Marksheyderiyada geoaxborot tizimlari

Kitob mualliflari S.S.Sayyidqosimov,

Darslikda geoaxborot tizimlar (GAT) texnologiyalarga oid asosiy usullar, tushunchalar, qoidalar,dasturlar, modellar va vositalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bayon qilingan.Joyning raqamli modelini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan katta xajmdagi ma‘lumotlar to‘plamini ishlab chiqish, ma‘lumotlar bazasini loyihalash, tuzish va boshqarish tizimini yaratish masalalari ko‘rilgan. Topografik obyektlarning vektorli va rastrali modellarini va FOTOMOD dasturi misolida fotosuratlar negizida joy relyefining raqamli modelini tuzish muayyan misollarda ko‘rsatilgan. Mavjud geoaxborot tizimlar geologiya, marksheyderiya va konchilik ishlari nuqtai nazaridan tahlil qilinib, yer osti resurslaridan oqilona va bexatar foydalanish imkoniyatlari batafsil bayon qilingan. GATning zamonaviy dasturiy vositalari Map Info, Arc GIS, 3D Analiyst Spetial to‘g‘risida ham qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan. Kitobni har bir bobining oxirida o‘rganilgan materiallarni takrorlash uchun nazorat savollari berilgan. Darslik oliy ta‘lim muassasalarining 5312300-Marksheyderlik ishi ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan geodeziya, kartografiya, geologiya, marksheyderiya va konchilik ishi xullas, yer bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganadigan talabalar, shu soxalar olimpedagoglari va mutaxasislari ham foydalanishlari mumkin

Fan yoʻnalishi: | Ijtimoiy siyosat. Iqtisodiy siyosat |
UDK 622.1(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Инноватцион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent shahri
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2020 Yil
Betlar Soni: 242
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 2.72 MB
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH