-
-
-
-
Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash. ("Shriftlar" bo`yicha amaliy mashg`ulotlar)
Ro'ziyev E., Tojiyev J.,Dekorativ - amaliy san’at, -
-
Dekorativ - amaliy san’at,
-
Амалий санъат қисқача луғати
Жамоа,Амалий санъат-энг оммавий,энг халқчил энг ҳаётий ижод ифодаси. Инсондаги гўзалликка бўлган табиий интилиш гўзаллик қўонунлари асосида бунёдкорликнинг яққол намунасидир. Амалий санъат асарлари ва буюмлари инсоннинг моддий муҳитини нафислаштиришга эстетик бойитишга хизмат қилади.
-
Akademik rangtasvir
A.A.Amanullayev,Akademik rangtasvir nomli darsligi san`atshunoslik fakul`teti Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi kafedrasida Tasviriy san`at va amaliy bezak san`ati magistratura mutahassisi tayyorlovchi kafedralar magistrantlari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda tasviriy san`atning muhim bo`g`ini bo`lgan Akademik rangtasvir fani bo`yicha nazariy va amaliy mashg`ulotlar mazmuni yoritilgan. Akademik rangtasvirda kompozitsiya qonuni, perspektiva asoslari, chiziqli perspektiva, konustruktiv qurilish, yorug`-soya qonuniyatlari, buyumlarning tuzilishi va ularni akademik metod jihatdan bosqichmabosqich tasvirlash usullari, odam plastik anatomiyasi haqida umumiy ma`lumot, odamning portreti va gavdasini tasvirlash metodlari, buyuk rassomlar asarlarini ilmiy tahlili. Akademik rangtasvirning kelibchiqish tarixi, akademik rangtasvrning paydo bo`lishida buyuk rassomlarning, ular tomonidan qo`shgan hissalari haqida ma`lumotlar berilgan. Darslik uch bobdan iborat, birinchi bob to`rt qismdan iborat bo`lib akademik rangtasvirning nazariy masalalariga bag`ishlangan. Har bir bobda nazorat savollari, tayanch iboralar va glosariylar mavjud. Birinchi qismda esa Akademik rangtasvir fanining kelib chiqish tarixi, qadimgi dunyo tasviriy san`at tarixiga oid tasvirlarning paydo bo`lishi, Yevropa tasviriy sana`atiga oyid asarlarni o`rganish va tahlil qilish, Osiyo mamlakatlarining tasviriy san`atga oyid asrlarini o`rganish va tahlil qilish, O`zbekiston hududida rangtasvir san`atini kelib chiqishi va shakillanishi to`liq bayon qilingan. Ikkinchi va uchinchi bobi amaliy mashg`ulotlardan iborat bo`lib. Tugatilgan rangtasvir asarlarini bajarishda g`оya va kompozitsiyaning o`rni va ahamiyati, Tasviriy san`at asarlarida falsafiy obrazli g`oyalarni aks ettirish talqin qilish mavzulari berilgan bo`lib ilmiy jihatdan ushbu mavzular (ilyustratsiyalar) buyuk rassomlar asarlari yordamida tahlil qilib berilgan. Ushbu darslikqa o`rta mahsus ihtisoslashtirilgan madaniyat va san`at maktablari, Oliy ta`limda san`atshunoslik fakultetida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura mutahassisliklari hamda tasviriy san`at fani bilan shug`ullanuvchi barcha mutahassislar va pedagoglar foydalanishlari mumkin.
-
Камалак яшайдиган уй
Н.Норматов,Қадирли китобхонлар! Қўлингиздаги ушбу китобда таниқли мусаввир Ўзбекистон ССР халқ рассоми Хамза мукофоти лауреати Рўзи Чориевнинг хаёт йули ва ижодий фаолияти қизиқарли йўсинда ифода этилган.
-
Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash. ("Shriftlar" bo`yicha amaliy mashg`ulotlar)
Ro'ziyev E., Tojiyev J.,Amaldagi o`quv adabiyotlarda asosan standart chizma shriftlaridan tashqari ma'lumotlarning nihoyatda kamligi sababli shrift turlari, ularni bajarish texnikasi, amaliy qo`llanilish, shuningdek Sharq kalligrafiyasi (xattotlik san'ati)ga oid materiallar hamda amaliy ko`nikmalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan mashqlarga alohida e'tibor qaratildi
-
Nasif san`at jilosi
Rustamjon Abdurahmonov,Hunarmandchilik milliy madaniy merosimizning ajralmas bir qismi sifatida qadim oʼtmishdan buyon xalqimiz tomonidan yaratilgan sanʼat durdonalarini avloddan avlodga oʼtkazib kelishda oʼziga xos koʼprik vazifasini oʼtab kelmoqda. Bu anʼanani uzluksiz davom ettirishda “ustoz-shogird” munosabatlari taʼsirida tarbiya topgan hunarmand usta va murabbiylarning hissasi beqiyos. Bugungi kunda yurtimizda shunday avlodning yorqin vakillaridan biri Rustamjon Аbdurahmonovdir. Milliy hunarmandchilik va sanʼatimizning chanqoq vakili boʼlgan Rustamjon Аbdurahmonov usta naqqosh kulollar sulolasining uchinchi avlod davomchisi hisoblanadi. U oʼtgan asrning 90 yillarida hunarmandchilik sohasiga kirib kelib, milliy hunarmandchiligimizda oʼzining yangi uslubini yaratgan va shu yoʼnalishda yangi maktabga asos solgan. Bugungi kunda Rustamjon Аbdurahmonovning nomi, uning ijod namunalari nafaqat Oʼzbekistonda, balki koʼplab xorijiy davlatlarda ham maʼlum va mashhur.
-
Dekorativ amaliy san'at yo'nalishi bo'yicha ashyoshunoslik
Qayumov N. R.,Badiiy ganch o`ymakorligi mutaxassislgi uchun mo`ljallangan mazkur o`quv qo`llanmada ganchkorlikda ishlatiladigan materiallarning klassifikatsiyasi, ularning xususiyatlari va ishlatilishi haqida malumot berilgan.