-
-
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
Dirijyorlik san’ati
G‘ayrat Abrorov,Данное учебное пособие предназначено для студентов высших учебных заведений в области музыкального искусства. В нем изучаются навыки оперно-симфонического дирижерского исполнительства и даны сведения об истории дирижирования. На основе методических комментариев приведен ряд музыкальных произведений для расширения репертуара дирижера исполнителя.
-
Maqom ritmlari - Solfedjio darslarida
S.K.Matyakubova,Professional musiqiy ta'lim sohasida solfedjio fanining ma’no-mazmuniga bo'lgan e’tibor so'ngi yillarda tobora chuqurlashib va jiddiylashib bormoqda. Ayniqsa, musiqiy ixtisoslashuvning ichki ehtiyojlariga qarab, har bir sohaning o'ziga xos tomonlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Muallifning konservatoriyadagi an’anaviy ijrochilik va boshqa fakultetlarida o'tkazgan ko‘p yillik o'quv tajribasi orqali solfedjio kurslarida o'zbek mumtoz musiqasi va ayniqsa, maqom (cholg'u va ashula) namunalarini tadbiq etishga jazm qilindi. Maqomlardagi jiddiy metroritmik xususiyatlar, lad ko'rinishlari va shunga o'xshash unsurlar talabaning musiqiy qarashlarini boyitadi. Bundan tashqari ayni shu holat hozirgi zamonaviy ta’lim tizimidagi o'quv darslariga mosdir. Ritm - Sharq monodiyasining fundamental asoslaridan biridir. Amaldagi o'quv jarayonida, solfedjio darslarida ritm masalalariga afsuski kam ahamiyat berilayapti va xususan, maqom tafakkurining ritm tamoyillari chetda qolib ketmoqda. Ana shu jihatdan «Solfedjio darslarida ritm mashqlari» (2009) hamda «Maqom ritmlari solfedjio darslarida» o'quv qo'llanmalarini yuzaga kelishi mazkur sohadagi ijobiy siljishlardan darak beradi. «Maqom ritmlari solfedjio darslarida» o'quv-uslubiy qo'llanmasida amaldagi vazn va ritm malakalarini uslubiy asoslarini o'zlashtirish va ularni o'quv jarayonida yanada takomillashtirilish masalalariga qaratilgan. Qo'llanmadagi nota misollari talabalar tomonidan kuy va ohanglarning ritmik tuzilishiga ongli munosabatda bo'lish, ichki eshitish yo'li bilan ularning ma’no-mazmunini chuqur o'zlashtirish hamda nota matnlarini izchil va ravon o'qiy bilish maqsad qilingan. «Maqom ritmlari solfedjio darslarida» nomli o'quv qo'llanma talabalarning ritmik malakalarini oshirish yo'lida, «Solfedjio darslarida ritm mashqlari»ning davomi sifatida, o'z qatoridagi ikkinchi o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qiladi. «Maqom ritmlari»da oldingi qo'llanmadagi kabi ritm tuzilmalari tovushlarning baland-pastlik jihatlaridan alohida ajratilgan tarzda o'zlashtiriladi. Bunday yo'l tanlanishiga sabab, o'zbek musiqasida, xususan, maqomlarda ritm tuzilmalarining ustivor ahamiyati bilan bog'liq. Maqomlarda va umuman o'zbek musiqasida ritm ikkita nisbatan mustaqil qatlamlar tarzida namoyon bo'ladi: birinchi qatlam - usul, ikkinchi qatlam - kuy yo'lining ritmi. Ma’lumki, maqomlar azaldan og'zaki ravishda o'zlashtirilib kelinmoqda. Shunday bo‘lsa-da talabalarning bilim va tajribalarini oshirishda nota matnlarini o'qiy bilish hamda ularga qarab kuy sudurini tasawur etish juda muhim. Bu xususiyat solfedjio fanida ana shu ikki uslub - og'zaki va nota matniga qarab, kuy va ashulalarni ijro eta bilishlik juda katta ahamiyatga ega. Aks holda maqomlarni og'zaki o'rganish va nota matnlariga qarab, bilim va malakalar oshirish bir-biridan ajralib qoladi.
-
Методика преподавания музыки и школьный репертуар.
Дильбар Ташбаева,Музыкальное творчество, будучи особой формой отражения действительности, на протяжении всей истории человечества расширяло духовный кругозор людей.