Soliqlar va xalqaro soliq tizimi

Kitob mualliflari T.Toshmurodov,

Darslik oliy ta’limning kasb-hunar kollejlari uchun «Soliq va soliqqa tortish», «Iqtisodiyot», «Moliya» va boshqa iqtisodiyot yo‘nalishlarida o'qiyotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, oliy o‘quv maskanlari-da soliq va soliqqa tortish fanlaridan tahsil oladigan talabalar uchun ham foydali hisoblanadi. Darslikda asosiy davlat soliqlari to'g'risida nazariy va amaliyotda tatbiq qilinayotgan soliqlar to'g'risidagi bilimlar berilgan. Boshqa darsliklarga qaraganda mazkur darslikda birinchi marta soliq nazariyasi-ning rivojlanishi uzoq muddatdagi (makro vaqtdagi) soliq bo'yicha olim-larning fikrlari va rivojlangan davlatlardagi soliq amaliyoti tahlil qilingan. Soliq nazariyasi va tizimi darsligida mexanizm sifatida iqtisodiy o‘sishga ta’siri va aholi daromadiga ta’sir qiluvchi omil sifatida ilmiy g'oyalarga bo‘lib tahlil qilingan. Chet davlatlar soliq tizimi va chet davlatlarda (yoki ikki davlatda) faoliyat ko'rsatayotgan jismoniy va huquqiy shaxslarni soliqqa tortish tartibi, xalqaro soliq munosabatlari, soliqqa tortish uslublari, soliq stavkalari, soliqni hisoblash va to'lash tartiblari ifodalangan. Darslik soliq sohasida ishlayotganlarga, soliq to'lovchilarga, bojxona sohasidagi kadr-larga, bakalavr va magistratura darajasidagi talabalarga hamda malakasini oshirayotgan mutaxassislarga mo'ljallangan. Shuningdck, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan aspirantlar va doktorantlar uchun ham foydali. Darslik tayyorlashda amaliy maslahatlar bergan hamkasblarimizga o‘z minnat-dorchiligimizni bildiramiz va uning tarkibini hamda mazmunini boyitadi-gan har qanday taklif va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Manzilgoh: www.tozabck.narod.ru. E-mail: tazabek@list.ru

Fan yoʻnalishi: | Jahon iqtisodi |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Turon-Iqbol nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2005 Yil
Betlar Soni: 320
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 84.34 MB
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH