-
Hayvonlarni oziqlantirish va boqish,
-
HAYVONLARNI OZIQLANTIRISH
B. YAXYAYEV, K. XAYDAROV,Chorvachilikda yem-xashak bazasidan tejamkorlik va unumli foydalanish yo‘li bilan chorva mollaridan yuqori sifatli mahsulot olish, ulaming sog‘ligini saqlash va serpushtligini ta’minlashda to‘liq qiymatli oziqlantirishning ahamiyati kattadir. Xo‘jaliklarda yetishtirilgan ozuqabop o‘simliklar va xarid qilingan ozuqalaming sifeti va to‘yimliligini o ‘rganish, ushbu ma’lumotlar yordamida to‘liq qiymatli oziqlantirish ratsionlarini tuzish, oziqlantirishning to‘liq qiymatliligini nazorat qilish, ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining, shu jumladan go‘sht, sut, tuxum, jun va boshqa mahsulotlar birligiga sarf bo‘lgan ozuqa miqdorini hisoblash va oziqlantirishning iqtisodiy samaradorligini nazorat qilish chorvachilikda asosiy vazife hisoblanadi.