Tadbirkorlik asoslari
Kitob mualliflari
S.Salayev,
N.Fayzullayev,
J.Atayev,
D.Saidov,
M.Gulmonov.,
O‘quv qo‘llanma tadbirkorlik faoliyatining nazariy va amaliy asoslari, tadbirkorlikni rejalashtirish va rivojlantirishning nazariy-uslubiy va amaliy muammolariga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari tasnifi, jumladan, vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy sohadagi tadbirkorlikning o‘ziga xos jihatlari, tadbirkorlik subyektlari va
obyekti, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyatida sherikchilik munosabatlari, ulaming tasnifi va amalga oshirish xususiyatlari kabi masalalar qarab chiqilgan. Shuningdek, qo‘llanmada tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari hamda ulaming o‘ziga xos jihatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda shartnomaviy munosabatlar va ulami amalga oshirish xususiyatlari, tadbirkorlik faoliyatida menejment va marketing, tadbirkorlik
subyektlarini ta’sis qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari, tadbirkorlik omadi kabi muammolar bo‘yicha nazariy ma’lumotlar keng bayon etilgan. Ushbu qo‘llanma iqtisodiyot va biznes yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlarining bakalavrlari, magistrantlar, o‘qituvchilar, barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari, tadbirkorlik va biznes
muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
| Bilimlar sohasi: |
| Iqtisodiyot |
|
| UDK |
626.627(035.5) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Fan va texnologiya nashriyoti |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
| ISBN: |
978-9943-10-735-9 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2012 Yil |
| Betlar Soni: |
340 |