Yoshlarda ziyolilik madaniyatini shakllantirish masalalari

Kitob mualliflari Radjapov O.B,

Mazkur monografiyada, ziyolilik madaniyati tushunchasining ilmiy-nazariy hamda falsafiy-metodologik jihatlari, ziyolilik madaniyatining ijtimoiy-tarixiy genezisi hamda ulami turkumlashtirish tamoyillari, rivojlangan davlatlaming ziyolilik madaniyatini yuksaltirish borasidagi tajribasi ochib beriladi. Shu bilan birga monografiyada, ziyolilik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatlari, bugungi kunda zamonaviy ta’lim modemizatsiyasining ziyolilik madaniyatini yuksaltirishdagi o‘mi va roli, ilm-fan va texnologik taraqqiyotning ziyolilar faoliyatida namoyon bo‘lishining dialektik tabiati falsafiy jihatdan tahlil etiladi. Kitobda, ziyolilik - milliy madaniyat, ilm- fanni rivojlantirish va ilmiy izlanishlaming ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdagi muhim omil sifatlari, zamonaviy jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ziyolilik mas’uliyatining o‘mi va ahamiyati hamda O'zbekistonda ziyolilikning ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishdagi istiqbolli muammo va vazifalari bugungi kun talablari bilan ilmiy ko‘rsatmalari asosida tahlil etib berilgan. Mazkur monografiya barcha ziyolilik madaniyati bilan qiziquvchi o‘quvchi va talabalar, tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Madaniyat. Fan. Maorif |
UDK 316.344.32-053.81
Kitob nashriyoti nomi: Khwarezm travel
Kitob nashr qilingan shahar: Urganch
ISBN: 978-9910-9429-0-7
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 172
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 18.02 MB
Turi: Monografiya
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH