Xalq og‘zaki ijodi asarlari matnining janriy-lisoniy va lingvostatistik tadqiqi

Kitob mualliflari D.Urinbayeva,

Monografiyada matnning lingvostatistik xususiyatlari, jumladan fonetik, leksik va morfologik birliklarning folklor matnlarida qo‘llanishi, folklor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisentlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi haqida fikrlar o‘z aksini topgan. Tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlili etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan va doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘zshakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan. Monografiya oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professoro‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha qiziquvchilar, talabalarga mo‘ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Tilshunoslik |
UDK 81.322.2:398
Kitob nashriyoti nomi: “Qamar media”
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-8552-4-3
Kitob nashr qilingan yili: 2022 Yil
Betlar Soni: 242
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 3.51 MB
Hujjat turi: Monografiya
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Elektron shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH