Safarnoma

Kitob mualliflari Nosir Xisrav,

Atoqli fors-tojik shoiri Nosir Xisravdan (1004-1088) avlodlarga meros bo'lib qolgan ko'plab qimmatli nazmiy va nasriy asarlar orasida "Safarnoma" asari alohida ajralib turadi. Shoir ushbu nasriy kitobida o'zining g'arbiy o'lkalarga qilgan va yetti yil (1045-1052) davom etgan ajoyib va g'aroyib sayohati xotiralarini tasvirlagan. Nosir Xisrav o'zi sayohat qilib o'tgan Eron, Armaniston, Ozarbayjon, Suriya, Misr, Arabiston, Iroq diyorlaridagi Tabriz, Qohira, Quddus, Makka, Lah- so, Yaman, Basra, Isfahon va boshqa bir qator shahar va viloyatlarning o'sha davrdagi manzaralarini jonli va qiziqarli tarzda kitobxon ko'z o'ngida gavdalantiradi. O'zi muloqot qilgan oddiy va mashhur odamlar, turli xalqlar va qabilalarning urf-odatlari va turmushi haqida ma'lumot beradi. Qariyb ming yil ilgari ulug' ajdodimiz tomonidan yaratilgan ushbu nodir asar o'zbek tilida ilk bor kitob holida nashr etildi

Fan yoʻnalishi: | Badiiy |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: O'zbekiston
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-01-558-6
Kitob nashr qilingan yili: 2010 Yil
Betlar Soni: 116
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy kitoblar
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH