-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
Ushbu darslik « Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari » konsepsiyasi va tabiatdan foydalanish muammolari, O‘zbekiston Respublikasidagi suv va yer resurslarining holati va ulardan barqaror foydalanish muammolari, atmosferani muhofaza qilishning milliy va xorijiy tajribalari, bioxilma-xillikni saqlash, chiqindilarni boshqarish, global iqlim o’zgarishlari va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash, ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor jihatlari, atrof-muhit va iqtisodiy munosabatlar kabi masalalar uyg‘unlikda tahlil etilgan.
-
FALSAFA VA FAN METODOLOGIYASI
Darslik falsafa va fan metodologiyasi dasturi asosida dav-lat ta'lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan. Unda asosiy e'tibor fan taraqqiyoti tarixi, yo'nalishi, darajalari, me-todologiyasi, fan falsafasining dolzarb muammolari, fanning inson va jamiyatdagi roli, istiqbollari va undagi mavjud muammolar falsafiy tahlil qilingan.
-
Сварка специальных сталей и сплавов
Рассмотрена технология создания качественных сварных соединений специальных сталей и сплавов. Показаны различные способы сварки, представлены пути обоснованного выбора способа сварки в зависимости от материала, размеров и конфигурации сварного изделия, а также выбора необходимых сварочных материалов, оборудования и режимов сварки.Для студентов магистратуры и бакалавриата машиностроительных направлений подготовки, а также специалистов и исследователей сварочного производства.
-
ГИСТОЛОГИЯ А Т Л А С И
Мазкур дарслик атласда гистология, цитология, эмбриология кафедрасида тайёрланган препаратлардан ва бошқа атласлардан олинган микропрепаратлар келтирилган. Препаратлар замонавий морфологик ва гистохимиявий методлар ёрдамида ТошПТИнинг Марказий Илмий Текшириш лабораториясида айримлари тайёрланган.
-
SELLULOZA VA QOG'OZ ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Darslik 5522300-«To'qimachilik, yengil va qog'oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologi-yasi» ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar, 5A522305-Qog'oz va qog'oz mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi» mutaxassisligi boʻyicha o'qiyotgan magistrlarga moʻljallangan, shuningdek, undan qog'oz va qog'oz mahsulotlari ishlab chiqarish korxo-nalaridagi ishchi-xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O‘ZBEKISTON TARIXI
«O‘zbekiston tarixi» fanidan mazkur darslik nomutaxassislik oliy ta'lim muassasalari tarix fani professor-o‘qituvchilari va bakalavriat bosqichi barcha yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda o‘zbek xalqi va uning davlatchilik tarixining ilk davrlaridan, bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar davriy ketma ketlikda yoritilgan. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 4.10. dagi № 892-sonli buyrug‘i bilan ma'qullangan namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
MARKETING ASOSLARI
Mazkur darslikda marketing asoslarining asosiy holatlari yoritilgan. Marketing tushunchasi va marketingning mohiyati batafsil bayon etilgan. Uning rivojlanish evolyusiyasi, konsepsiyalari, funksiyalari, vazifalari va turlari yozilgan. Marketing faoliyatini axborot ta’minoti va marketing muhiti muhokama etilgan. Iste’molchi va biznes - xaridorlar xulq-atvorini o‘rganish, tovar va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish masalalariga katta e’tibor berilgan. Reklama faoliyati, chakana savdo va ulgurji savdo, narx siyosati masalalari keng bayon etilgan. Shuningdek, darslikning har bir mavzusi bo‘yicha nazorat savollari, testlar va glossariy berilgan.
-
AXBOROT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISHGA KIRISH
Ushbu darslikda kompyuter tizimi va tarmoqlarda axborotlar xavfsizligini boshqarishda himoya meхanizmi va asosiy himoyalash vositalari, xavf va xatar turlari, kompyuter tarmoqlaridagi hujumlar va ularning turlanishi, axborotlarni himoyalash vositalarining asosiy turlaridan tashkiliy, texnikaviy, dasturiy, jismoniy, huquqiy, kompyuter stenografiyasi, kriptografik himoyalash usullari, simmetrik bir kalitli va asimmetrik ikki kalitli kriptotizimlar va aloqa kanallarida axborotlarni himoyalashda texnikaviy va dasturiy qurilmalari, VPN – shaxsiy virtual tarmoq texnologiyasi, ekranlash texnologiyalari, ularning ta’sirini aniqlovchi texnologiyalari, telekomunikatsiya tizimlarida himoyalash modellari, elektron raqamli imzo, kompyuter viruslari va ular bilan kurashish usullari va hozirgi zamonaviy intellektual texnikaviy vositalari kompyuter tizimi va tarmoqlarining aloqa kanallarida yuborilayotgan ma’lumotlarni himoyalash usullari keng yoritilib berilgan. Ushbu darslik 5220400 – “Axborot xavfsizligini boshqarishga” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
MENEJMENT
Ushbu darslikda menejmentning nazariy jihatlari, boshqaruv munosabatlari va tashkilotlarning rivojlanishidagi yangi tendensiyalar zamonaviy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Boshqaruv jarayonining asosiy figurasi — kasb egasi bo‘lgan boshqaruvchi menejerga, uning shaxsi, ishni tashkil etish, o‘zini o‘zi boshqarish va mehnat jamoasini tashkil etishga muhim o‘rin ajratiladi.
-
MARKETING
"Marketing" bo`yicha tayyorlangan ushbu darslikni yozishda "Ta‘lim to`g`risida" gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 2909-sonli qarorida belgilangan vazifalaridan kelib chiqib oliy ta‘lim sohasida olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar hisobga olingan.
-
Algoritmlar va berilganlar strukturasi
Ushbu darslikning asosiy maqsadi talabalarga algoritmlar va berilganlar strukturasi bo'yicha puxta fundamental bilimlarni berishdir. bunda asosiy tushunchalarni aniq tushuntirishga, shuningdek talabalarga algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berishga qaratikgan.
-
FALSAFA
Mazkur darslikda falsafa fanining asosiy muammolari va vazifalari ochib berilgan. Shuningdek, falsafiy bilimlar shakllarining asoslari va hozirgi zamon falsafa fanining dolzarb masalalari keltirilgan. Darslikda falsafa tarixining asosiy davrlari, uning asosiy yo'nalishlari. falsafiy tafakkur, tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlari, asosiy falsafiy kategoriyalarining mazmuni tavsiflangan. Darslikda madaniy jarayonlar rivojida, falsafiy mushohadalar shakllanishida shaxsning roli ta’kidlangan.
-
KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI
Darslikda kiberxavfsizlik va uning asosiy tushunchalari, axborotning kriptografik foydalanishni nazoratlash, tarmoq xavfsizligi, foydalanuvchanlikni ta’minlash usullari, dasturiy vositalar xavfsizligi, axborot xavfsizligi siyosati va risklarni boshqarish, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika hamda inson faoliyati xavfsizligining nazariy va amaliy asoslari muhokama etilgan.
-
MIKROIQTISODIYOT
Ushbu dаrslikdа resurslar taqchilligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish, iqtisоdiy tаnlоv vа muqоbil хаrаjаtlаr, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bozor iqtisodiyoti shаroitidа firmalаr mаhsulotigа tаlаb vа tаklif hamda bozorning muvozanatga erishish holatlari, mаksimаl vа minimаl nаrхlаr o`rnatilishining bozor muvozanatiga ta′siri, tаlаb vа tаklif elаstikligidаn аmаliyotdа foydаlаnish yo`nаlishlаri, istе`molchilаrning bozordаgi hаtti-hаrаkаti vа ungа tа`sir qiluvchi omillаr bilаn bog`liq nаzаriy hamda аmаliy mаsаlаlаr yoritilgаn.
-
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT
Mazkur darslikda resurslar taqchilligi sharoitida mikro va makrodarajada cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish masalalari o‘zaro uyg‘unlashgan holda yoritilgan. Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlarning mikroiqtisodiy jihatlari, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, firmalar mahsulotiga talab va taklifning bozor muvozanatiga erishish holatlari ko‘rib chiqilgan. Mikro darajada maksimal va minimal narxlarning bozor muvozanatiga ta’siri, makrodarajada yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatiga ta’sir etuvchi omillar atroflicha o‘rganilgan. Xususan, mikro darajada iste’molchilarning bozordagi xatti-harakatiga ta’sir etuvchi omillar bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarga keng o‘rin berilgan.
-
БЕТОН ВА ТЕМИРБЕТОН ТЕХНОЛОГИЯСИ
Дарсликда бетон турлари ва хоссалари, уларни бетон ва темирбетон учун ишлаб чиқарилиши, бетон қоришмасининг харакатчанлиги ва бикрлигига таъсир этувчи омиллар келтирилган. Бетон таркибини хисоблаш масалаларига кенг эътибор берилган. Бетон буюм ва конструкциялари ишлаб чиқариш технологиясини ташкил қилиш принциплари, уларга янги фан ютуқларини тадбиқ этиш, технологияни замонавий йўналишлар орқали яхшилаш жараѐнлари мукаммал келтирилган.