-
-
-
-
-
-
-
Musiqa,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Maqom Solfedjiosi II qism
Svetlana Matyakubova,Mazkur "Maqom solfedjiosi" o`quv qo`llanmasida maqomlardagi lad va ritmik xususiyatlar musiqiy misollar orqali o`rganiladi. O'ziga xos jihati shundaki, lad tizimidagi bog'liqliklar, lad tarkibotiga alohida e'tibor qaratilgan. O'quv qo'llanmada V.Uspenskiy, Yu.Rajabiy, A.Boboxonov hamda Xorazm tanbur chizig'idan musiqiy namunalar olingan.
-
Zamonaviy musiqa
Makhina Abrarova,Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy musiqa san'atini yoritishga bag‘ishlangan. Unda XX-XXI asr boshida kompozitorlik ijodiyotidagi yangiliklar va o‘zgarishlar, yo‘nalish va janrlar tavsifi keltirilgan bo‘lib, mazkur davrga taalluqli manba va ma'lumotlar, musiqa san'ati rivojiga katta hissa qo‘shgan kompozitorlarning ijodiy faoliyati ko‘rib chiqilgan. O‘quv qo‘llanma oliy maxsus musiqa o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Шашмақом VI Ироқ
Юнус Ражабий,Мазкур қўлланмада хонанда ва бастакор Юнус Ражабий томонидан ёзиб олинган ўзбек халқининг мумтоз мусиқа мероси бўлмиш Шашмақом туркумига кирувчи VI Ироқ мақоми берилган. Мақомнинг матни ва нотаси ҳам ўзбек, ҳам рус тилида талқин қилинган. қўлланмадан мусиқа ва мақом йўналишида таълим олаётган талабалар, профессор-ўқитувчилар ҳамда мусиқага қизиқувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Шашмақом V Сегоҳ
Юнус Ражабий,Мазкур қўлланмада хонанда ва бастакор Юнус Ражабий томонидан ёзиб олинган ўзбек халқининг мумтоз мусиқа мероси бўлмиш Шашмақом туркумига кирувчи V Сегоҳ мақоми берилган. Мақомнинг матни ва нотаси ҳам ўзбек, ҳам рус тилида талқин қилинган. қўлланмадан мусиқа ва мақом йўналишида таълим олаётган талабалар, профессор-ўқитувчилар ҳамда мусиқага қизиқувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Шашмақом IV Дугоҳ
Юнус Ражабий,Мазкур қўлланмада хонанда ва бастакор Юнус Ражабий томонидан ёзиб олинган ўзбек халқининг мумтоз мусиқа мероси бўлмиш Шашмақом туркумига кирувчи IV Дугоҳ мақоми берилган. Мақомнинг матни ва нотаси ҳам ўзбек, ҳам рус тилида талқин қилинган. қўлланмадан мусиқа ва мақом йўналишида таълим олаётган талабалар, профессор-ўқитувчилар ҳамда мусиқага қизиқувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Шашмақом III Наво.
Ю.Ражабий,Мазкур қўлланмада хонанда ва бастакор Юнус Ражабий томонидан ёзиб олинган ўзбек халқининг мумтоз мусиқа мероси бўлмиш Шашмақом туркумига кирувчи Наво мақоми берилган. Мақомнинг матни ва нотаси ҳам ўзбек, ҳам рус тилида талқин қилинган. қўлланмадан мусиқа ва мақом йўналишида таълим олаётган талабалар, профессор-ўқитувчилар ҳамда мусиқага қизиқувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar
Z. Roʻzmetov,Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar” oʻquv qoʻllanmasi 2024-yilda 60211400-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi uchun ishlab chiqilgan “Maqom yakka xonandiligi” fani dasturi asosida tayyorlandi. Oʻquv qoʻllanmada Xorazm maqomoti va suvora turkumlariga nazira qilingan ashulalar, ijodkorlarning musiqiy merosi tasnifi, qoʻshiqlarning nota matni yaratilish tarixi bayon etilgan.
-
Ўзбек халқ чолғуларида ижрочилик тарихи
А. Одилов,Ушбу ўқув қўлланмада кўпдан бери қаламга олинмаган ўзбек халқ чолғуларида мусиқа ижрочилигининг асосий босқичлари ҳақида илк бор сўз юритилади.
-
Оҳангларда - эртаклар
Аваз Мансуров,Мазкур тўплам болалар ва ёшлар хор жамоалари учун мўлжалланган бўлиб, таниқли бастакор Аваз Мансуровнинг кейинги йилларда яратган энг capа қўшиқларидан тузилган. Бу қўшиқларда ҳур Ватанимиз, бахтиёр ва қувноқ ёшлик мадҳ этилган.
-
Тар ғунча
Зокиржон мадраҳимов,Мазкур китобда машхур халфа Назира Собирова ижодидаги Хоразм халфа қўшиқларининг энг нодир намуналари ва бетакрор ижроси ўз ифодасини топган.
-
Ғижжак дарслиги
Мурод Тошмуҳамедов,Қўлланма методик ва бадиий қисмлардан ташкил топган бўэлиб, унга ижрочилик техникасига оид машқлар этикалар киритилган. Методик қисмда ижрочилик услублари, ижро аппаратининг холатлари, чалишни ўргантиш методикаси ишлаб чиқилган.
-
Tanbur taronalari
Abdulla Umarov,O'quv qo'llanma milliy cholg'u asboblaridan biri bo'lgan tanburga bag'ishlangan bo'lib, unda cholg'uda o'rganishning uslubiy jihatlari, bu cholg'u uchun mo'ljallangan musiqa asarlari ham jamlangan. Ushbu o`quv qo`llanma ustoz O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rizqi Rajabiyning xotirasiga bag`ishlangan.
-
Boshlang'ich rubob darsligi
Usmonov Q.,Cholg'u musiqa san'ati o'zbek xalqining boy musiqa madaniyatida salmoqli o'rin tutadi. Tasviriy san'at yodgorliklari cholg' u asboblarining qadim zamondayoq vujudga keJib, xalq orasida keng tarqalganligidan hamda ularning birmuncha takomillashganligidan darak beradi. O'rta asr va undan keyingi davrda yaratilgan musiqa traktatlarida cholg'u asboblari va ularda ijro etiladigan musiqa asarlari haqida ma'iumotiar bor. O'rta Osiyoda yashagan buyuk olim al-Forobiy musiqa haqidagi risolasida shunday deb yozgan edi: (,Kishi ovoziga yaqin tovush chiqaradigan cholg'u asboblari - rubob. nay va surnaydir; ular ovozga juda yaxshi taqlid qiladi. Cholg'u asboblari ashulaga jo'r bo'ladi, ashulaning boshlang'ich musiqasini va uning orasidagi cholg'u qismini hosil qiladi~ . Cholg' u asboblarining al-Forobiy ta'rinagan vazifasi hozirgi davrga qadar saqlanib kelmoqda. Darvish Alining (XVIll) mashhur traktatida cholg'lI asboblarining mukammal ro'yxati , ularning kclib chiqishi va sozandalar haqida ham ma'iumot berilgan. Darvish Alining o'zi ham rebob (rubob o'sha paytda rebob deb atalgan) chalgan.lIgarigi paytda ham rubob tori beshta bo'igan. Ammo uning to'rtla tori i pakli, beshinchisi esa kumI:Jsh simli bo'igan. Shunday qilib, rubob qadimiy cholg'lI asboblaridan bo'lib. shu kungacha xalq qo'lidan tushmay kelmoqda. 1935-yili Toshkentda o' zbek xalq cholg'u asboblari ansambli tuzildi.
-
Шарқ мусиқий манбашунослиги (Х-ХIасрлар)
Зокиржон Орипов,Ушбу ўқув қўлланма Яқин ва Ўрта Шарқда мусиқа илмининг ривожидаги энг аҳамиятли даврлардан бири – X-XI асрлар араб тилидаги мусиқа адабиёти манбалари асосида юзага келди. Қўлланмада Абу Наср Форобий, Абу Али ибн Сино, Абу Мансур ибн Зайла, Абу Абдуллоҳ Хоразмий ва уларнинг мусиқага оид илмий ишлари ўрганилиши билан бирга, мусиқа илмига доир асосий манбалардан баъзи намуналар ва уларнинг таржималари берилган ҳамда арабча - русча - ўзбекча мусиқашунослик атамаларининг қисқача луғати илова қилинган.
-
Kompozitsiya
R.A.Xudayberganov,Mazkur o‘quv qo'llanma O‘rta maxsus o‘quv yurtlari Tasviriy san’at yo‘nalishidagi o'quvchilari uchun tuzilgan bo‘lib, tasviriy san’atning yetakchi bo‘g‘ini hisoblangan kompozitsiya bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengroq berishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu qo'llanma kompozitsiya fanidan tuzilgan dastur asosida yoritilgan. Qo'llanmada kompozitsiya ustida ishlash uslubiyati, kompozitsiya elementlari, mahobatli rangtasvir kompozitsiyasi to ‘g‘risida fikr yuritiladi. Kompozitsiya asoslari, rang, tus, devoriy rasm turlarining kompozitsiyasini ishlash qoidalari muhim bo‘g‘inlardan biridir. Mahobatli rangtasvir kompozitsiya eskizi, perspektiva va maket ashyoda ishlash kabi kompleks vazifalar bajarish bo‘lajak rassomlardan katta bilim va tajribani talab etadi.
-
Vokal texnikasi asoslari
Sherzod Pirmatov,Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbåkiston Davlat san’at instituti «Musiqiy fanlar va vokal» kafådrasida ko‘p yillar davomida qo‘shiqchilikka turli darajada layoqati bo‘lgan talabalar bilan ishlash natijasida vujudga kåldi. Odatda, oliy ta’lim muassasida tahsil olish uchun 17-18 yoshli yigit va qizlar kåladilar. Ulardan ko‘pchiligi musiqali drama tåatri aktyorligi va estrada qo‘shiqchisi kasbini egallashga o‘zida biroz layoqat tufayli o‘qishga kirsa, ayrimlari shunchaki ho-yu havas bilan kållib qoladi. Albatta, kåyingi toifadagi havaskorlar o‘zining yoshligi va shu sohada yåtarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi san’at ta’limining naqadar murakkabligini tasavvur ham qila olmaydi. Talabalar dastlab institutga qabul qilingan paytlarda, mazkur mutaxassislik uchun «ovozni yo‘lga qo‘yishi» muhim va zarur ekanligi haqida o‘ylab ko‘rmaganliklari tabiiy. Yaxshi qo‘shiq aytish uchun so‘zlarni, avvalo matnni aniq talaffuz qilib, matn mazmunini tinglovchiga yåtkazib bårish ham zarur bo‘ladi. Talabalarda yaxshi ovozga ega bo‘lishi bilan birga, «vokal» eshitish qobiliyati ham bo‘lishi, ovoz bilan «vokal usullari» yoki mashqlarni ko‘rsata olishi, buning uchun esa, o‘z ovozini to‘g‘ri boshqara olishi lozim. Talabalar bilan ishlash jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, musiqaga ma’lum iqtidori va tayyorgarligi bo‘lgan talabalarda ham odam anatomiyasi hamda nafas olish, gapirish, qo‘shiq aytish paytida inson tanasida ro‘y båradigan fiziologik jarayonlar haqida hatto tasavvurga ega emas. Ularda tovush madaniyati, ovoz gigiyånasi haqidagi eng oddiy tushunchalarning mavjud emasligi kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Ba’zan bunday muammolar
-
An'anaviy xonandalikda o'qitish uslubiyati
Sh.Matyakubov,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy musiqiy o‘quv yurtlari bakalavr bosqichining an’anaviy xonandalik mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada xonandalik uslubiyatining tarixi, qo‘llanilishi, ovoz turlari, ularda tovush hosil qilish, ijrochilik nafasi, ijro imkoniyatlari xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, an’anaviy xonandalar ansambllari, hamnafas– jo‘rovozlar ijro qiladigan mumtoz va bastakorlar yaratgan asarlar, O‘zbekiston an’anaviy xonanda o‘qituvchi va professorlari tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalar va pedagogik repertuarlarga izohlar ham berilgan. Qo‘llanma muallifning ko‘p yillik izlanishlari samarasi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, umumuslubiyat masalalariga qaratilgandir. Kitob davlat ta’lim standartlariga binoan san’at yo‘nalishidagi o‘quv reja va dasturlar asosida tayyorlangan.
-
Musiqa va uni o'qitish metodikasi
G.Sharipova,Mazkur o'quv qo'llanmasi bo'lajak o'qituvchilarni aqliy, axloqiy, madaniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalaydi, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtiradi hamda metodik ko'nikma va malakalar beradi. Mazkur o'quv qo'llanma musiqa ta'limi yo'nalishi bo'yicha bo'lajak o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Рубоб прима чолғу ижрочилиги
Гочбакаров А.,Мазкур ўқув қўлланма олий ўқув юртлари ўқитувчи ва талабалари учун мўлжалланган бўлиб, рубоб прима чолғу ижрочилик масалаларига бағишланган. Унда рубоб прима чолғуси, товуш чиқариш ва уни бошқариш, ижрочилик маҳоратини такомиллаштириш, шунингдек созандалар хақида сўз юритилади. Қўлланмага олий таълим муассалари талаблари, ижро имкониятларига мос келадиган асарлар танлаб олинган.
-
Cholg'u ijrochiligi (rubob)
Abduazimov R.,Mazkur o‘quv qo‘llanmada 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi (An’anaviy cholg‘ular)ga mos rubob uchun asarlar saralab olingan bo‘lib, Oliy ta’lim muassasalari uchun qolaversa, an’anaviy cholg‘u (rubob) ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan barcha mutaxassislarga mo'ljallangan.