TUPROQSHUNOSLIK

Kitob mualliflari I. Boboxo'jayev P.Uzoqov Sh. Holiqulov,

ANNOTASIYA Darslik qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlari agronomiya bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Darslikdan 5620100- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, 5620300- O'simliklar himoyasi va karantini, 5620400- Qishloq xo'jalik ekinlari urug'chiligi va seleksiyasi, 5620500 - Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, 5620800- O'rmonchilik, 5620900-Ipakchilik, 5630100- Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavr ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, tadqiqotchi o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, agronomiya tuproqshunoslik va agrokimyo mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlanayotgan magistrlar, aspirantlar, dehqon fermer xo'jaliklari xodimlari, qishloq va suv xo'jaligi sohasida ishlayotgan mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin. U "Tuproqshunoslik" fani bo'yicha qabul qilingan Davlat ta'lim standartlaritalablari asosida yozilgan va to'liq javob beradi. Darslik ikki qismdan iborat. Birinchi qismida umumiy tuproqshunoslik asoslari ya'ni tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi, tuproqning tarkibi va xossalari, uning yer biosferasidagi, shuningdek, qishloq xo'jaligidagi roli va funksiyalari kabi masalalar batafsil bayon etilgan. Tuproq unumdorligi hamda biogeosenozlar va agrosenozlar mahsuldorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan. Ikkinchi qism tuproq tiplari, ularning genezisi, klassifikasiyasi, geografiyasi va foydalanishiga bag'ishlangan. O'zbekiston Respublikasida tarqalgan tuproq tiplariga alohida e'tibor qaratilgan. Har bir tuproq tipi uchun uning paydo bo'lish sharoitlari, tarkibi, xossalari va qishloq xo'jaligida foydalanish xususiyatlariga batafsil tavsif berilgan. Ushbu darslikda tuproqshunoslik fanidagi hozirgi zamon ta'limoti va nazariy qoidalari eng so'nggi ma'lumotlar asosida umumlashtirib berilgan.

Fan yoʻnalishi: |
UDK
Kitob nashriyoti nomi:
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2010 Yil
Betlar Soni: 683
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH