"Ona till va bolalar adabiyoti" nomli darslik 5111800-Maktabgacha ta’lim yo'nalishi talabaiari uchun mo'ljallangan o’quv rejaning "Umumkasbiy fanlar" blokining 2.03 qismida berilgan "Ona till va bolalar adabiyoti" fani asosida olingan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy o’quv yurtlarining boshlang'ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi talabaiari uchun "Ona tili va bolalar adabiyoti" fanidan darslik sifatida tavsiya etilgan.
Darslikda umumiy tilshunoslik fani haqida qisqacha ma'lumot, o'zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasi, leksikografiyasi, hozirgi o'zbek adabiy tilining lug'at tarkibi, fonetik tizimi, grafikasi, orfografiyasi, orfoepiyasi, grammatik qurilishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi, o'zbek tili uslublari, bolalar adabiyoti haqidagi ma'lumotlarni qamrab olingan. Shuningdek, hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotining paydo bo'lishi, rivojlanishi, bosib o'tgan tarixiy yo'li, uning maydonga kelishida davr, xalq og'zaki ijodi, bolalar adabiyotining yuksalishida katta hissa qo’shgan o'zbek ijodkorlari, betakror iste'dod egalari, o'zbek bolalar adabiyotida muhim rol o'ynagan jahon bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan shoir va yozuvchilar hayoti Jiamda faoliyati xususida mufassal ma’lumot berilgan.