-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
Huquq sohalari,
-
Фукаролик жамияти институтларини шакллантириш ва ривожлантириш
Нажимов К.М., Хусанбаев О.О., Сайдуллаев А.Ш.,Huquq sohalari, -
Huquq sohalari,
-
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
Ekologiya huquqi
H.I. To`xtashev,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
A.U. Nishonov,O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi fani dasturi asosida tayyorlangan bo'Iib, unda Ekologiya huquqi fanining tushunchasi, predmeti, metodlari, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining ekologik-huquqiy holati, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik, yer, suv, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hududlarning ekologik-huquqiy tartibi hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilish masalalari atroflicha yoritilgan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar)
D.Y.Xabibullayev,Mazkur o'quv qo'llanmada Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savollar va javoblar, har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitishning interaktiv usullaridan keng miqyosda foydalangan holda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarni mavzularning asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi va tushunishiga, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishda, olgan bilimlarini amalda qo'llashga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanma nafaqat talabalar uchun, balki fuqarolik ishlari bo'yicha sudyalikka nomzodlar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan.
-
Biznes huquqi
M.R. Tadjibayeva,Mazkur o'quv qo'llanma Biznes huquqi fani bo'yicha talabalarning o'quv salohiyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, undagi tushunchalar soddalashtirilgan tarzda taqdim etilgan va mavzu bo'yicha mustahkam poydevor yaratish uchun zarur bo'lgan asosiy bilimni qamrab oladi. O'quv qo'llanmada noan'anaviy yondashuvga amal qilingan bo'lib, har bir bobda asosiy huquqiy atamalar va tushunchalar, keyinchalik o'qish uchun havolalar, mavzu yakuni bo'yicha savollar, kazuslar va video materiallar uchun QR-kodlar mavjud.
-
Biznes huquqi
J. Askarov,Ushbu o'quv qo'llanmada tadbirkorlik huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish, tugatishning huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaiashtirish va kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorlik subyektlarining davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va javob-garlik asoslari kabi mavzular yoritilgan.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
R.T. Berdiyarov, D.Y.Xabibullayev,Iqtisodiy protsessual huquqi moduli asosida tayyorlangan o'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida iqtisodiy ishlarni birinchi instansiya sudida ko'rish masalalari hamda ikkinchi qismida sud hujjatlarini qayta ko'rish institutlari bilan bog'liq mavzular savollar va javoblar tarzida bayon etilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlash jarayonida sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, o'quv va ilmiy adabiyotlar hamda sud amaliyoti materiallaridan foydalanildi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida ta’lim olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari hamda soha qonunchiligiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
Z.N.Esanova,Mazkur o'quv qo'llanma fuqarolik protsessual huquqi modulidan ma`ruza va seminar mashg'ulotlarini o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, aynan o'qituvchi va o'quvchiga fanni o'zlashtirishda qulay dastur sifatida tavsiya etiladi.
-
Rim huquqi
V.R.Topildiyev, B.R.Topildiyev, M.Y.Usmonov,Ushbu o'quv qo'llanmada Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti, tizimi va manbalari, huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar, munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar, majburiyat huquqi tushunchasi va majburiyatlarning alohida turlari, vorislik huquqi kabi masalalar yiritib berilgan.
-
Biznes huquqi
A.N.Rahmonov, N.M.Umurzakova, D.R.Rustamova, M.Tadjiboyeva,Ushbu o'quv qo'llamada biznes huquqi sohasidagi huquqiy islohotlar, ularni talabalarga yetkazib berishning yangi uslublari va barcha mavzular bo'yicha namunaviy ssenariylar bayon qilingan.
-
Soliq huquqi
R. T. Berdiyarov, Z. N. Qurbonov,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Soliq akademiyasi tomonidan tasdiqlangan "Soliq huquqi" fani bo'yicha o'quv rejasi, namunaviy va ishchi o'quv dasturlari asosida tayyorlangan. O'quv qo'llanmada har bir mavzu alohida boblar asosida yoritilgan bo'lib, unda tayanch so'z va iboralar, talaba o'z bilimlarini tekshirishi uchun nazorat savollari, amaliy seminar mashg'uloti rejalari, ilmiy tadqiqot faoliyati uchun mustaqil ish mavzulari, har bir mavzuni mustahkamlash uchun test savollari fanni chuqurroq o'rganish maqsadida barcha mavzularga doir foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan.
-
Мажбуриятлар бажарилишини таъминлашнинг ҳуқуқий асослари
Д.Б.Рахимов,Ўқув қўлланмада мажбуриятлар бажарилишини таъминлашнинг ҳуқуқий асослари ёритилган. Қўлланма юрисконсультлар, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, олий юридик таълим муассасалари талабалари учун мўлжалланган
-
Фукаролик жамияти институтларини шакллантириш ва ривожлантириш
Нажимов К.М., Хусанбаев О.О., Сайдуллаев А.Ш.,Мазкур укув-услубий мажмуадан олий укув юртлари талабалари, укитувчилар, илмий ходимлар, аспирант ва тадкикотчилар, шунингдек урта-махсус касб-хунар таълим муассасалари, урта мактаб укувчилари хамда кенг китобхонлар фойдаланишлари мумкин
-
Ўзбекистон Республикасининг Божхона кодекси
А. Омонов, Г. Ортиқхўжаев,Китобда Ўзбекистон Республикасининг божхона кодекси, умумий қоидалар, асосий қоидалар, божхона тўғрисидаги қонун хужжатлари, кодексда қўлланиладиган асосий тушунчалар баён этилган.
-
Ҳуқуқ ва адолат: ўтмиш, бугун, истиқбол
Ражабова М.,Ушбу китобда исломда давлатчилик ва унингтарихий-ҳуқуқий илдизлари, шариатда жиноятларни таснифлаш ҳамда уларга жазо белгилаш масалалари чуқур таҳлил қилинади. Китоб юридик соҳа мутахассисларига, олимлар, магистрлар, талабалар ва ушбу масалалар билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Хукукшунослик
. Исломов, М. Мирхамидов,Ўзбекистон ўз мустақиллигини қўлга киритган кунлардан бошлаб жамиятимизнинг барча соҳалари қатори ҳуқуқшунослик соҳасида ҳам улкан ўзгаришлар рўй бермоқда. Жумладан, ўзбек қонунчилиги соҳасида, ҳуқуқ, давлат атамаларини тушуниш, унинг моҳияти ва мазмунини англашда янгича ёндашувлар пайдо бўлди. Умуман, жамият ҳаётини ўрганиш, билиш ва уларни такомиллаштиришда ҳуқуқшунослик фани беқиёс катта аҳамият касб этади. Мамлакатимизда амалга оширилаётган иқтисодий, сиёсий, ижтимоий ва маънавий ислоҳотлар мустаҳкам ҳуқуқий заминга таянган ва қатъий равишда давлат томонидан таъминлаш механизмига эга бўлган тақдирдагина самарали бўлиши талаб этмайдиган аксиомадир
-
Фуқаролик ҳуқуқи
Рўзиев Р.,Ушбу қўлланма ўз маэмун-моҳиятига кўра юридик, шунингдек ноюридик ўқув юртлари ўқитувчилари, аспираитлари ва талабалари ҳамда амалиёт ходимларига мўлжалланган бўлиб, унинг мақсади ҳуқуқ тизимида марказий ўринлардан бирини эгаллаган фуқаролик ҳуқуқининг тушунчаси, предмети, методи, вазифалари ва тамойил- лари ҳақида умумий тасаввур ҳамда билимга эга бўлишга йўналтирилган
-
Sudda ish yuritish
M.Sattorova, M.Alamberdiyeva,Mazkur o‘quv qo‘llanmada sudda ish yuritish fanining tushunchasi, vazifalari hamda ish yuritish bilan bog‘liq harakatlar yoritilgan bo‘lib, ushbu harakatlarııi bajarishda qo*yilgan talablar to‘g‘risida keng ma'lumotlar berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ijallangan.
-
Shartnomaviy majburiyatli munosabatlarning huquqiy asoslari
Raximov D. B.,O‘quv qo‘llanmada shartnomaviy majburiyatli munosabatlaming huquqiy asoslari yoritilgan. Qo‘Ilanma yuriskonsultlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy yuridik ta’lim o‘quv muassasalari talabalari va malaka oshirish markazlari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.
-
давлат ва хуқуқ асослари
А. Саидов.,Республикада демократик хуқуқий давлат юарпо этиш ва адолатли фукоролик жамиятини қарор топтириш мақсадида эълон қилинади.