| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Fayl formati: | |
| Fayl format turi: | application/pdf |
| Fayl hajmi: | 1.91 MB |
| Hujjat turi: | Monografiya |
| Nashr tili: | O‘zbekcha |
| Kataloglashtirish manbai: | O'zbek lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | YOPIQ KIRISH |
Turli yosh davrlarida perfektsionizmning psixologik xususiyatlari
Ushbu monografiya inson psixologiyasida keng tarqalgan, ammo murakkab va ko‘p qirralik xususiyatga ega bo‘lgan perfektsionizm fenomenining turli yosh davrlaridagi namoyon bo‘lish xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilishga bag‘ishlangan. Perfektsionizm, odatda, muvaffaqiyatga erishish va yuqori standartlarni qo‘yish bilan bog‘liq ijobiy fazilat sifatida qaraladi. Biroq, bu xususiyatning nosog‘lom shakllari insonning ruhiy sog‘lig‘iga, hayot sifati va ichki qoniqish darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur monografiyada perfektsionizmning yosh davrlarida namoyon bo‘lishi, uning psixologik omillari, oilaviy tarbiya, madaniy muhit va individual xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘rta yosh va keksalik davrlarida perfektsionistik tendensiyalarning shakllanish dinamikasi va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Monografiya nazariy yondashuvlar, zamonaviy tadqiqotlar va amaliy psixologiya usullari asosida yozilgan bo‘lib, nafaqat akademik tadqiqotchilar, balki psixologlar, pedagoglar, ota-onalar va shaxsiy rivojlanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ham foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur ilmiy ish perfektsionizm fenomenini chuqur tushunish, uning yosh davrlariga xos jihatlarini aniqlash va uni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| Bilimlar sohasi: | | Umumiy psixologiya | |
|---|---|
| UDK | 159.9-053.6 |
| Kitob nashriyoti nomi: | Khwarezm publication |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Urganch |
| ISBN: | 978-9910-632-18-1 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 116 |