Sonli qatorlar, funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog’liq xos va xosmas integrallar

Kitob mualliflari U. E.Mamirov R.Mardiyev A.B.Ne’matov A.M.Ibragimov,

Sonli qatorlar, funksional ketma-ketliklar, funksional qatorlar, xosmas integrallar va parametrga bog’liq xosmas integrallar bo’limi matematik analiz fanining asosiy bo’limlaridan bo’lib hisoblanadi. Bu bo’limlarni chuqur o’rganish matematikaning ko’pgina sohalarini o’zlashtirishni va amaliy masalalarni yechishni osonlashtiradi. Sonli qatorlar bo’limida sonli qatorlarga oid ta’rif va tushunchalar, xossalari, yaqinlashish alomatlari keltirilgan, hamda bu xossalar misol va mashqlar yordamida batafsil tahlil qilingan. Funksional ketma-ketliklar va qatorlar, xosmas integrallar va parametrga bog’liq integrallar bo’limida ham ular haqidagi ta’rif va tushunchalar, va ularning xossalari keltirilgan. Misol va nazariy mashqlarni yechish yo’llari ko’rsatilgan holda ko’pgina tushuncha va ta’riflar yoritilib o’tilgan. Mustaqil yechish uchun ham yetarli darajada misol va nazariy mashqlar keltirilgan. Ushbu metodik ko’rsatma (qo’llanma) 2-kurs talabalariga va bu bo’limlarni mustaqil o’zlashtiruvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalarga sonli qatorlar, funksional ketma-ketliklar, funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog’liq integrallarni o’rganishning asosiy metodlarini, hamda funksional ketmaketlik va qatorlarning, xosmas integrallar va parametrga bog’liq xosmas integrallarning yaqinlashishga tekshirish texnikasini yaxshiroq o’zlashtirib olishga yordam beradi. Shuningdek, funksiyalarni qatorlar yordamida tekshirish, xosmas integrallarning qo’llanishiga doir amaliy ahamiyatga ega bo’lgan malaka va ko’nikmalarni egallashda ham asosiy manbalardan biri bo’lishi mumkin

Fan yoʻnalishi: | Matematika. |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: SamDU
Kitob nashr qilingan shahar: Samarqand
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2011 Yil
Betlar Soni: 74
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Uslubiy qo'llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH