-
MATEMATIK ANALIZNING KLASSIK USULLAR BILAN YECHILADIGAN MASALALARI
Bahrom Abdullayev, Rahimberdi Botirov, Ro‘zimboy Madrahimov,Matematika, -
-
-
-
Matematikadan sirtqi olimpiada masalalari
Kamalov Ne'matjon Bahodirovich, Olimbayev To'lqin G'ayrat o'g'li,Matematika, -
-
-
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlar
T.T.To‘ychiyev, J.K.Tishabayev, D.X.Djumabayev, A.M.Kitmanov,Matematika, -
-
-
-
-
Комплекс ўзгарувчининг функциялари назарияси
С.Сирожиддинов, Ш.Мақсудов, М.Салоҳиддинов,Matematika, -
-
Matematik analiz kursidan misol va masalalar to'plami 1
A.Sadullayev, H.Mansurov, G.Xudoyberganov, A.Vorisov, R.G'ulomov, B.Abdullayev,Matematika, -
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 2-tom,Chiziqli operatorlar. Chiziqli differensial operatorlarning elementar nazariyasi. Shturum-Liuvill operatori. Umumlashgan funksiyalar
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Matematika, -
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 1-tom, Dastlabki ma'lumotlar:Furye qatori va integrali. Furye almashtirish. Sobolyev fazosi
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Matematika, -
Mittag-Leffler funksiyasining kasr tartibli hosila qatnashgan tenglamalarni yechishga tatbiqlari
U.S.Madraximov,Matematika, -
Matematika,
-
-
MATEMATIK ANALIZNING KLASSIK USULLAR BILAN YECHILADIGAN MASALALARI
Bahrom Abdullayev, Rahimberdi Botirov, Ro‘zimboy Madrahimov,Ushbu uslubiy qo‘llanma matematik analizning klassik usullar bilan yechiladigan masalalariga bag’ishlangan bo‘lib, u unversitetlar va pedagogika institutlarining matematika, amaliy matematika va informatika yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallangan.
-
ABSTRAKT ALGEBRA
Sh.A. Ayupov, B.A. Omirov, A.X. Xudoyberdiyev,Mazkur o'quv qo'llanma "Matematika" bakalavr ta'lim yo'nalishi va ma gistratura mutaxassisligi talabalari uchun moʻljallangan bo'lib, "Matematika yo'nalishi oʻquv rejasidan joy olgan Algebra kursi va "Matematika" magistratura mutaxassisligi oʻquv rejasidagi Abstrakt algebra fanlari asosida yozilgan. Qo'llanmada gruppalar nazariyasiga doir dastlabki ma'lumotlardan tortib, ushbu nazariyaning qo'shimcha boblari hisoblangan nilpotent va yechiluvchan gruppalar hamda Silov teoremalari haın keltirilgan. Qo'llanmada halqalar va ideallar nazariyasi batafsil keltirilib, ideallarning turlari va xossalari ham keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, o'quv qoʻllanmada algebraning juda muhim nazarivalaridan biri boʻlgan Galua nazariyasi batafsil yoritilgan. Qo'llanmada har bir mavzuga oid nazariy ma'lumotlar va ta'riflar keltirilib. teoremalar va xossalar toʻliq ishotlari bilan berilgan. Har bir mavzudan keyin misol va masalalar ishlab koʻrsatilgan handa talabalarga mustaqil ishlashlari nchun mashqlar keltirilgan. O'quv qo'llanma gruppalar, halqalar va maydonlar nazariyasini chuqur o'rganishni rejalashtirgan stajer-tadqiqotchi va tayanch doktorantlar uchun ham foydali hisoblanadi.
-
Kompyuterli matematik tizimlar
Y.K.Xudayberganov, Z.R.Raxmonov,O‘quv qoʻllanma 60540200 — “Amaliy matematika” ta’lim yoʻnalishi mutaxassisligi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, oʻquv rejadagi “Kompyuterli matematik tizimlar” predmetlari dasturlariga to‘liq mos keladi. Hozirgi kunda Maple paketi yordamida elementar va oliy matematikaning deyarli barcha masalalarini yechish mumkin.
-
Альтернатив технологияларни бирга яратамиз
Коллектив.,Ушбу лойиҳа қишлоқ ҳудудларида электр таъминотини яхшилаш мақсадида арзон ва самарали қуёш энергияси тизимини ишлаб чиқишга қаратилган. Тизим кам харажат билан ўрнатилади ва экологик тоза энергия манбаси ҳисобланади. Лойиҳа аҳоли турмуш сифатини ошириш ва энергия танқислигини камайтиришга ёрдам беради.
-
Matematikadan sirtqi olimpiada masalalari
Kamalov Ne'matjon Bahodirovich, Olimbayev To'lqin G'ayrat o'g'li,Mazkur qo'llanmada Xalq ta'limi vazirligining eduportal.uz va Urganch davlat universitetining olimp.urdu.uz saytlarida o'tkazilgan sirtqi Matematika olimpiadalarida taklif qilingan masalalar, tuman, viloyat va respublika fan olim-piadalarida taklif qilingan masalalar joy olgan. Qo'llanma 4 bobdan iborat bo'lib, 1-bobda berilgan 300 ta masalaning to'liq yechimlari 4-bobda berilgan. 2-bobda mustaqil yechishga berilgan 150 ta masalada javoblar va ko'rsatmalar keltirilgan. 3-bob 200 ta testdan iborat bo'lib, testlarning kalitlari berilgan.
-
Parametrga bog'liq integrallar
M.D.Vaisova, B.B.Yusupov, U.M.Sobirov,Uslubiy qo'llanma oliy matematika va matematik analiz fanini o'quvchi bar-cha universitet talabalari, o'qituvchilar, magistrantlari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda parametrga bog'liq xos va xosmas integrallarning funksional xossalarini tek-shirish, bu xossalar orqali integrallarni hisoblash usullari tahlil qilingan. Ba'zi mu-him integrallar alohida o'rganilib, ularni hisoblash va boshqa integrallarni hisob-lashga tadbiq qilish usullari keltirilgan. Mavzularga oid misollar yechimlari yoritil-gan va mustaqil ishlash uchun masalalar bilan boyitilgan.
-
Matematik fizika tenglamalari fanidan masalalar to'plami
M. Ro'zmetov,Qo'llanmada "Matematik fizika tenglamalari" fanidan amaliy mashg'ulotlarda yechish uchun masala va misollar keltirilgan. Ushbu uslubiy qo'llanmaning asosiy maqsadi oliy o'quv yurtlarida matematika, amaliy matematika, mexanika va matematik modellashtirish ta'lim yo'nlaishlarida tahsil olayotgan talabalarda "Matematik fizika tenglamalari" faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
-
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlar
T.T.To‘ychiyev, J.K.Tishabayev, D.X.Djumabayev, A.M.Kitmanov,Qo‘llanma kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu fanning o‘quv dasturi asosida tuzilgan va o‘quv adabiyoti Davlat ta’lim standartining bakalavr mutaxassisligi 51301100 – matematika, 5140300 – mexanika va 5140200 – fizika yo‘nalishlariga mos keladi.
-
Chizma geometriya
Sh.Murodov, L.Hakimov, A.Xolmurzayev, M.Jumayev, A.To'xtayev,Darslikda nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklarning to'g'ri burchakli proyeksiyalarini yasashning nazariy asoslari, shuningdek, egri chiziq va sirtlarning hosil bo'lishi va chizmada tasvirlanish usullari bayon etilgan. Geometrik shakllarning o'zaro va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari bilan bog'liq pozitsion va metrik masalalarni yechish, sirtlarga urinma tekisliklar o'tkazish, sirtlarning yoyilmalarini yasashga oid nazariy va amaliy masalalar ko'rilgan. Aksonometrik proyeksiyalar va ularni turli pozitsion masalalarni yechishda qo'llash keng yoritilgan.
-
Hisoblash usullari
Toshboev S, Imamov A.,O'quv qo’llanma universitetlaming 5130200-«Amaliy matematika va informatika» bakalavr yo’nalishi uchun mo’ljallangan. Unda sonli tenglamalar, ulaming chiziqli va nochiziq sistemalari, xos sonlar muammosi, interpolyasiya, taqribiy integrallash. oddiy differensial tenglamalar uchun boshlang’ich va chegara masalalar, xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun chegara masalalar, integral tenglamalaming taqribiy yechish usullari qaralgan. Barcha usullaming Mathcad va Maple tizimlardagi yiriklashtirilgan algoritmlari, programmalari, yechimlaming grafik tasvirlari keltirilgan.
-
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi
Djumayev Mamanazar,Ushbu darislik matematika o'qitish metodikasi dasturiga mos holda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini oshirish,o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan,xorij tajribalari asosida boyitilgan yangi metodlar mujassamlashgan,to'ldirilgan va qayta ishlangan.
-
Мухаммад Хорезмий- уллы математик
Х.Сыддықов,Китапқумардардын дыққатына усынылып отырған бул китапшада эййемги Шығыс ҳэм Орта Азияда,Европада путкил жер жузи мэдениятынын ғэзийнесинде, жер жузи илиминде белгили из қалдырған ойшыл, алгебра пэнинин атасы Абу-Абдулла Мухаммад ибн- Муса аль - Хорезмийдин математика, астронимия ҳэм географияилимлеринин раўажланыўына қосқаи улеси ҳэм жасаған дэўири ҳаққында қысқаша баян етиледи.
-
Комплекс ўзгарувчининг функциялари назарияси
С.Сирожиддинов, Ш.Мақсудов, М.Салоҳиддинов,Бу китоб университетлар механика-математика ва педагогика институутлари физика-математика факультетлари талабалари учун мўлжалланган. Қўлланма ўзбек тилида биринчи марта ёзилганлиги туфайли авторлар кўпчилик темаларни соддароқ тил билан тўлароқ ёзишга ҳаракат қилганлар.
-
Ақл мўъжизаси
В.Қобулов,Академик Восил Қобулов кибернитага оид олтита йирик монография ва юзга яқин илмий ишлар муаллифидир. Унинг мазкур китоби кибернетикага бағишланади.
-
Matematik analiz kursidan misol va masalalar to'plami 1
A.Sadullayev, H.Mansurov, G.Xudoyberganov, A.Vorisov, R.G'ulomov, B.Abdullayev,Darslikda matematik analiz fanida uchraydigan dastlabki tushunchalar, sonli ketma -ketlik va uning limiti, funksiya va uning limiti, funksiya uzluksizligi va tekis uzluksizligi, funksiyaning hosila va differensiali, differensial hisobning asosiy teoremalari va tadbiqlari, aniqmas va aniq integrallar, aniq integrallarning ba'zi bir tadbiqlari va sonli qatorlar mavzulari keltirilgan
-
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 2-tom,Chiziqli operatorlar. Chiziqli differensial operatorlarning elementar nazariyasi. Shturum-Liuvill operatori. Umumlashgan funksiyalar
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Darslikning 2-tomida Chiziqli operatorlar. Chiziqli differensial operatorlarning elementar nazariyasi. Shturum-Liuvill operatori. Umumlashgan funksiyalar nazariyasiga oid tushunchalar va teoremalar bayon qilingan. Ushbu darslik universitetning matematika yo'nalishi magistranlari uchun mo'ljallangan
-
Matematik fizikaning zamonaviy usullari 1-tom, Dastlabki ma'lumotlar:Furye qatori va integrali. Furye almashtirish. Sobolyev fazosi
Sh.G.Kasimov, T.N.Aliqulov, U.S.Madraximov, M.M.Babayev,Darslikning 1-tomida matematik fizikaning zamonaviy usullariga oid dastlabki ma'lumotlar,Furye qatori va integrali. Furye almashtirish. Sobolyev fazolari mavzulari yetarlicha bayon qilingan. Ushbu darslik universitet matematika yo'nalishi magistranlari uchun mo'ljallangan
-
Mittag-Leffler funksiyasining kasr tartibli hosila qatnashgan tenglamalarni yechishga tatbiqlari
U.S.Madraximov,Ushbu uslubiy qo'llanma 70540101-Matematika (yo'nalishlar bo'yicha) magistratura mutaxassisligi yo'nalishi fanlar blokiga kiruvchi "Ilmiy seminar" fani o'quv dasturini bir qismini o'z ichiga olgan mavzular asosida yozilgan. Uslubiy qo'llanma yettitata paragrafdan iborat.
-
Differensial tenglamalar nazariyasining tanlangan boblari
U.A.Xoitmetov,O‘quv qo‘llanmada matritsalarning Jordan normal shaklidan foydalanib, Rikkati (algebraik, skalyar va matritsaviy differensial) tenglamalarini yechish usullari yoritilgan.
-
Sonli usullar I-qism
Ch.B.Normurodov,Ushbu darslikda fizik va texnik xarakterga ega bo'lgan muammolarni tadqiq etishda paydo bo'ladigankeng doiradagi matematik masalalarni yechishga mo'ljallangan asosiy sonli usullar bayon qilinadi.