablarining tasviriy san'at o'qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Qalamtasvir
S.S.Azimov,Qalamtasvir nomli ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda tasviriy san'atning asosi hisoblangan qalamtasvir fani bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar mazmuni yoritilgan.O'quv qo'llanmadan o'rin olgan nazariy va amaliy topshiriqlar yoshlarning bilim va malakalarini hisobga olgan holda oddiydan-murakkab usulda ishlab chiqilgan.
-
Qalamtasvir
M.B.Sulaymonova,Mazkur oʻquv qo'llanma Qalamtasvir - fan dasturi oliy oʻquv yurtlari 5110800 - “Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Barcha tasviriy san'at turlarining asosi sifatida bo'lajak pedagog rassomlarga borliqni koʻrib-kuzatib to'g'ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo'l, ong va sezgilarini shakllantirish, hamda bo'lajak rassom-pedagoglami tasviriy san'at asoslariga o'rgatishni maqsad qilib qo'yadi. Qalamtasvir fanining oliy kasbiy ta'limdagi tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun m o'ljallangan bo'iib, unda tasviriy san'atning asosi bo'lgan qalamtasvirning kelib chiqish tarixi va rivojlanishi, tasviriy san'at qonunqoidalari, boiajak tasviriy san'at o'qituvchilarini pedagogik jarayonga puxta tayyorlashda qalamtasviming ahamiyati haqida so'z boradi.
-
Urban dizayni
Rey Gindroz,Ushbu o‘quv qo‘llanmasi zamonaviy shaharsozlik va arxitektura loyihalash sohasiga bag‘ishlangan. Kitobda urban dizaynning asosiy tamoyillari, shahar muhitini rejalashtirish va rivojlantirish jarayonlari, ekologik va ijtimoiy jihatlarni inobatga olgan holda barqaror shahar tizimini yaratish usullari yoritilgan.
-
San'at ta'limi asoslari
Hugo Munsterberg,Ushbu kitob san’atning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tasviriy san’at, rangtasvir, haykaltaroshlik va boshqa ijodiy yo‘nalishlarda o‘qitish usullari yoritilgan. Muallif san’at ta’limining inson estetik dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni, ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari hamda san’atning tarbiyaviy ahamiyatini tahlil qiladi.
-
Umumsan`at tarixi
Kultasheva N.D.,Mazkur o‘quv qo‘llanma “Umumsan’at tarixi” fanini o`rganuvchi talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, jahon me’morchiligi va tasviriy san’atidagi badiiy jarayonlami o`rganishdagi eng muhim bosqichlardan biri o`rta asrlar Vizantiya va roman davri san’atini yoritib beradi. Unda Vizantiya hamda roman uslubi me’morchiligi, tasviriy san’ati shakllanishiga ta’sir ko'rsatgan asosiy omillar, sanamnavislikning badiiy kanonlari va o`ziga xos uslubiy jihatlari ochib berilgan, davr madaniyatidagi asosiу chizgilarni namoyon etuvchi durdona asarlar tahlil etilgan. Qo`llanmada san’atshunoslik va me’morchilik ilmida keng muomalaga kirgan atamalarga batafsil izoh keltirilgan. “Umumsan’at tarixi (O`rta asrlar san’ati)” o`quv qo`llanmasi badiiy ta’lim yo`nalishidagi oliy, o`rta mahsus va kasb-hunar kolleji talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Композиция
Рустам Худайберганов,Млзкур ўқув қўулланма Олий ўқув юртлари Тасвирий ( санъат факультети бакалавр йўналишидаги талабалари учун тузилган бўлиб, тасвирий санъатнинг етакчи бўғими ҳисобланган композиция буйича пазарий ва амалий билимларни кенгроқ беришни ўз олдига максад қилиб қўйган. Ушбу қўлланма композиция фанидан тузилган дастур асосида ёритилган. Қўлланмада композиция устида ишлаш услубияти, композиция элементлари, монументал рангтасвир, дастгоҳли рангтасвир композицияси тўгрисида фикр юритилади. Композиция асослари Қонун — қоидалари, ранг, тус, деворий расм композицияси ишлаш қоидалари муҳим бўғинлардан биридир. Монументал рангтасвир эскизи, перспектива ва макет каби коплекс вазифалар бажариш булажак рассомлардан катга тажриба талаб этилади.
-
Рангтасвир амалиёти (Дастгохли Рангтасвир)
Тошмуродов Муҳаммаддиёр, И.Турсунова , С.А.Абдуллаев , А. Эгамбердиев,Мазкур қўлланма олий ва ўрта махсус ўқув юртлари тасвирий санъат факультети талабалари учун мўлжалланган бўлиб, Дастгоҳли рангтасвир ихтисослиги бўйича ўқув амалиёти; очиқ ҳаво (пленер)да ишлаш, нусха олиш, мавзуга доир ашёлар йиғиш, ёш ижодкор рассомларнинг билим ва малакаларини ошириш асосий мақсад қилиб олинган. Қўлланмада рангтасвир амалиётида бажариладиган топшириқлар ва талабалар олдига қўйиладиган вазифалар ҳақида батафсил ёзилган. Ушбу рисоладан тасвирий санъат билан шуғулланувчи барча талабалар, ўқувчилар, бошловчи рассомлар ва ёш ўқитувчилар касбий маҳоратларини оширишда фойдаланишлари мумкин.
-
Plastik anatomiya
B.B.Boymetov, M.S.Tolipov , S.S.Azimov,Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada tasviriy san’atning asoslaridan biri bo‘lmish plastik anatomiya haqida ma’lumot berilgan. Xususan, plastik anatomiyaning vujudga kelish tarixi, odam tayanch organlari sistemasi, suyak va bo‘g‘imlarning birlashuvi, muskullar sistemasi, yuzning ayrim bo‘laklari, tana qismlarining sathi va nisbatlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada skeletning biriktiruvchi roli, uning qismlarining fazoda harakatlanishi, muskul massivlari harakatida gavdaning turli qismlaridagi o‘zgarishlari va uning plastikasiga anatomik elementlarning ta’siri keltirilgan. Kitobdan «Tasviriy san’at» bakalavr yo‘nalishi talabalari hamda shu sohaga aloqador bo‘lgan barcha mutaxassislar foydalanishi mumkin.
-
Gipsli shakllarning chizmatasviri
M.Oripova, R.A.Xudoyberganov , Z.Islomshikov,Ushbu qo`llanma tasviriy san’atning chizmatasvir yo`nalishi bo`yicha kechadigan barcha jarayonlarni o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, unda chizmatasvir chizish uchun ishlatiladigan ashyolar, tasvirni qog`ozga kompozitsiya asosida joylash, proporsiyalar, yorug` va soyalar, shuningdek, chizmatasvirda geometrik jismlar, gipsdan yasalgan odam bosh qismlari, naturmort haqida zarur ma’lumotlar berilgan.