Alisher Navoiy ensiklopediyasi. IV-jild

Kitob mualliflari

Ko'p jildli "Alisher Navoiy ensiklopediyasi" buyuk shoir va mutafakkir, yirik davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy mansub bo'lgan XV asrning II yarmi Xuroson va Movarounnahrdagi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va adabiy hayot, ulug' shoirning tarjimayi holi, faoliyati, yaqinlari, do'stlari, ijodiyotining ma'naviy sarchashmalari, salaflari, adabiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati, qo-laversa, mumtoz adabiyotimiz tarixida tutgan beqiyos o'rni xususida atroflicha ma'lumotlarni qamrab olgan yirik qomusdir. Ensiklopediyadan navoiyshunoslik masalalari, buyuk shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari, xorijiy tillarga tarjimalari, yurtimiz va jahon kutubxonalari xazinalarida saqlana-yotgan qo'lyozma hamda toshbosma kitoblari, shuningdek, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino singari san'at turlarida Alisher Navoiy siymosining aks ettirilishiga doir maqolalar ham o'rin olgan. Turli she'riy janrlarga oid asarlarining sharh va tahlillaridan ayrim namunalar keltirilgan. Jumladan, kitobning mazkur 4-jildiga 578 ta maqola kiritilgan bo'lib, ular mavzu xilma-xilligi, ko'pgina ma'lu-mot va dalillarning yangiligi, aniqligi va qiziqarliligi bilan o'ziga xosdir.

Bilimlar sohasi: | Adabiyot |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: O'zbekiston
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9558-7-7
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 480
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Lug‘at
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH