Raqamli iqtisodiyot asoslari

Kitob mualliflari R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva.,

Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot asosari hamda uning sharoitlarida elektron tijoratni tashkil qilish hamda boshqarish masala va muammolariga bag’ishlangan ushbu darslik hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo’lgan elektron tijorat sohasiga hamdauning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo’lgan muammolar bilan bog’liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o’tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar berilgan. Undan so’ng, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, sun’iy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqe’lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO mexanizmi haqida tushunchalar va uning ma’no-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham ko’pchilikka tushunarli holda ko’rsatilgan. Darslik oxirida unda ishlatilgan atamalarni tushunish bo’yicha to’liq glossariy berilganki, uning yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va o’rganish mumkin bo’ladi. Ushbu darslik oliy ta’limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot,elektron tijoratva elektron biznes yo’nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari hamda raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi uchun mo’ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Iqtisodiyot |
UDK 338:004(083.41)
Kitob nashriyoti nomi: TMI
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2020 Yil
Betlar Soni: 575
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 5.65 MB
Hujjat turi: Darslik
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH