Tatariston Respublikasi muzeylari to'plamlari (Rossiya)

Kitob mualliflari F.F. Abduxoliqov, L.I. Sattarova, P. I. Bulatova, D. N. Gizatullina, Y. G. Gushchina, Y. M. Makarova, A. H. Mingaliyev, S. A. Frolova, Ch. N. Xonzyarova, V. Y. Shurigin, D.D. Xisamova,

Qozon va O'zbekiston shaharlarini uzoq yillik tarixiy va madaniy aloqalar bog'laydi. XIX asr ikkinchi yarmidan bu aloqalar turli etnografik va arxeologik ekspeditsiyalar orqali kechdi, ular natijasida Volga bo'yidagi bu yirik shaharga O'zbekistonning qadimiy shaharlaridan hunarmandchilik buyumlari va topilmalar kelib tushdi. Tasviriy san'at sohasidagi o'zaro munosabatlarga kelsak, ular ikkala mintaqa taqdirlarida bir xil ahamiyatga ega bo'lgan rassomlar tufayli rivojlangan. Bular P. Benkov, Ch. Ahmarov, B. O'rmonchi va boshqalardir. Natijada Qozon muzeyi kolleksiyalarida O'zbekiston hududida yaratilgan yoki o'zbek zaminiga bag'ishlangan ajoyib san'at asarlari to'plami vujudga kelgan. Kitob-albom Tatariston Respublikasi Milliy muzeyi, Tatariston Respublikasi Davlat tasviriy san'at muzeyi, shuningdek, Qozon (Volgabo'yi) federal universitetining Arxeologiya va Etnografiya muzeylari to'plamidagi o'zbek kolleksiyalari bilan tanishtiradi.

Bilimlar sohasi: | Muzey ishi. Muzeyshunoslik |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Zamon-Press-Info Nashriyot uyi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-8709-8-9
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 464
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Kitob-albom
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH