Alvido,qurol

Kitob mualliflari Ernst Miller Heminguey,

Qo'lingizdagi ushbu kitob AQSHDda yashab ijod etgan adib Ernst Miller Heminguey (1899-1961) qalamiga mansub. Ushbu romanni o'zbek tiliga rus tili orqali Ibrohim G'afurov "Alvido, qurol" nomi ostida tarjima qilgan Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo'lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so'zlarni, jumlalarni yoki magol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari - xalqning turmush- tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Ibrohim G'afurov ham doimo xalqimizning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo'lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon Ibrohim G'afurovdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz! Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1986-yilda chop etilgan. Bu nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki nashriyot xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha izok-u iqtiboslar kiritildi, ruscha yoki baynalmilal so'zlar, imkoni boricha, o'zbekchalashtirildi. Shuningdek, hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. "Alvido, qurol" asarida birinchi jahon urushi tasvirlangan. Asar asosan avtobiografik xususiyatga ega, ya'ni adib ushbu asarda bevosita o'zi ko'rgan va ishtirok etgan voqealarni qalamga olgan. Demak, ushbu asarni hech bir mubolag'asiz realistik roman deyishimiz mumkin.

Fan yoʻnalishi: | Badiiy |
UDK 821.111(73)
Kitob nashriyoti nomi: Ilm-ziyo-zakovat
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5770-1-4
Kitob nashr qilingan yili: 2019 Yil
Betlar Soni: 321
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy kitoblar
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH