Ona tili va bolalar adabiyoti

Kitob mualliflari Sh.Sh. Nizomova,

Ona tili va bolalar adabiyoti moduli shaxsda nutqiy ta'lim jarayonida maktabgacha ta'lim-pedagogikasi kasbiga doir bilim, ko'nikma, malakalarni, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Ushbu darslikda " Ona tili va bolalar adabiyoti" modulining asosiy muammosi, predmeti, maqsadi va vazifalari va tadqiqot metodlari va maktabgacha ta'limda ona tili va bolalar adabiyoti nazariyasi va tarixi shakllantirilgan. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda sifatli ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko'nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali toʻg'ri ifodalashi o'zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega boʻlishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tili va bolalar adabiyoti fanining o'rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o'zaro aloqa vositasi boʻlib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat taraqqiyotidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar tilda o'z aksini topadi va fan rivojiga doir masalalar "Ona tili va bolalar adabiyoti" darsligida o'z aksini topgan.

Bilimlar sohasi: | Tilshunoslik |
UDK 372.2:80(075,2)
Kitob nashriyoti nomi: Durdona nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Buxoro
ISBN: 978-9910-749-24-7
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 363
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 40.30 MB
Hujjat turi: Darslik
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Elektron shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar