-
Avtomatika va telemexanika,
-
-
Avtomatika va telemexanika,
-
Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Ў.С. Сирожиддинов,Ўқув қўлланмаси техника олий ўқув юртларининг 5521100-“Ер усти транспорт тизимлари” бакалавр тайёрлаш йўналиши бўйича таҳсил олаётган талабалар учун мўлжалланган бўлиб, замонавий автоматика воситалари, микропроцессор техникаси элементлари, уларнинг тузилиши, ахборот алмашиш усуллари, уларда юз берадиган жараёнлар тўғрисида маълумотларни ўз ичига олади. Қўлланмада рақамли ҳисоблаш ва микропроцессорли техника асосий қурилмаларининг умумий тавсифлари, ҳисоблаш тизимлари, программалаш асослари сингари муҳим жиҳатлари хусусида тушунчалар берилган.
-
Avtomatik tizimlarni loyihalash
R.T. Gazieva,Ushbu o'quv qo'llanmadaavtomatlashtirish tizimlarini loyihalashning asosiy masalalari yoritilgan bo'lib, bu yerda loyihalashda qo'llanuvchi asosiy me`yoriy hujjatlar ko'rib chiqilgan, avtomatlashtirish sxemalarini ishlab chiqish, boshqaruv ob`ektlarini tekshirish, nazorat o`lchov asboblarini tanlash masalalari keltirigan hamda hozirgi kunda avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashda qo'llanilayotgan yangi me`yoriy hujjatlar bilan to'ldirilgan. O'quv qo'llanma - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo'jaligida), - Elektr energetikasi (suv xo'jaligida), - Qishloq xo'jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish bakalavr yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan shu sohadagi magistrlar hamda qishloq va suv xo'jaligi sohasidagi mutaxassislar, soha bo`yicha malaka oshiruvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Avtomatikaning texnik vositalari
A.X.Vaxidov, D.A.Abdullayeva,Mavjud o’quv qo’İlanına 5521800- « Avtomatlashtirish va boshqaruv» (suv xo’jaligida), 5520200 - «Elektroenergetika» (suv xo’jaligida) va 5630200 -«Qishloq xo’jaligidagini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» yo’nalishlariga «Avtomatikani texnik vositalari» fanini o’rganish uchun taqdim etiladi. Ma’lumki, turli xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda faqatgina alohida texnik vositalar o’rtasidagi bog’lanishlarni e’tiborga olish zarur, shundan so’ng esa umumlashgan fizik kattaliklarni o’zgartirish mumkin. Avtomatik boshqarish qurilmasidagi har bir vosita alohida o’zining flınksiyasini bajaradi. Bunday avtomatik vositalarlarga avtomatika datchiklari, avtomatika kuchaytirgichlari, mantiqiy va funksional vositalar, elektrik relelar, rostlashning rostlagich va mikroprotsessorli rostlagichlarni va ijrochi mexanizmlarni misol keltirish mumkin. Bu o’quv qo’llanmada avtomatikaning texnik vositalarini o’rganish, qo’llanish sohalari va texnik tavsiflari keltirilgan.