English - Uzbek Uzbek - English Dictionary. Inglizcha - O‘zbekcha O6zbekcha - Inglizcha Lug‘at. (45000 dan ortiq so 'z va ibora)

Kitob mualliflari A. XOLMURADOV , R. AZIZOV,

Mazkur lug'at ikki qismdan iborat bo'lib, “Inglizcha - o'zbekcha” qismi 20 mingga yaqin so‘z va iboradan, ikkinchi “O'zbekcha - inglizcha” qismi esa 25 mingdan ortiq so'z va iboradan tashkil topgan. Ushbu lug'atni yaratishdan asosiy maqsad - o'zbek tilidagi so'zlar va iboralaming ingliz tilidagi va. aksincha, ingliz tilidagi so'zlar va iboralaming o'zbek tilidagi ekvivalentlarini berish orqali kishi o'zfikrini aniq va ravshan ifodalay olishi uchun sharoit yaratishdir. Lug'at mumkin qadar sodda va qo'llanilishi oson bo'lgan shaklda tuzilgan. Bukerakli so'zyoki iboraning tarjimasini maksimal tezdarajada topishgaqaratilgan. Barcha so'zlar alifbo tartibida joylashtirilgan. O'zbek tili lotin grafikasiga o'tayotganligi va keng qatlamlaming yangi alifboga hali ko'nikmaganligi sababli bu hoi o'zbekcha so'zlami izlashda ma’lum qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin, shuning uchun lotin alifbosini yaxshi o'rganishni tavsiya qilamiz. Har bir so'zning oldida u qaysi so'z turkumiga mansub ekanligini ko'rsatib beradigan qisqartma qo'yilgan. O'zbekcha so'z va so'z birikmalarini inglizcha so'z va so'z birikmalaridan tez va oson ajratish uchun lug'atning har ikki qismidagi asosiy tilning so'z va iboralari qalin harflarda berilgan. Lug'atda nafaqat asl o'zbekcha so'zlar. balki zamon talabi bilan chet tillardan kiribkelgan so'zlar ham joy olgan.

Fan yoʻnalishi: | Tilshunoslik |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: G ‘afur G ‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 5-635-02400-9
Kitob nashr qilingan yili: 2005 Yil
Betlar Soni: 504
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 22.68 MB
Turi: Lug‘at
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH