O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik

Kitob mualliflari Murtazayeva R.,

Darslikda "O'zbekiston tarixi" ta'lim mutaxassisligi o'quv rejasida asosiy fan sifatida o'qitilayotgan (umumiy o'quv soati 186 soat, shu jumladan ma'ruza-54 soat, seminar mashg'ulot-54 soat, mustaqil ta'lim-78 soat). "O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik" fanining o'quv dasturida belgilangan mavzularning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Bakalavr bosqichida tarix fanidan olingan bilim bazasiga tayangan holda mavzular shakllangan bo'lib, bag'rikenglik g'oyasining hozirgi zamonda har bir davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o'rin egallashi, O'zbekistonning bu masalada tarixan o'ziga xos xususiyatlarga egaligi, bag'rikenglik-o'zbek xalqi mentaliteti o'zagini tashkil etishi, turli tarixiy davrlarda aholi milliy tarkibi o'zgarishlarining sabab va oqibatlari,o'zbek halqining deportatsiya qilingan xalqlarga ko'rsatgan g'amxo'rligi hamda bag'rikenglik munosabati ochib berilgan. Mustaqil O'zbekistonda millatlararo munosabatlardagi barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati rasmiy hujjatlar va aniq ma'lumotlar asosida ko'rsatilgan. Darslik nafaqat magistrantlar,balki mavzu mohiyati bilan qiziqqan keng ilmiy jamoatchilik doirasiga ham mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Siyosiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishi |
UDK 327(072)
Kitob nashriyoti nomi: Go to Print
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-6883-9-1
Kitob nashr qilingan yili: 2020 Yil
Betlar Soni: 344
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH