Kompyuter lingvistikasi C++ dasturlash tili

Kitob mualliflari A.Rahimov,

Ma’lumki, tilshunoslik fani XIX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo’nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning „chorrahasida“ (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik), psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: bioximiya, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o’zaro hamkorligi deb baholash lozim bo’ladi.

Bilimlar sohasi: | Ilmiy axborot faoliyati. Informatika |
UDK
Kitob nashriyoti nomi:
Kitob nashr qilingan shahar: Andijon
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2012 Yil
Betlar Soni: 44
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Uslubiy qo'llanma
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH