Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): | Yuklab olish |
---|---|
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
Fayl formati: | |
Fayl format turi: | application/pdf |
Fayl hajmi: | 14.46 MB |
Turi: | Badiiy kitoblar |
Tili: | O‘zbekcha |
Kitob yozuvi: | O'zbek kiril |
Matn turi: | Elektron shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Kamissar Megre
Ishonchimiz komilki, ko‘pchilik detektiv ishqibozlari muayyan asarga yozilgan «so‘zboshi»ni ham, «so‘nggi so‘z»ni ham o‘qishmaydi. Chunki ular shu tobda o‘zlarini qiziqtirayotgan savolga baribir javob topa olmasliklarini biladilar. Xo‘sh, Jorj Simenonning ushbu kitobini, aytaylik, «Megre va vinofurush» romanini mutolaa qilgan o‘quvchini birinchi navbatda nima qiziqtiradi? Sezib turibmiz, hozir siz: «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo‘ldiykin?» deb o‘zingizcha bosh qotirmoqdasiz. Mabodo: «Bu savolga javob berishdan ojizmiz» desak, «Ana, aytmaganmidim!» deya chuqur uf tortasiz. Lekin ming afsuski, hafsalangizni pir qilishga majburmiz — rostdan ham, shu tobda sizni qiynayotgan savolga baribir qoniqarli javob qaytarolmaymiz. Negaki: 1. Detektiv mavzusidagi har qanday badiiy asar sud yoki prokuratura mahkamalaridagi, jinoiy qidiruv bo‘limlaridagi «shaxsiy delo»lardan butunlay farq qiladi — haqiqatni iskovich itlar yoki moddalarni to‘tiqushdek yodlab olgan «ola tayoqlar» emas, balki aql-idrokli qahramonlar aniqlaydilar. 2. «Megre va vinofurush» romani J. Piguning qo‘liga kishan solinishi bilan yakunlanadi. «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo‘ldiykin?» degan savolga Jorj Simenonning navbatdagi romanidan javob toppish mumkin edi. Jillaqursa, yozuvchi yangi asarida yo‘lyo‘lakay komissar Megrening o‘tmishdagi xizmatlari qatorida «bir qotil»ni o‘lim jazosidan qutqarib qolganini eslatishi ehtimoldan xoli emas edi. Ammo J. Simenon yangi romanini nihoyasiga yetkazmadi: 1972-yilning oxirlarida u ijodiy ishlardan sovidi, bezib qoldi. Keyinchalik u roman yozishni butunlay yig‘ishtirib qo‘yganini rasmiy ravishda e’lon qildi. Shunday qilib, «Oskar» deb atalgan yangi romani chala-yarim holida yozuv stolida qoldi.
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821.512.133-3 |
Kitob nashriyoti nomi: | Sharq |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-26-472-4 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2019 Yil |
Betlar Soni: | 400 |