Jadid adabiyoti durdonalari.Go'zal Turkiston(she'rlar)

Kitob mualliflari Abdulhamid Cho'lpon,

1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik.Ushbu to'plamda Abdulhamid Cho'lpon qalamiga mansub she'rlar o'rin olgan bo'lib,ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari ,orzu-niyatlari,dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz degan umiddamiz.

Bilimlar sohasi: | Badiiy |
UDK 821.512.131-1
Kitob nashriyoti nomi: Turon zamin nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-95-33-9-2
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 164
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 4.41 MB
Hujjat turi: Badiiy kitoblar
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar