TO'G'RI OVQATLANISH QOIDALARI

Kitob mualliflari SH. QURBONOV, A. QURBONOV,

Inson salomatligini ta'minlash va turli xil kasalliklardan himoyalanishda sog'lom turmush tarzining asosiy omillaridan biri to'g'ri (ratsional) ovqatlanishdir. Kitobda to'g'ri ovqatlanish qoidalari zamonaviy fiziologiya, biokimyo, ekologiya hamda tibbiyot yutuqlariga suyangan holda bayon qilingan. Unda, dastavval, hazm a'zolarining qisqacha funksiyalari, makro- va mikronutriyentlarning o'ziga xos xususiyatlari, manbalari, ularni iste'mol qilish me'yorlari, ushbu oziq moddalarining tanqisligida va ularni keragidan ziyod iste'mol qilinganida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, yilning har xil fasllarida, mamlakatimiz iqlim sharoitida turli kasb egalarining hamda yosh bolalar, o'quvchilar, talabalar, homilador va emizikli onalar, keksalarning to'g'ri ovqatlanish tamoyillari bayon qilingan. Kitob ovqatlanish masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, shu sohani o'rganuvchi talabalar, biologlar, ekologlar hamda keng xalq ommasi uchun mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Umumiy ovqatlanish. Pazandachilik |
UDK 615.89
Kitob nashriyoti nomi: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-07-186-5
Kitob nashr qilingan yili: 2014 Yil
Betlar Soni: 232
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH