O'ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG'ATI

Kitob mualliflari R.Y.Xudoyberganov,

O'zbekiston Respublikasidagi joy nomlari nihoyatda ko'p va rang-barang boʻlib, ular mazmunan boy hamda tarixiy sanaladi. Mazkur lug'atda katta obyektlar, tarixiy va ayrim zamonaviy nomlar jamlangan. Asosiy maqsad, ushbu joy nomlarining ma'nolarini aniqlash va belgilab olish hamda kelgusida shu sohada ilmiy-tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilar uchun zamin hozirlash, eng asosiysi, yoshlarga mazkur nomlarning ma'nolarini bekam-u ko'st yetkazishdan iborat. Ayni paytda, ushbu kitob joy nomlarining lotin alifbosiga asoslangan o'zbek yozuvida yozilishi har bir kitobxonga, qolaversa, rasmiy idoralar va tashkilotlarga ko'mak beradi. Mazkur lug'at O'zbekiston Toponimika jamiyatining yig'ilishida muhokama qilinib, 2021-yilning 30-sentabrida 1-sonli bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan. Ushbu kitob ilk nashr boʻlib, unga tarixiy joy nomlarining ayrimlarigina kiritildi. Kelgusida kitobxonlarning taklif va mulohazalarini inobatga olib to'ldirilib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan chop etildi.

Fan yoʻnalishi: | Tilshunoslik |
UDK 811.512.21133'373.
Kitob nashriyoti nomi: Donishmand ziyosi
Kitob nashr qilingan shahar: TOSHKENT
ISBN: 978-9943-7673-7-9
Kitob nashr qilingan yili: 2022 Yil
Betlar Soni: 623
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 5.92 MB
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH