Ushbu darslik bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish-tеxnik soha; ta`lim sohasi: 320000 – Ishlab chiqarish tеxnologiyalari; ta`lim yо`na-lishlari: 5111000 – Kasb ta`limi (5320900 – yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi), 5311000 – Texnologik jara-yonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, tо`qimachilik va yengil sanoati), 5320300 – Texnologik mashinalar va jixozlar (tо`qimachilik, engil va paxta tozalash sanoati), 5610600 – Xizmat kо`rsatish texnika va texnologiyasi (tо`qimachilik, yengil va pax-ta tozalash sanoati), 5320800 – Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi, 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ish-lash va texnologiyasi, 5321200 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi, 5321900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, tо`qimachilik va yengil sanoati) uchun “Kimyo” fan dasturi asosida tayyorlangan. Undan texnika oliy о`quv yurt-larining boshqa bakalavriat yо`nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin. Darslik chet el adabiyotlari, jumladan “Rose Marie Gallagher, Paul Ingram “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, second edition, OXFORD University press. 2011” kitobidan foyda-lanib tayyorlangan. Darslik 18 bobdan iborat bо`lib, kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, moddalar va aralashmalar, atom va molekula tuzilishi, kimyodagi miqdoriy munosabatlar, reaksiya tenglamalari bо`yicha hisoblar, noorganik moddalarning asosiy sinflari, kimyoviy termodinamika va kinetika asoslari, elektrokimyoviy jarayonlar, metallar, metalmaslar va ularning birikmalari, organik kimyo-ning nazariy masalalari, tо`yingan, toyinmagan va aromatik uglevodorodlar, funksional guruhli organik moddalar bо`yicha nazariy mate-riallarni о`z ichiga oladi.