Psixologiya nazariyasi va tarixi
Kitob mualliflari
N.Xalilova,
G.Alimova,
R.Mirsamikova,
M.Bafayev,
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash va uning bardavomiligini ta’minlashda faol ishtirok etadigan avlodni voyaga yetkazishdir. Shu bois, yoshlar tafakkuri sofligini saqlash, ularning kayfiyatlari, orzu-umidlari, intilishlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish ulardan tegishli xulosalarni chiqarish o‘ta dolzarb vazifadir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi
Fan yoʻnalishi: |
| Psixologiya tarixi |
|
UDK |
894 |
Kitob nashriyoti nomi: |
Inovatsion ziyo |
Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
ISBN: |
978-9943-5866-4-2 |
Kitob nashr qilingan yili: |
2021 Yil |
Betlar Soni: |
212 |