Epidemiologiya

Kitob mualliflari O. M. Mirtazayev, L. P. Zuyeva, G. S. Matnazarova,

Ushbu kitobda odamlar orasida har qanday patologik holatlarning (kasalliklarning) paydo bo'lishi va tarqalishi qonuniyatlarini o'rganadigan va ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fan sifatidagi epidemiologiyaning hozirgi zamondagi bayoni taqdim etilgan. Umumiy epidemiologiya qismida epidemik jarayon to'g'risidagi ta'limotga, epidemiologik tekshiruv usullariga, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning mavjud vositalari va usullaridan foydalanishga, epidemiologik nazorat tizimiga alohida e'tibor qaratilgan.Epidemiologiyaning eng so'nggi tekshiruv usullari, (epidemiologik tashxisot) shu jumladan, ularni amalga oshirish mufassal bayon etilgan. Xususiy epidemiologiya qismida antroponoz, zoonoz va sapronoz kasalliklarning har birining epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazorati izchillik bilan to 'la-to'kis bayon qilingan. Birinchi marta epidemiologiya darsligida gospital epidemiologiyaning ta'rifi, nazariy jihatlari, kasalxona ichi infeksiyalari bilan kurash tizimi va vositalari batafsil yoritilgan.

Fan yoʻnalishi: | Sotsial gigiena va sog‘liqni saqlashning tashkil etilishi |
UDK 613.295.784
Kitob nashriyoti nomi: Renessans press
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent shahri
ISBN: 978-9943-4541-9-4.
Kitob nashr qilingan yili: 2020 Yil
Betlar Soni: 602
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 50.70 MB
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH